Forwarded from ringToN
***
Юриб бораяпман, ҳўп синган кўнгил
парчаси устидан қора қон тўкиб.
Азоб берар ҳар босилган қадам,
Руҳимни эзғилар тоғларим чўкиб.
Тупроқдек сочилган фурсат, бетизгин,
Энг тоза ҳисларим ичга ютилган.
Қудратинг етса, бор кучинг-ла эзгин,
Расво кун пойида ҳечам юкунмам.
Бу йўлни рангларга бўяб бораман,
Токи адашмасин мендан сўнг ҳеч ким!
Манови ҳиёнат, буниси ёлғон,
Англаган онингда баридан кечгин.
✍️Элёр
Юриб бораяпман, ҳўп синган кўнгил
парчаси устидан қора қон тўкиб.
Азоб берар ҳар босилган қадам,
Руҳимни эзғилар тоғларим чўкиб.
Тупроқдек сочилган фурсат, бетизгин,
Энг тоза ҳисларим ичга ютилган.
Қудратинг етса, бор кучинг-ла эзгин,
Расво кун пойида ҳечам юкунмам.
Бу йўлни рангларга бўяб бораман,
Токи адашмасин мендан сўнг ҳеч ким!
Манови ҳиёнат, буниси ёлғон,
Англаган онингда баридан кечгин.
✍️Элёр
❤🔥3🕊2❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yo Olloh, qudrating va yaratmishing gözallikni his etishdan benasib etma. Qalb ko‘zim yopilishiga yo‘l qo‘yma! O‘zing kuch ber. Toki yerdagi shaytonlar qarshisida boshimni tik tutay. Sensiz hechdirman, hech!
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
👍3🔥2🕊2❤1
Avval ular seni o‘z darajasiga tushurishadi. So’ng lahzada ular kabi turlana olmasliging, shaytondan farishta niqobi-la evrilolmasliging va bu dunyoga xos ayyorlik senga yotligi uchun ko’p pand yeysan! Yo Xudo bularning bari jinnixona!!
Bularning bari sinoving bo’lsin!!!
Axir sen borsan!
Bularning bari sinoving bo’lsin!!!
Axir sen borsan!
❤3🕊2🤝2
Иқбол МИРЗО шеърлари
ЎЗИНГНИКИЛАР Ўзимники дейсан, жигаринг пора, Гўштингни чайнайди ўзингникилар. Ўшалар ғамида хорсан, бечора, Дардингни билмайди ўзингникилар. Бирининг иши деб гирёнсан Шошда, Бирин ўқиши деб муаммо бошда. Агар кўринмасанг наҳорги ошда Узрингни олмайди…
Sen so‘lsang, gullaydi o‘zingnikilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2🔥2
***
Bir kuni bariga qo‘yarman nuqta!
Dunyoda borligim sizni qiynamas.
Bir qarorga keldim, oxirgi to‘xtam,
Tovonga botmaydi mendek niynalar.
Faqat yelkamda yuk tortqilab turar,
Faqat nomard tig‘in chap berar kurak.
Ko‘ksimda muhabbat daryodek oqar,
Faqat bugun o‘lim kiyikdek hurkak.
Bir kuni bariga qo‘yarman nuqta,
Osmon o‘krab qolar, silkinar zamin.
Chechaklar gullagan, tog‘larim o‘sgan
Lahzada ketmoqlik gunohi azim.
Ungacha lab tishlab o‘tiring, "do‘stim",
Ungacha qo‘yinga saqlang xanjarni.
Men faqat gulladim,
men faqat o‘sdim,
Afv eting, kamina, sodda o‘jarni!
ELYOR

❤6🔥2🕊1
Forwarded from Abduvali Qutbiddin
Мен эскирдим,
шалтоғим чиққан,
Шаҳдим учган, қабоғим сўлган,
Бир зўр йигит ичимда ўлган…
Кулбамга ҳам сиғаман зўрға,
Хира тортдим,
Қулоғим оғир.
Ҳар кечқурун ютади тўрва,
Ҳар кундузи сўдрайди тақдир.
Ўйланмасдан қолганман. Бошим
Ғувуллайди.
Тўғриси бўм-бўш.
Гоҳи-гоҳи индамай титрар,
Тумшуқчаси синиб кетган қуш.
Мен эскирдим,
Шалтоғим чиққан.
Фойдам тегмас. Мум қотган энсам.
Кетай десам, товонда қурб йўқ,
Овозим йўқ бақирай десам.
Абдували ҚУТБИДДИН
шалтоғим чиққан,
Шаҳдим учган, қабоғим сўлган,
Бир зўр йигит ичимда ўлган…
Кулбамга ҳам сиғаман зўрға,
Хира тортдим,
Қулоғим оғир.
Ҳар кечқурун ютади тўрва,
Ҳар кундузи сўдрайди тақдир.
Ўйланмасдан қолганман. Бошим
Ғувуллайди.
Тўғриси бўм-бўш.
Гоҳи-гоҳи индамай титрар,
Тумшуқчаси синиб кетган қуш.
Мен эскирдим,
Шалтоғим чиққан.
Фойдам тегмас. Мум қотган энсам.
Кетай десам, товонда қурб йўқ,
Овозим йўқ бақирай десам.
Абдували ҚУТБИДДИН
🔥3😢2
***
Musicha kuylarkan mahzun ohangda,
Osmoni musaffo yurtni madh etar.
Daraxtlar shiviri, maysalar sasi,
Yurakka beadad dardni baxsh etar.
Men qanday yashayman, qanday kuylayman,
Bo‘g‘zimga tiqilsa bir dunyo alam?!
Musicha singari mahzun so‘ylayman,
“Osmoni musaffo” yurtimga karam!
Musicha kuylarkan mahzun ohangda!
ELYOR
https://t.me/Elyor_Haydar
Musicha kuylarkan mahzun ohangda,
Osmoni musaffo yurtni madh etar.
Daraxtlar shiviri, maysalar sasi,
Yurakka beadad dardni baxsh etar.
Men qanday yashayman, qanday kuylayman,
Bo‘g‘zimga tiqilsa bir dunyo alam?!
Musicha singari mahzun so‘ylayman,
“Osmoni musaffo” yurtimga karam!
Musicha kuylarkan mahzun ohangda!
ELYOR
https://t.me/Elyor_Haydar
🕊3🔥2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktab darsligida Musa Jalilning bir dona she’ri bo’lardi, vatan, kurash va ishonch haqda.
Tuproq ko‘mar tanni, ko‘molmas
O’tli qo‘shiq to‘lgan ko‘nglimni,
«O’lim» deyish mumkinmi axir,
Yengib o‘lgan bunday o‘limni?
She’rning mag’zi, burilish nuqtasi, yozayotganda shoirning o’zi-da bir qalqib tushgandir. O‘t ichida yonayotgan odamning mayda-chuyda tashvishlar bilan ishi bo’lmaydi, axir. U doim hammasini yengadi, joni uzilsa-da o’lim deb bo’lmas bunday o’limni.
Shu lahzada chaqmoqdek yuz yil avval yashagan jadidlar aqlimga keladi. Ular qanday yashadi ekan, yashadimi o‘zi, do’zaxdek gurullab turgan dunyoga qanday tik boqdi? Nima kuch berdi? Afsonaviy ertakka o’xshaydi bari.
Biz har bitta hatti-xarakatimiz, so’zimiz natijasini hech qursa tahmin qilamiz, shunga monand lunj shishiramiz. Ular ham bilgan qiynoqlarni, jisman o’limni. Bila turib o’z yo’lidan qaytmagan. Bu yo’lingdan qaytgin, bola-chaqangni o’yla, tinchgina kulbangda yotib, qarib-churib, kayf qilib yasha deydigan uchramagan deysizmi? Yo’q, yo’q. O’limdan-da dahshatli hodisalar bor dunyoda.
Or, g‘urur, e‘tiqod, va Vatan! Ularni birlashtirgan ham aynan mana shu. Oxiri tuyg’ularning timsoliga, o’ziga evrilishdi. Tushunyapsizmi, siz hech qachon o’lmaysiz. Yashayverasiz, faqat odamlar qalbidagi eng oliy tuyg’u bo’lib!
Yuz, besh yuz, ming yil o’tsada unutilmaysiz. Repmi, popmi, jazmi, farqi yo’q. Mohiyat har qanday qolipni sindirib qo’shiq bo’laveradi.

❤2🕊2
Hayrat
“Olovlangan osmon” @Fo1osurat
Oqshom ishdan qaytarkanman doim shu manzarani kuzatib ketaman. Xudoning musavvirligini qarang! Butun osmon alanga, quyosh bo’lsa oppoq. Koptokdek osilib, lahza sayin ufqqa bosh qo’yarkan bir ajoyib, bir ezgin o’ylar o’tar.
Bir qarasangiz yaqinga o‘xshaydi tag‘in. Bir qarasangiz qochib ketganini bilmaysiz. Kunning tunga evrilish nuqtasi. Nimanidir boshqasiga aylanishi shunaqa shiddat bilan kechar. Odam esa mutlaqo o’zgarishi uchun ruhan o’lishi darkor. Tabiatda barcha qonuniyatlar birmi, asli bularning mohiyati nimada?
Hademay zulmat tushadi. Yana she’r haqida o‘ylayman. Daraxt yaproqlari, shovullayotgan shamol, osmonda yuzib borayotgan quyosh. Bularning bari she’r!

❤3🕊2👍1🔥1🥰1
Masalan, ko’p fikrlar yo‘lda keladi. Jala quyayotganda odamlar o’zini chumchuqcdek panaga uradi. Asli issiqdan chonnab yotibsan, mazza qilib shalabbo bo’lmaysanmi, ey, qo’rqoq?!
Bizda jismdan ko’ra fikr immuniteti zaif. Hozir yo’ldaman, damasda. Deraza tirqishidan adashib kirgan zarradek tomchidan hamrohim xavfsirab uning yo’lini mahkamlashga tirishyapti. Menga esa havo yetmaydi. Yomg’ir tomchilari ham.
Zum o’tmay yer qup-quruqlashadi. Bu yomg’irlar kuzgacha armon! Tag’in o’tgan yili shu faslda deyarli yog’magandi. Yildan-yilga quruqlashayotgan iqlimga shu hol takrorlansa ajablanmayman. Uch-to’rtta ko’lmakni hisobga olmasa, osmonning ob-diydasi sezilmaydi-ya. Lahza sayin hammasi tez o’tib boryapti. Yo men sekin idrok etyapmanmi?
Yugursang shamolni ko’proq his qilasan. Barmoqlaring orasidan qizning mayin sochlaridek sirg‘alib o’tadi. Tezlasang u ham shiddatkor! Yo’l ham oxirladi, undagi fikrlar ham bitdi.

❤3👍3
Tirikchilikdan ortsakgina yozadigan holga keldim. Qanchalik og'irligini tushunyapsizmi? Onasini emsin bu qorin g'ami! Yurakni bir chetga surib bo'lmaydiku, axir! Yuraksiz yashab bo'lmaydiku, axir! Har lahza, har nafasimni yonib yashashim shart! Yo'qsa olam sovuqlashib, rangsizlashib boradi men uchun.
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
❤2❤🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mana bunday reklamalarni qo‘llab-quvvatlash kerak
Toza o’zbekcha so‘zlar qancha ko‘p ishlatilsa, til ruhi sof va tabiiyligicha saqlanadi! Masalan, “обой” deganda tasavvurimga bir qurilish materialiga urib yopishtirilgan nomdan boshqasi kelmaydi. Gulqog‘ozda esa estetik fikr doirasini oshiradigan ko’pgina misollar bor. Birgina gul so‘zining o’zida xushbo’ylik va go’zallik kabi fikrlarni yarq etib aqlimizga keltiradigan xususiyat bor.
Anglayapsizmi, toza o’zbekcha so‘zlar genetikamizga singib ketgan. Unda so’zlab, fikrlaganimizda ruhiyatimiz-da erkin bo’ladi. O’zlik xususiyati ham bor bunda.
Odamlar shunday tushunadiku, ruscha yozilgani yoki aytilgani ma’qul deysizmi? Aslida biz shunga moslashtirilganmiz. Inson zoti hamma narsaga moslashadi, agar ojizlik qilsa. Biz osongina boshqa millatning so’ziga moslashganmiz qo’yganmiz. Xuddi birovning joynamoziga ibodat qilgandek gap.
Hattoki, g’urur, or, nomus va vatan tuyg’ulari haqda gapirsak sizga qanchalik balandparvoz eshitilmasin mana shu mayda-mayda ko’rayotgan 3-4 ta so’zingizga-da borib taqaladi!

👍2🔥1🕊1