Zakovat intellektual klubi
31.8K subscribers
12.9K photos
2.01K videos
137 files
6.77K links
RASMIY KANAL. "Zakovat" Intellektual klubiga oid yangiliklar, qiziqarli savollar, turli tanlovlar oʻtkazishga moʻljallangan.

Barcha videolar:
youtube.com/c/ZAKOVATTV

Sayt: zakovatklubi.uz
Download Telegram
📝 OTM talabalari o‘rtasidagi Intellektual olimpiada uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

🧑‍🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

💪 Olimpiadaning respublika bosqichi ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:

Zakovat
Breyn-ring
Shaxsiy o‘yin
Shaxmat
Shashka
Zakovat-xakaton

1️⃣5️⃣ Olimpiadada har bir OTMdan 15 nafargacha ishtirokchi (7 nafari - Zakovat, breyn-ring, shaxsiy o‘yin uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 3 nafari Zakovat-xakaton uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

📄 Har bir OTM belgilangan namunadagi arizani @zakovat_ariza_bot boti orqali 3-noyabrga qadar (shu kuni ham) yo‘llashi hamda zakovatklubi.uz saytida o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlagan holda ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.

📃 Intellektual olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan OTM jamoalaridan turnir nizomi bilan yaxshilab tanishib chiqish so‘raladi.

💰 Ma’lumot uchun, musobaqa doirasida yuqoridagi 6 ta o‘yin g‘oliblariga jami 900 million so‘mlik sovrin jamg‘armasi ajratilgan.

🎁 Shuningdek, Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida g‘olib bo‘lgan jamoalarning OTMlariga Prezident sovg‘asi taqdim etiladi.

🗓 Intellektual olimpiadaning hududiy saralash bosqichi o‘tkazilish vaqti haqida keyinroq ushbu kanalda alohida ma'lumot beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥17❤13👍10🤩9🔥4
🏆🏆 Bugun O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasining 4-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 Bugun, 15-oktabr, payshanba kuni soat 15:00 da O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumining 4-tur o‘yini boshlanadi.

👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir o‘quv muassasasi o‘quvchilari bo‘lishi lozim.

📝 O‘quvchilar va Talaba-o‘quvchilar ligasida jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

📍 Liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1
🏆 Bugun Talabalar ligasi kuzgi mavsumining 4-turi bo‘lib o‘tadi!

🗓 Bugun, 15-oktabr, payshanba kuni soat 17:00 da Talabalar ligasi 2026/27-o‘quv yili kuzgi mavsumining 4-turi bo‘lib o‘tadi.

👥 Jamoa a’zolarining barchasi bir OTM talabalari bo‘lishi lozim.

📝 Ligada ishtirok etish uchun jamoalar zakovatklubi.uz platformasi orqali o‘zi ishtirok etadigan hududni tanlab ro‘yxatdan o‘tadi.

📍 Liga o‘yinlari bo‘lib o‘tadigan manzillar quyidagi hududiy kanallarda e'lon qilinadi:

Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Farg‘ona viloyati
Jizzax viloyati
Namangan viloyati
Navoiy viloyati
Qashqadaryo viloyati
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Toshkent shahri
Xorazm viloyati

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍4
📢 V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri uchun ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar diqqatiga!

♟
Turnirda ishtirok etish uchun kelib tushgan so‘rovlarni ko‘rib chiqib, qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Bugun, ya'ni 15-oktabrdan kechikmay yuborilgan barcha so‘rovlar onlayn saralash o‘tkaziladigan sana - 24-oktabrga qadar ko‘rib chiqiladi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida barcha ma'lumotlarini to‘g‘ri kiritgan hamda o‘z reytingiga mos guruhni tanlagan ishtirokchilar so‘rovlarining barchasi 24-oktabrga qadar qabul qilinadi.

⏳ Musobaqa uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun soat 23:59 da yakunlanadi. Shu bilan birga ushbu muddatdan kechikmay, nizom talablariga rioya qilgan holda ro‘yxatdan o‘tgan barcha ishtirokchilarning so‘rovlari, albatta, qabul qilinadi.

🟢 Hududiy saralash o‘yinida qatnashmoqchi bo‘lgan ishtirokchilar esa o‘z so‘rovlari hali qabul qilinmagan bo‘lsa ham o‘yinga borib ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

🖋 Musobaqa va unda ro‘yxatdan o‘tish tartibi haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin.

📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoyo‘riqnoma bu yerda.

❗️Eslatma: “Zakovat-Gambit” turnirida faqat O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤13👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Shanba, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uzatiladi.

🤵‍♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤6👍5
💼 Aziza Qurbonova hamda Xushnud Xudoyberdiyev Prezident Administratsiyasida rahbar lavozimlarga tayinlandi!

🖋 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Aziza Abdusabitovna Qurbonova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

Xushnud G‘ayratovich Xudayberdiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

✊🏻 Zakovat klubining faol aʼzolari Aziza Qurbonova hamda Xushnud Xudoyberdiyevga ushbu masʼuliyatli lavozimlarda muvaffaqiyat tilaymiz!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥134❤73👍57👏22🤩7🕊3⚡1❤‍🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿♟Oʻzbekiston - shaxmat mamlakati!

🖊 Kecha, 15-oktabr kuni V “Zakovat-Gambit” shaxmat turniri uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi.

⚡Quvonarlisi, bu yilgi turnirimiz uchun rekord darajada - 5831 nafar shaxmatchilarimiz roʻyxatdan oʻtdi! Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha xotin-qizlarimiz ham rekordni yangiladi - 633 nafar. Musobaqaga qiziqishning yildan yilga rivojlanib borayotgani quvonarli hol!

🔥"Zakovat-Gambit"ni kuzatib boring!

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤33👍25🔥12👏2🏆2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Ertaga, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uzatiladi.

🤵‍♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏔Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi xodimlar oʻrtasida “Zakovat” musobaqasi oʻtkazildi

🏆 Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona hamda tashkilotlar xodimlari oʻrtasida “Zakovat” musobaqasi o‘tkazildi.

🤝 Unda vazirlik tizimidagi 13 ta korxona hamda tashkilotlar xodimlaridan tuzilgan 25 ta jamoa ishtirok etdi.

🔥 Keskin raqobat ruhida oʻtgan oʻyin yakunida jamoalar sovrinli oʻrinlar egalariga aniqlik kiritdi.

🎁 Gʻolib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤5
♟V "Zakovat-Gambit" shaxmat turniri boʻyicha tushuntirish

15-oktabr kuni turnir uchun roʻyxatdan oʻtish yakunlandi va unda 5831 nafar ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi. Musobaqaga qiziqishning yildan yilga rivojlanib borayotgani quvonarli hol!

Bu yilgi turnirda iloji boricha koʻproq ishtirokchilarni qamrab olish, yurtimizning chekka hududlarigacha kirib borish uchun turnirning saralash bosqichiga bir qator yangiliklar kiritildi. Shular boʻyicha ishtirokchilarni qiziqtiradigan ayrim savollarga quyida tushuntirish berib oʻtamiz.

❓Saralash bosqichi qachon va qay tarzda oʻtkaziladi?

Musobaqaning saralash bosqichi ikki xil koʻrinishda oʻtkaziladi:

1️⃣
Hududiy saralash (19-23-oktabr);
2️⃣ Onlayn saralash (24-oktabr).

❓Keyingi bosqichga oʻtish uchun hududiy saralashda qatnashish majburiymi?

Yoʻq. Musobaqa uchun roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar saralash bosqichining faqat bittasida qatnashish orqali ham yarim finalga yo‘llanma olishi mumkin. Yaʼni, ishtirokchilarga hududiy saralashda qatnashish majburiy emas, balki ixtiyoriy boʻlib, hududiy saralashda qatnasha olmaganlik uchun hech qanday xavotirga oʻrin yoʻq - ularda onlayn saralashda qatnashib ham yarim finalga yoʻl olish imkoniyati saqlanib qoladi.

Soddaroq qilib aytganda, ishtirokchi saralashning ikkala koʻrinishida ham birday qatnashishi majburiy emas. Bunda, hududiy saralashdan oʻtib, yarim finalga yoʻl olgan ishtirokchilardan onlayn saralashda ham qatnashish talab etilmaydi.


❓Hali guruhlarga qoʻshilish soʻrovi qabul qilinmagan ishtirokchilar hududiy saralashda qatnasha oladimi?

Ha. Soʻrovlar 24-oktabr - onlayn saralash oʻtadigan kungacha qabul qilib tugatiladi. Hududiy saralashda qatnashish uchun soʻrov qabul qilingan boʻlishi shart emas.

❓Onlayn saralashda qatnashish shartmi?

Agar ishtirokchi hududiy bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, shart emas.

❓Hududiy saralashning onlayn saralashdan biror ustunligi bormi?

Yoʻq. Shunchaki agar qatnashchi hududiy saralashdan oʻtolmasa yoki hududiy saralashda qatnashmasa, u holda onlayn saralash qoʻshimcha imkoniyat sifatida taqdim etiladi.

Hududiy saralashdan oʻtganlar ham onlayn saralashdan oʻtganlar ham barchasi keyingi bosqichga - yarim finalga yoʻl oladi.


❓Hududiy saralash qay koʻrinishda oʻtkaziladi?

Ushbu oʻyin avvaldan eʼlon qilinadigan taqvimga asosan respublikamizning barcha hududlarida navbati bilan maʼlum manzilda va maʼlum vaqtda hududiy saralash uchun yetib kelgan ishtirokchilarni bitta oʻyin zaliga yigʻgan holda offlayn koʻrinishda va blits formatida oʻtkaziladi (hududiy saralash taqvimi va manzillari keyinroq alohida eʼlon qilinadi).

❓Hududiy saralashda qaysi hududdan qatnashiladi?

Ishtirokchi gambit.zakovatklubi.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishda qaysi hududni belgilagan boʻlsa, faqat oʻsha hududda oʻtkaziladigan hududiy saralash oʻyiniga borib qatnasha oladi. Roʻyxatdan oʻtishda bir hududni koʻrsatib, boshqa hududdagi saralash oʻyinida qatnashishga ruxsat etilmaydi.

❓Onlayn saralash qanday oʻtkaziladi?

24-oktabr kuni belgilangan soatda barcha ishtirokchilar chess.com saytiga kirib, oʻz akkauntlari bilan onlayn blits shaxmat oʻyinlarida qatnashib, yarim finalga chiqish uchun oʻzaro bellashadi (onlayn saralashning aniq vaqti keyinroq alohida eʼlon qilinadi).

❓gambit.zakovatklubi.uz saytida roʻyxatdan oʻtib, chess.com orqali soʻrov joʻnatganlar saralashning ikkalasida ham qatnasha oladimi?

Ha, agar ishtirokchi gambit.zakovatklubi.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib, guruhga qoʻshilishga soʻrov joʻnatgan boʻlsa, saralashning ikkala koʻrinishida ham qatnasha oladi. Agar saytda roʻyxatdan oʻtib, chess.com da soʻrov joʻnatmagan boʻlsa, u holda faqat hududiy saralashda qatnasha oladi.

❓Musobaqaga roʻyxatdan oʻtmaganlar saralash oʻyinlarida qatnasha oladimi?

Afsuski, yoʻq. Roʻyxatdan oʻtish 15-oktabrda yakunlangan. Shu muddatgacha roʻyxatdan oʻtmaganlar endi musobaqada qatnasha olmaydi.

ℹ️Turnirga oid qoʻshimcha tafsilotlar ushbu kanalda eʼlon qilib boriladi. Yangiliklardan oʻz vaqtida xabardor boʻlish uchun kanalimizni kuzatib boring.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤25👍11🔥9👏1
🕔📍“Zakovat-Gambit” shaxmat turnirining hududiy saralash oʻyini sanalari va manzillari

Izoh: A, B va C guruhlari boʻyicha saralash oʻyinlari oʻtkazilmaydi. Ushbu guruhlarda ishtirokchilar soniga qarab oʻyinlar toʻgʻridan-toʻgʻridan yarim final yoki finaldan boshlanadi.

*Turnir Tashkiliy qoʻmitasi tomonidan hududiy saralash oʻyinlarining avvalroq e’lon qilingan sanalari va manzillariga oʻzgartirish kiritildi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍27❤11🔥5🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Bugun, soat 22:30 da “Milliy” telekanalida kuzgi mavsumning beshinchi o‘yini efirga uzatiladi.

🤵‍♂️ Ushbu o‘yinda Saidkamol Abdurazzoqov jamoasi ishtirok etadi.

Ko‘rsatuv homiysi - 📗“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki.

Texnologik hamkor - 🔥 “Yandex Uzbekistan”.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤6❤‍🔥1🔥1
Zakovat intellektual klubi
Photo
❗️"Zakovat-Gambit" hududiy saralash bosqichida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan qatnashadigan shaxmatchilar diqqatiga!

🗓 Turnir Tashkiliy qoʻmitasi tomonidan hududiy saralash oʻyinlarining avvalroq e’lon qilingan sanalari va manzillariga oʻzgartirish kiritildi.

Xususan:

1⃣ Surxondaryo viloyatidagi hududiy saralash oʻyini 20-oktabrdan 19-oktabrga;
2⃣ Qashqadaryo viloyatidagi hududiy saralash oʻyini 19-oktabrdan 20-oktabrga koʻchirildi.

Qolgan hududlardagi oʻyinlar avval eʼlon qilingan sanalarda boʻlib oʻtadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14❤11🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓"Qaysi grossmeyster bilan suhbatlashgan boʻlardingiz?"

“Zakovat-Gambit” shaxmat turniri boshlanishi arafasida klubdoshlarimizga qiziq savol bilan yuzlandik.

🎤Siz qaysi grossmeyster suhbatini olishni orzu qilasiz?

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡20🔥12👍3❤2