Abituriyent | Axborot portali
73.7K subscribers
992 photos
385 videos
308 files
3.53K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
​​#DIQQAT #MUHIM
Test sinovlari uchun to‘lov qilmoqchi boʻlgan abituriyentlar va test topshirish hududini yoki boshqa bir ma’lumotlarni oʻzgartishni hohlagan abituriyentlar, poyezd oʻtib ketdi! Bir oy vaqt va qoʻshimcha imkoniyatlar berildi ( 1🔗, 2🔗 ) endilikda hech qanday imkon yoʻq!🙅🏻‍♂
​​
DTM Abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi.

Ma’lumki, 2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar onlayn tarzda amalga oshirildi.

Ro‘yxatga olish oldingi yillarga nisbatan ancha qulayligi, tezkorligi va bugungi pandemiya sharoitida abituriyentlar salomatligi uchun xavfsiz ekanligi bilan alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Biroq, keyingi kunlarda Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan to‘lovni amalga oshirish, test topshirish hududini yoki boshqa bir ma’lumotlarni o‘zgartirish to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Davlat komissiyasining 2-son bayoniga muvofiq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etish uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlarga 13-avgustdan 16-avgustga qadar to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Hozirda Davlat test markazining bazasiga kiritilgan ma’lumotlar asosida yopiq ish tartibida abituriyentlar uchun test materiallari (test topshiriqlari kitoblari va javoblar varaqalari) shakllantirilmoqda.

Shuningdek, mazkur ma’lumotlar asosida abituriyentlarning taqsimoti amalga oshirilib, ularga test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomalar shakllantirildi hamda 22-avgustdan boshlab abituriyentlarga ruxsatnomalar tarqatilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, bugungi kunda test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirish, test topshirish hududini yoki boshqa bir ma’lumotlarni o‘zgartirish imkoniyati mavjud emasligini🚫 Davlat test markazi ma’lum qilishdi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​​​#Muhim_xabar

📌 To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga beriladigan 10 %lik chegirma barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida amal qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma berilishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi va barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan BARCHA talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma beriladi.

Hurmatli talabalar va ota-onalar!

Agar sizda ushbu masala yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni ko‘rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot boti orqali bizga ma’lum qiling. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi!

👉 Murojaat uchun - @otvmurojaat_bot

OO‘MTV Axborot xizmati

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim #Tezkor
Oliy taʼlim muassasalarida aʼnaviy taʼlim qachondan ochiladi?

“Bugungi kunda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan shu masala boʻyicha ishlamoqda. Yangilik boʻlsa tezkorlik bilan eʼlon qilamiz. Nafaqat talabalar, balki oʻqituvchilar ham anʼanaviy taʼlimni sogʻingan.

Bundan tashqari, tumanlarda internetga kirish imkoniyati yoʻq talabalar uchun markazlar tashkil etilyapti va talabalarning onlayn taʼlim olishi uchun imkoniyat yaratilyapti”
, — Abduvali Xoliqov, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi.

⭕️ Barcha talabalar uchun @Talaba kanali, obuna boʻling!👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFfqW3rqiGNMYffBPw
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#Muhim_xabar #Super_kontrakt

📌Rasman: Super kontrakt narxlari tasdiqlandi

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Batafsil maʼlumot👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A
#TEZKOR #Muhim #Õqishni_kõchirish

Horijiy OTMlardan oʻqishini Oʻzbekistonga koʻchirishga ulgurmaganlar diqqatiga!

2020-2021-o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ammo ayrim sabablarga ko‘ra onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar DIQQATIGA !

⚠️2020-2021-o‘quv yiliga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha joriy yilning 5-6 sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar uchun 2020-yil 14-15-oktyabr kunlari onlayn test sinovlari o‘tkaziladi.

Onlayn test sinovlari o‘tkaziladigan MANZIL VA ANIQ VAQTI onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun beriladigan “ruxsatnoma”da qayd etiladi.

Joriy yilning 5-6-sentyabr kunlari o‘tkazilgan onlayn test sinovlarida ishtirok eta olmagan fuqarolar “ruxsatnoma”larni joriy yilning 11-oktyabr kuni soat 12:00 dan boshlab o‘zlarining shaxsiy kabinetlari ( transfer.edu.uz ) orqali olishlari mumkin.

❗️Test sinovlarida ishtirok etuvchi fuqarolardan onlayn test sinovlarida ishtirok etish uchun belgilangan joylarga o‘z vaqtida fuqarolik PASPORTI (asli) hamda shaxsiy kabinetiga yuborilgan “RUXSATNOMA” bilan kelishlari talab etiladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
#Muhim #Eslatma #Õqishni_kõchirish