Elyor Haydar
129 subscribers
220 photos
92 videos
24 files
202 links
Huvillab yotibdi qoraçiqlarim,
Hayhot, men ularni töldirolmadim.
Jangga tayyor turgan najotkor qalbni
Şe’rdan boşqasiga köndirolmadim!

Çori AVAZ
Download Telegram
Shunday odamlar bor: beqaror. Yana bir tur borki, barqaror! Men bularning qay biriga kirishimni bilmayman. Bir jihat aniqki, nimanidir ko’nglimga tugdimmi bir kunmas-bir kun baribir qilaman, tish-tirnog‘im bilan yopishib bo’lsa ham undan o’tmasdan qo’ymayman. Lekin, to’laqonli barqaror degani ham emas bu.

Mana shu sahifaning o’zida shunchaki a’zo bo’lib, kuzatmaydiganlar yoki chetdan ora-orada mo’ralab qo’yadiganlar ham bor. Bu ikki toifaning aniq qusur-u hislatlarini qatorlashtirib keltirishim mumkin. Ammo, ortiqcha so’zdan ne naf?

Ayniqsa, yashirincha kuzatayotganlarini sezsam o‘zimni Hemengueydek his qilamaney. Biror davlat razvetkasimikan-a. Yo‘q, bu qariya qadar katta odammasman! Ularga nimamdir qiziqdirki, sharpadek aylanib chiqib ketadi. O’sha nima?

Bu dunyoda ko‘rolmaydiganlarimiz juda ko‘p. Anglagan, qabul qilolmaydigan haqiqatlarimiz-da bor. Olam tasavvur ettiyimiz qadar mukammal emasda. Shuning uchun doim niqobda yuramiz. Shunda qalb-u shuur boyib boraversa qayg‘umiz ortishi ham turgan gap.

Yaqindagi olislarim haqda bilarman. Olisdagi yaqinlarimning qalbida ranjmi, yo ganjmi?! Buyog‘i qorong‘u. Ayonki, ruhan yaqinsizlar. Boshingiz toshdan bo’lsin!


@Elyor_Haydar
👍2❤1🔥1🕊1
***

Biz hali dunyodan o‘tmaymiz devdim,
Dunyolari bizdan ming bora o‘tar!
Bari yolg‘on, faqat rost yolg‘iz sevgim,
Seni yo‘qotmoqlik bag'rimni o‘rtar.

Do‘stman deganlarning barini ko‘rdim,
Suydim deganlarning g‘arini ko‘rdim,
Jim ketayotganning ko'ksi ming yamoq,
Suron solganlarda teshikdir tamoq.

Kuylab yayray desam, kuylarim mahzun,
Dilimga o‘t solgan ishqim hur afsun,
Yurakdagi o‘tni yashnotolmasam
Ketgan umrimga afsus, ming afsus!

Biz hali dunyodan o‘tmaymiz sevgim,
Qo‘limda binafsha, ko‘zing-da ko‘zgu.
Orada ayriliq tushgan u — devning
umidlari puchdir, ahvoli kuzgi.

Yuzingda marjonlar porlaydi ilkis,
Yafroqlari chorlar, yam-yashil makon.
Oradagi shayton tugunin qirqib,
Ishq tomon ketarmiz, dil — jannatmakon.

Biz hali dunyodan o‘tmaymiz sevgim,
Dunyolari bizdan ming bora o‘tar!

19.11.2025

ELYOR

@Elyor_Haydar
❤8🔥2🕊1
Instagramga yangi video joyladim. Havola orqali ko’rishingiz mumkin.

https://www.instagram.com/reel/DYr8wSBsSqY/?igsh=MWJkZ3hobzlrbmJ1dA==
❤3
Masalan, bunday yashagandan ko‘ra kattaroq maqsad yo‘lida o‘lgan yaxshi!
❤2💯1
Xayr Maktabim [@Showline]
Setora ft. Ravshan Sobirov
Bugun maktabni eslaymiz! Axir to‘qqiz yillik epohani tugatgan oxirgi avlodmiz.

O’n yil muqaddam kichik jussasida buyuk orzularni ko‘tarib yurgan o’smir edik. Hozir orzularni qay-biri omon qoldi, bilmayman. Lekin unda yashnagan yuraklar hamon yashamoqda!


@Elyor_Haydar
❤2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ovozim

Nahot she’rlar aytdim
bo‘shliqqa qarab,
nahotki sovrildi olov so‘zlarim,
nahotki haq bo‘lsa elu yurt asli
quruq so‘zlar degan gumroh do‘stlarim.

Nahot bekor o‘tdi gulday umrimgning
ming yilga tatirlik oltin chog‘lari,
nahot biror ruhni uyg‘otolmadi
shoir yuragimning qaldiroqlari.

Nahotki birorta dilga yetolmay,
behuda sarflanib qancha kuch-chidam,
kelib ketaverar yorug‘ dunyoga,
kelib ketaverar menday kuychilar.

Menga minbar emas, unvonlar emas,
latta chechaklaru ehsonlar emas,
olov bir sahroni, yurtim xayoli
nurda gurkiragan sahro bering, bas.

Erku muhabbatning muxtor elchisi —
yotmasman tuproqqa do‘nib, tinchlanib,
jasadim tirikdir yorug‘ dunyoda,
oyning siniğiday chaqnar sinchlarim.

Agar yetti qavat yerning qa’rida
yotsam-da, larzaga solib havoni,
elimning yuragin
topib borajak
jismimni kuydirib uchgan ovozim.

1985

Shavkat Rahmon

@Elyor_Haydar
🔥3❤2⚡1👏1😢1
Nimaga qattiq ko‘ngil qo‘ygan bo‘lsam yo qo‘ldan ketdi, yo ko‘ngildan!

Umar (r.a)

@Elyor_Haydar
💔5💯3
Dard ham, dardkash ham o‘tkinchi! Qaysi biriga kuyay…
😢2💯2❤1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤3🕊2🔥1
Nimaiki kelmasin tik, yorug‘ yuz bilan qarshi olishni xohlayman!
👍6❤3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
***
Dard boru darak yo‘q darmonimizdan,
So‘ramang, aytmaylik armonimizdan.
Yo rabbiy, bizga g‘am donin ilinma,
Bir kapsam shodlik ber xirmonimizdan.

© Mansur Jumayev

@Elyor_Haydar
👏3🕊2
Forwarded from Азиз Саид
* * *
Юрагимда қонлар кечиб юрган малак,
Товонингда қай йўлларнинг юқлари бор,
Нима билан ювишимни
билолмайман.

Жон ичида уя қурган қалдирғочим,
Қанотингда қай йилларнинг ўқлари бор,
Нолам билан олай десам
ололмайман.

Кўзларингга суратимни чизай дейман,
Деворида нигоҳларнинг излари бор,
Чизай десам, чизгани жой
тополмайман.

Шамол берган чориғим ҳам титилгандай,
Бисотида вақтнинг фақат кузлари бор,
Кетай десам, сендан кечиб
кетолмайман.

➡️ Азиз САИД
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
Olg‘a, O‘zbekiston!


@Elyor_Haydar
👍4👏2🕊2🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun milliy terma jamoamizga muxlislik qildik! Haqiqiy futbol bayrami kechdi. Kelasi safar Kolumbiyadan alamni olamiz!


@Elyor_Haydar
👍3
Hamma bir kuni o‘ladi. Faqat, kimdir tuproqqa, kimdir yurakka ko‘milar!
❤10
***

Takalluf har necha suratda bo‘lsa, ondin ortuqsen!
Seni jon derlar, ammo betakalluf jondin ortuqsen!

Parining husn ichra garchi oti benihoyatdur,
Meni devona qoshimda va lekin ondin ortuqsen!

Pari bu husn birla ko‘rsa yuzungni, bo‘lur telba,
Seni ta’rif etar, lekin sifat qilg‘ondin ortuqsen!

Qadam ranjida qil ko‘nglum uchun, ey yorning o‘qi,
Mening bu notavon ko‘nglumga chun darmondin ortuqsen!

Iqomat chunki qilding, Boburo, ul hur ko‘yida,
Maqoming ravzadin avlo, o‘zung rizvondin ortuqsen!

Bobur

@Elyor_Haydar
❤1❤‍🔥1🕊1
Bu olamning söroği köp!
❤2