Cheksiz reaksiyalar, emoji statuslar va boshqalar

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Cheksiz reaksiyalar, emoji statuslar va boshqalar

Telegramning avvalgi yangilanishi emojilar haqidagi tasavvurni toʻliq oʻzgartirdi: yangi ochiq platforma istalgan foydalanuvchiga oʻz animatsiyali emojilar toʻplamini yaratish imkonini beradi. Bu yangilanishda hissiyotingizni yanada yorqinroq ifoda etish imkonini beruvchi cheksiz reaksiyalar va emoji statuslarni taqdim etamiz.

Cheksiz reaksiyalar

Endi barcha foydalanuvchilar oʻnlab reaksiyalardan, jumladan, 🤣 😐 🐳 kabi avval faqat Telegram Premiumda foydalanish mumkin boʻlgan emojilardan foydalanishi mumkin. Koʻplab yangi emojilarni koʻrish qulay boʻlishi uchun yangilangan reaksiyalarni tanlash menyusini endi kengaytirish mumkin. Siz tez-tez foydalanadigan reaksiyalar roʻyxat yuqorisida chiqadi.

Premium Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar reaksiya sifatida nafaqat standart, balki minglab mualliflik emojilaridan birini tanlashi mumkin. Cheksiz turli-tuman emojilardan bittasini tanlash oson boʻlmaydi, shuning uchun endi Premium foydalanuvchilar 3 tagacha reaksiya yuborishi mumkin.

Reaksiyalarga kiritilgan ushbu oʻzgarishlardan hozircha guruhlar va yakkama-yakka chatlarda foydalanish mumkin.

Guruh adminlari guruhlarida maxsus reaksiyalardan foydalanishga ruxsat berishi yoki taqiqlashi mumkin.

Premium Emoji statuslar

Bugundan boshlab Telegram Premium obunasiga ega foydalanuvchilar hozir qanday kayfiyatda ekani yoki nima bilan shugʻullanayotganini bildirish uchun ismlari yonida aks etuvchi animatsiyali statuslarni belgilashi mumkin. Bu maxsus status chatlar roʻyxati, guruhlar va profilingizda Premium Premium nishoningiz oʻrnini egallaydi.

Turli Telegram mavzulariga mos kelishi uchun ranglarini oʻzgartiruvchi 7 ta standart statusdan birini tanlashingiz yoki cheksiz sondagi maxsus emojilardan birini tanlashingiz mumkin. Ish, uyqu, sayohat va boshqalar uchun ommabop tavsiyalar yuqorida aks etadi.

Statusingizni oʻzgartirish uchun chatlaringiz roʻyxati yuqori qismidagi Premium nishonini bosing yoki Sozlamalarga kiring. Statusni muayyan muddatga belgilash uchun emojini bosib turing.

Ochiq emojilar platformasi barcha uchun ochiq. Uning yordamida Premium foydalanuvchilar uchun unikal qahramonlarga ega maxsus toʻplamlarni yuklash mumkin.

Hisobga yanada qulay kirish

Tez-tez hisobga kirib-chiqadigan foydalanuvchilar endi email manzili yoki Apple orqali kirish yoki Google orqali kirish yordamida login kodlarini olishi mumkin.

iOS uchun ilovada Telegram hisobiga kirish allaqachon Android foydalanuvchilariga tanish boʻlgan yangi interfeyslar va quvnoq animatsiyalar bilan yanada soddalashtirildi.

Yangi foydalanuvchi nomi havolalari

Telegramda istalgan ommaviy @username manzili uchun t.me/username koʻrinishidagi havola ishlaydi. Uni Internetda ulashish oson, demak, siz yuborayotgan istalgan kishi ommaviy profil, guruh yoki kanalingizga tezda kirishi mumkin.

Endi har bir foydalanuvchi nomi username.t.me shaklidagi unikal havola formatiga ega. Bu ismini ajratib koʻrsatmoqchi boʻlganlar (yoki / tugmasini topishga qiynalayotganlar) uchun moʻljallangan.

Yangi t.me havolalari

Android uchun ilovada yuklanmalarga ustuvorlik berish

Faol yuklab olinayotgan media va fayllarni Qidiruv panelining “Yuklanmalar” sahifasida yoki chatlaringiz roʻyxatida chiqadigan Downloads Android belgisini bosish orqali boshqarish mumkin. Foydalanuvchilar yuklanmalar tartibini ustuvorligini oshirish yoki pasaytirish orqali oʻzgartirishi mumkin. Buning uchun kerakli qatorni bosib turish, keyin uning oʻrnini almashtirish kifoya. Har doim birinchi oʻrinda roʻyxat boshidagi fayl yuklab olinadi.

Bu funksiya iOS uchun ilovada allaqachon mavjud edi – Downloads iOS roʻyxatida faylni bosib turing va “Yuklanmaga ustuvorlik berish” bandini tanlang.

Android uchun ilovada yangi dizayn elementlari

Android uchun ilovada mediani ochish, yopish va oʻzgartirishda endi yangi ravon animatsiyalar hamrohlik qiladi.

Android 13 yoki undan keyingi versiyadagi qurilma egalari telefonidagi tungi rejim sozlamalari va asosiy rangga avtomatik moslanuvchi mavzuli Telegram ikonkasini tanlashi mumkin.

Android ikonkasi

Buguncha shular. Barcha ish va oʻqishiga qaytishi davomida biz keyingi yangilanish ustida allaqachon ishlanayotgan maxfiy laboratoriyalarimizga qaytamiz.


2022-yil, 16-sentabr
Telegram jamoasi