Forwarded from Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Шоир-у шеър-у шуур..." Шавкат Раҳмон. "Ичингдаги хоинни ўлдир...". Шоирнинг ўзи ўқиган.
⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
⭕️ Каналга обуна бўлинг👇👇👇
https://t.me/mushtumjurnali
❤🔥2🔥2❤1
Ўшанда илк бор мактабга боргандинг. Кеч қолганинг учун дадангнинг ортига ўтиб, ичингда ўкириб йиғлардинг. Кўз ёшингни биров кўришини-да истамасдинг. Диомо яхшироқ ўқиб аянгни хурсанд қилгинг келар, ҳатто опангни китоблари тинч турмасди. Кураш тушиб қўлингни синдирганингу кўчадаги бир тўда болалардан калтак еганингни бировга билдиргинг келмасди.Тепаликдаги қизғалдоқлар билан шивирлашар ва шамолни миниб чопар кичкина жуссангда бутун бир дунё қамалганди. Тоза эдинг!
Ўн беш йил ичида сени қаерда ва қачон йўқотдим?
Аянгсиз ҳаёт йўқлиги, даданг елкасида туриб бир куни елкангда кўтаришни кўнглингга тугиб қўйганинг ва кимнидир жим севишинггача бари-барини эслайман! Бирин-кетин барчаси билан сени ҳам йиллар қатида йўқотдим.
Биласанми, доимо сени қумсайман!
@Elyor_Haydar
Ўн беш йил ичида сени қаерда ва қачон йўқотдим?
Аянгсиз ҳаёт йўқлиги, даданг елкасида туриб бир куни елкангда кўтаришни кўнглингга тугиб қўйганинг ва кимнидир жим севишинггача бари-барини эслайман! Бирин-кетин барчаси билан сени ҳам йиллар қатида йўқотдим.
Биласанми, доимо сени қумсайман!
@Elyor_Haydar
❤6👍5❤🔥2🕊2😘1
Forwarded from Abdulla Muhammad/Uyğoniş kundaligi (𝔸𝕓𝕕𝕦𝕝𝕝𝕒 𝕄𝕌ℍ𝔸𝕄𝕄𝔸𝔻)
#Tuğilgan_kun_muborak
***
Nima deb zeb beray rost so‘zlarimga,
Nima deb yashiray ko‘zdagi g‘amni.
Peshonamga o‘yib qo‘yilgan qismat,
O‘g‘irlab olishgan kulgularimni.
Nima deb pand berdi do‘stim hiylagar,
Yelkamga suyangan bosh endi qani?
Yurakda borini to‘kib kuylayman,
Bir silkinib tushsin to‘rt tomon g‘anim.
Nima deb yashadim yigirma uch yil,
Yelkamga yiqilgan iztirob g‘olib.
Qishloqni orqalab shaharga chopdim,
Ko‘ngilga bir uyum orzuni solib.
© @Elyor_Haydarov1
***
Nima deb zeb beray rost so‘zlarimga,
Nima deb yashiray ko‘zdagi g‘amni.
Peshonamga o‘yib qo‘yilgan qismat,
O‘g‘irlab olishgan kulgularimni.
Nima deb pand berdi do‘stim hiylagar,
Yelkamga suyangan bosh endi qani?
Yurakda borini to‘kib kuylayman,
Bir silkinib tushsin to‘rt tomon g‘anim.
Nima deb yashadim yigirma uch yil,
Yelkamga yiqilgan iztirob g‘olib.
Qishloqni orqalab shaharga chopdim,
Ko‘ngilga bir uyum orzuni solib.
© @Elyor_Haydarov1
👍7🕊2❤🔥1
Penceresiz Kaldım Anne
Ahmet Kaya
🔥2💔2❤1😢1🕊1
Moddiyatla o‘z kindigimizga o‘rallashib qolganimiz zamonda hammasidan eng ko‘p qadrsizlanayotgan o‘zbek tilimiz xususida qurultoyda Qozoqboy Yo‘ldosh bilan gurung bo‘libdi.
O‘zbek tili: Avlodlarga meros qolayotgan muammolar @QURULTOY
https://youtube.com/watch?v=pwMSSUwMCuM&si=BZIbEB2GzNBuj7Jp
O‘zbek tili: Avlodlarga meros qolayotgan muammolar @QURULTOY
https://youtube.com/watch?v=pwMSSUwMCuM&si=BZIbEB2GzNBuj7Jp
YouTube
O‘zbek tili: Avlodlarga meros qolayotgan muammolar @QURULTOY
Podkastimizning bugungi mehmoni adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. U nafaqat ajoyib o‘qituvchi, balki o‘zbek tilining ahvolini shunchaki ijtimoiy muammo emas, balki butun millat dardi va shaxsiy burchiga aylantirgan…
🔥2
Forwarded from Zabarjad Mediа
Aziza Mukofoti Nizomi.pdf
322.8 KB
Shoir, nosir va tarjimonlar uchun:
– adabiy jamoatchilik orasida e'tirof;
– kitoblari 2000 adadda nashr etish va
– 800 AQSh dollari miqdordagi pul mukofoti va qo‘shimcha sovg‘alarni qo‘lga kiritish imkonini beruvchi tanlov NIZOMi.
Mazkur postni ulashish orgali siz barcha ayol-qizlarimizni ragʻbatlantirgan va nomlarini kashf etilishiga sabab boʻlgan boʻlasiz.
P.s: mazkur mukofot sababli tug‘ilgan savol va takliflaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avval oy qoraydi, keyin oqardi, endi qizardi.
👍1🕊1
Osmonda yulduzlar kamaygan. Masalan, o’n-o’n besh yil ilgari ko’p bo’lardi. Vaqt o’tib ular ham kamayib borarkan orzularimiz kabi.
🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi urush avvaliyu keyini orasida yer-u osmoncha farq. Ikki yil orasida qancha odamning yostig‘i qurumadi, qancha go‘dak bo‘mbayu o‘qlar ostida sochilib ketmadi. Vayronagarchiliklarga qaramay hozir ham hayot bor. Odamlar vatanni tashlab ketmagan!
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
👍3😢2🕊2❤1
Forwarded from Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy
TAKLIFNOMA
2025-yil 12-sentyabr kuni soat 10:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va tarjimon Shavkat Rahmon tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi Adiblar xiyoboni
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
2025-yil 12-sentyabr kuni soat 10:00da Yozuvchilar uyushmasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir va tarjimon Shavkat Rahmon tavalludining 75 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga barchani taklif etamiz.
Manzil: Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi Adiblar xiyoboni
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi
Axborot xizmati
🕊3👍1
Bugun tengdoshlarimning maʼnaviy ustozi, buyuk shoir tug‘ulgan kun! Shavkat Rahmonda vijdon va so‘zning birligini ko‘raman. U asl shoir qanaqa bo‘lishini yashab ko‘rsatib berib ketgan.
QASAM
Shavkat Rahmon degan
bir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarning
saralarini.
Har bir so‘z
yuz so‘zning o‘rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimgа,
har biri baxsh etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa —
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin...
Shavkat RAHMON
@Elyor_Haydar
QASAM
Shavkat Rahmon degan
bir o‘jar shoir,
bir kuni qaytadan yaraladimi?
Hayotim maʼnisin juda ko‘p o‘ylab,
sayladim so‘zlarning
saralarini.
Har bir so‘z
yuz so‘zning o‘rnini bosar —
Vatan, Xalq, Jasorat, Kurash, Ozodlik.
Har bir so‘z yetajak yuzta umrimgа,
har biri baxsh etar
ruhimga shodlik.
Hozirlik ko‘rarkan buyuk safarga,
pushtirang pardali minglab darchadan
mo‘ralab o‘tirgan go‘zal so‘zlarni,
qoldirib ketaman endi barchaga.
Aslida atirgul bo‘yin taratgan
bu o‘ynoqi so‘zlar menikimasdir.
Menga nonday zarur, qilichday keskir,
zaharday mard so‘zlar bo‘lsayoq basdir.
Sayladim so‘zlarning saralarini,
kurashlar shamoli kirdi nazmimga.
Yurtimni kezaman,
endi har narsa —
egilgan narsalar tegar g‘ashimga.
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim,
tokim buyuk tog‘lar saltanatida
egilgan boshlarni
qilichlar kessin...
Shavkat RAHMON
@Elyor_Haydar
❤2🔥1👏1🕊1
Endi ishlash kerak bu kengliklarda,
Tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim.
Tokim so‘ylamasin yolg‘onni hech kim.
🔥1🕊1