Berkitilgan media, qurilma xotirasini maksimal tejash, yangi chizish vositalari, kontaktlaringiz uchun profil rasmlari va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Berkitilgan media, qurilma xotirasini maksimal tejash, yangi chizish vositalari, kontaktlaringiz uchun profil rasmlari va boshqalar bilan tanishing

2022-yilni sogʻinadiganlar kam boʻladi, lekin biz u nima bilandir esda qolarli boʻlishi uchun harakat qildik: sizni berkitilgan media, qurilmada joy tejashning qoʻshimcha usullari, rasm muharriri uchun yangi vositalar, kontaktlaringizga profil rasmlarini taklif qilish imkoniyati va boshqa koʻplab funksiyalar kutmoqda.

Berkitilgan media

Telegram xabarlarda istalgan matnni berkitish uchun maxsus formatlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Endi siz rasmlar va videolarni tasvirni xiralashtiradigan yorqin qatlam bilan qoplashingiz mumkin. Oluvchilar sehrni buzish va kontentni koʻrish uchun bir marta bosishi kerak.

Biriktirmalar menyusida bitta yoki bir nechta elementni tanlang, Menu Android yoki Menu iOS belgisini bosing va “Spoyler bilan berkitish” bandini tanlang.

Qurilma xotirasini maksimal tejash

Telegram ishlashi uchun xotirada deyarli joy talab qilinmaydi. Telefoningiz xotirasidan media va hujjatlarni olib tashlashingiz va istalgan paytda Telegram bulutingizdan qayta yuklab olishingiz mumkin. Foydalanuvchilar bir necha yildan buyon keshning maksimal hajmini belgilash va muayyan vaqt davomida ochilmagan fayllarni avtomatik olib tashlash imkoniyatidan foydalanib kelmoqda.

Bu yangilanishda foydalanuvchilarda qurilma xotirasi muayyan chat turkumlari – shaxsiy xabarlar, guruhlar va kanallardan ortiqcha materiallar qanchalik tez-tez avtomatik tozalanishini tanlash, shuningdek, alohida chatlar uchun istisno qoʻshish imkoniyati paydo boʻldi.

“Xotiradan foydalanish” menyusidagi yangi doiraviy diagrammalar qurilmada nima joy olayotganini darhol tushunish, Media, Fayllar va Musiqa ruknlari esa eng katta fayllarni tezda oʻchirish imkonini beradi.

iOS uchun ilovada keshingiz hajmini hisoblash uchun ketadigan vaqtni ancha qisqartirdik. Android foydalanuvchilar omadli – ularning ilovasi buni allaqachon yuqori tezlikda bajarmoqda.

Yangi funksiyalar bilan Sozlamalar > Maʼlumotlar va xotira > Xotiradan foydalanish ruknida tanishing.

Yangi chizish va matn vositalari

Telegramning allaqachon kuchli media muharriri dizayni toʻliq yangilandi. Chizish vositalari chizish tezligiga asosan enini dinamik ravishda oʻzgartiradi va chiziqlaringizni avtomatik ravonlashtiradi.

Keraksiz maʼlumotlarni berkitishga yordam beradigan yangi xiralashtiradigan choʻtka qoʻshildi. Endi choʻtka rangini beshta turli usullardan biri, jumladan, rasmdagi rangni aniqlash vositasi yordamida yuqori aniqlikda belgilash mumkin.

Rasmlar va videolarga matn qoʻshish uchun yangilangan vosita yozuvning oʻlchami, shrifti va fonini oʻzgartirish imkonini beradi. Barcha foydalanuvchilar matn bloklariga maxsus animatsiyali toʻplamlardagi emojilarni qoʻshishi mumkin boʻladi – hatto Telegram Premium obunasisiz ham.

Toʻrtburchaklar, aylanalar, strelkalar, yulduzlar va chat pufakchalari kabi shakllarni tezda qoʻshish uchun “+” tugmasini bosing. Kanvasni rang bilan toʻldirish yoki hamma narsani tozalash uchun yuzani bosib turishingiz ham mumkin.

Keyingi yangilanishlarda biz rasm muharriri interfeysini yaxshilash va uning unumdorligi oshirishni davom ettirishni rejalashtirmoqdamiz.

Kontaktlaringiz uchun profil rasmlari

Kontaktlaringizni tahrirlayotganingizda ular uchun profil rasmini tanlashingiz mumkin – buni uning profil rasmida faqat siz koʻrasiz.

Agar kontaktingiz uchun yaxshi profil rasmi boʻlsa, buni unga taklif qilishingiz mumkin. U rasmni profiliga qoʻshishi uchun ikki marta bosishi kifoya.

Kontaktning profilini oching > Tahrirlash bandini bosing, keyin “… uchun rasm belgilash” yoki “… uchun rasm taklif qilish” bandini tanlang.

Ommaviy profil rasmlari

Agar faqat muayyan foydalanuvchilar profil rasmingizni koʻrishiga ruxsat bersangiz, qolgan barcha uchun ommaviy rasm belgilashingiz mumkin.

Bu yangilanish maksimal profil rasmi maxfiyligiga erishishingizga ham imkon beradi: koʻrinuvchanlikni “Hech kim” qilib belgilashingiz hamda ayrim foydalanuvchilar yoki guruhlarni istisno sifatida qoʻshishingiz mumkin.

Bu sozlamalarni Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Profil rasmi ruknida topish mumkin.

Guruh aʼzolarini berkitish

Spamga qarshi kuchaytirilgan himoya sozlamasi kabi vositalar chat adminlariga katta guruhlarni tozalashda yordam beradi, lekin ayrim guruhlar aʼzolarini istalmagan shaxsiy xabarlardan himoyalashni xohlashi ham mumkin.

100 dan ortiq aʼzoli guruhlar adminlari endi aʼzolar roʻyxatini berkitishni tanlashi mumkin. Shu tarzda, agar odamlar guruhga xabar yubormasa, faqat uning adminlari ular guruhda borligini biladi.

Guruh aʼzolarini berkitish

Android uchun ilovada jarayon animatsiyalari

Chatdagi xabarlar soni koʻpligi sababli ancha yuqorida joylashgan javobga oʻtishda, shuningdek, ilovadagi ayrim boshqa boʻlimlarga ravon animatsiyalar qoʻshildi.

Premium Yangi animatsiyali emojilar

Premium foydalanuvchilar Telegram rassomlaridan hadya sifatida maxsus animatsiyali emojilarning 10 ta yangi toʻplamiga ega boʻladi.

Bu va boshqa toʻplamlarni Stickers stikerlar panelining Emoji emojilar sahifasida toping.

Yana boshqa interaktiv emojilar

Biz interaktiv emojilar olamimizni kengaytirishda davom etmoqdamiz. Suhbatdoshingiz bilan sinxron ravishda butun ekran effektlarini tomosha qilish uchun istalgan yakkama-yakka chatda bitta 🎅🎄☃️💅🗿🆒🤪 emojisini yuboring va keyin uning ustiga bosing.

Barcha ushbu emojilardan endi reaksiyalar sifatida foydalanish ham mumkin, ayniqsa, Moai yuzi 2022-yil bilan xayrlashishga mos keladi.

Istalgan kattalikdagi guruhlar uchun mavzular

Mavzulardan endi aʼzolar sonidan qatʼi nazar barcha guruhlar foydalanishi mumkin. Bu barchaga muhokamalarni tartiblashning yangi usulini taqdim etadi.


Bugun uchun barcha yangiliklar shular. Biz dekabrda yana bitta yangilanish chiqarmoqchi edik, lekin oy oxirigacha dam olishga qaror qildik.


2022-yil, 30-dekabr
Telegram jamoasi

Boshqa yangiliklar

AI 에디터, 마이티 폴, 라이브 포토, 봇이 관리하는 봇, 그리고 그 외 더 많은 기능

오늘 업데이트에서는 두 번의 탭만으로 텍스트를 번역, 변환 또는 수정할 수 있는 AI 에디터, 미디어 첨부 및 활성 설문에 대한 새로운 응답 제안과 같은 설문조사용 신규 기능, 모든 앱에서 라이브 및 모션 사진 지원, 다른 봇을 생성하고 관리할…
31-mar, 2026

멤버 태그, 텔레그램으로 로그인, 공유 비활성화, GIF 편집, 날짜 형식 지정, 투표 타임스탬프

오늘 업데이트에서는 그룹 구성원이 자신을 나타낼 수 있도록 태그를 추가하고, 특정 1:1 대화에서 메시지 공유를 비활성화하는 설정, GIF 편집 및 캡션 기능, 텔레그램으로 앱과 웹사이트에 가입 및 로그인할 수 있는 새로운 도구 등 다양한 기능이…
1-mar, 2026

새로운 디자인, 제작 기능 등

이번 업데이트는 안드로이드용 텔레그램 역사상 가장 큰 인터페이스 업데이트와, 독점적인 새로운 선물을 제작할 수 있는 크래프팅 시스템 등 다양한 기능을 추가합니다.
9-fev, 2026

AI 요약, 새로운 디자인 및 기타 기능

텔레그램의 2026년 첫 번째 업데이트는 iOS에서 더욱 많은 Liquid Glass 인터페이스와 채널 게시물 및 인스턴트 뷰 페이지에 대한 AI 요약 기능을 제공합니다. 이 모든 것은 프라이버시 극대화와 사용자 데이터 보호를 위해 설계되었습니다.
3-yan, 2026