***
Osmonning jilvasi tufroqqa tushdi,
Yurakni hovuri bosilmas sira.
Ruhimga alanga yoqib qo‘ygan ishq,
Qismatim manisi eng totli shira.
O, yafroqlar quyosh rangiga do‘ngan,
Chug‘urchuqlar sayrar xudoni alqab.
Qismati zayli-yu yozuqqa ko‘ngan
Yoriqqa o‘zini uradi aqrab!
Osmonning jilvasi ruhimni quchdi,
O, nahot qanotsiz uchdim yopiray!
Tog‘dek shuurimdan kelar bir ko‘chki
Ayt-chi, xudoyimdan neni yashiray?!
Bunchalar baxtliman,
Bunchalar xushdam,
Men bu shodlikka dosh bera olmasman,
Ko‘kka yetganimda ketarman xushdan,
Ortiq odamzodni hech seva olmasman.
Ko‘zimga yulduzlar aksini qamab,
Shul qora tufroqqa sig‘a olmasman,
Aslo shayton bazmi ochunni alqab,
May ila ruhimni yig‘a olmasman.
Osmonning jilvasi ruhimni quchdi!
Elyor
@Elyor_Haydar
Osmonning jilvasi tufroqqa tushdi,
Yurakni hovuri bosilmas sira.
Ruhimga alanga yoqib qo‘ygan ishq,
Qismatim manisi eng totli shira.
O, yafroqlar quyosh rangiga do‘ngan,
Chug‘urchuqlar sayrar xudoni alqab.
Qismati zayli-yu yozuqqa ko‘ngan
Yoriqqa o‘zini uradi aqrab!
Osmonning jilvasi ruhimni quchdi,
O, nahot qanotsiz uchdim yopiray!
Tog‘dek shuurimdan kelar bir ko‘chki
Ayt-chi, xudoyimdan neni yashiray?!
Bunchalar baxtliman,
Bunchalar xushdam,
Men bu shodlikka dosh bera olmasman,
Ko‘kka yetganimda ketarman xushdan,
Ortiq odamzodni hech seva olmasman.
Ko‘zimga yulduzlar aksini qamab,
Shul qora tufroqqa sig‘a olmasman,
Aslo shayton bazmi ochunni alqab,
May ila ruhimni yig‘a olmasman.
Osmonning jilvasi ruhimni quchdi!
Elyor
@Elyor_Haydar
❤3🕊2👍1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqsadni kattatoq oling, do’stlar!
O‘zbekiston ham, Eron ham guruh bosqichidan qaytdi. Ammo, ikkalasi ikki xil taassurot qoldirdi. Men Eron termasini biznikidan kuchliroq ko’rmayman. Lekin, ulardaki ruhiyat, psixologiya va maqsad biznikidan ancha baland. Shuning uchun ular keyingi bosqichga bizdan ko‘ra haqliroq edi.
@Elyor_Haydar
O‘zbekiston ham, Eron ham guruh bosqichidan qaytdi. Ammo, ikkalasi ikki xil taassurot qoldirdi. Men Eron termasini biznikidan kuchliroq ko’rmayman. Lekin, ulardaki ruhiyat, psixologiya va maqsad biznikidan ancha baland. Shuning uchun ular keyingi bosqichga bizdan ko‘ra haqliroq edi.
@Elyor_Haydar
😢1
***
Oppoq derazamda oy qalqib turar,
Qo’l cho’zsam hurkog’ich, quvlasam qochar.
Oh, bunchalar go‘zal, bunchalar ko‘rkam,
Oydek yuzin nechun qora bulut o‘par?!
Oy qalqib turarkan sho’rlik boshimda,
G’uvvillab qiynaydi bir dunyo alam,
Oyga oshiq lahza yigit yoshimda,
Bulutni chavaqlab tashlagim kelar!
Oy qalqib turgan u osmon meniki,
Oy deb to’lg’onadi tomirdagi qon.
Nahot yashamoqlik shartdir ko’nikib,
Qaydasan muhabbbat, qayda tirik jon?!
Oysiz osmon u zimiston demak,
Ishqsiz bir yurag-u ruhsiz bir jasad,
Tuzsiz osh, aqrava, bemaza yemak,
Shu uchun to’rt yonni keldimmi asrab?!
Oy qalqib turgan u osmon meniki!
30.06.2026
Elyor
@Elyor_Haydar
Oppoq derazamda oy qalqib turar,
Qo’l cho’zsam hurkog’ich, quvlasam qochar.
Oh, bunchalar go‘zal, bunchalar ko‘rkam,
Oydek yuzin nechun qora bulut o‘par?!
Oy qalqib turarkan sho’rlik boshimda,
G’uvvillab qiynaydi bir dunyo alam,
Oyga oshiq lahza yigit yoshimda,
Bulutni chavaqlab tashlagim kelar!
Oy qalqib turgan u osmon meniki,
Oy deb to’lg’onadi tomirdagi qon.
Nahot yashamoqlik shartdir ko’nikib,
Qaydasan muhabbbat, qayda tirik jon?!
Oysiz osmon u zimiston demak,
Ishqsiz bir yurag-u ruhsiz bir jasad,
Tuzsiz osh, aqrava, bemaza yemak,
Shu uchun to’rt yonni keldimmi asrab?!
Oy qalqib turgan u osmon meniki!
30.06.2026
Elyor
@Elyor_Haydar
❤2🕊1💯1
***
Bilmayman, qaygacha yetar ovozim,
Sozimni sindirmas qay manzil, o‘lka?
Yo‘limga ko‘z tikkan necha havoriy,
Qarshimda shaytonlar o‘sadi ulkan.
Bilmayman, onamning ruhi shodmikan?
Tushimga kirmaydi mushtiparginam.
Menku bir to‘lg‘onsam dardimda yongan
uning ahvolidan bo‘g‘zimda gina.
Bilmayman to‘rt tomon do‘stu dushmanim,
Ilkin uzatganni quchdimmi — ovsar.
Zahardir kimning non ushatgani,
Kimningdir ko‘z yoshi obi kavsar!
Elyor Haydar
https://t.me/Elyor_Haydar
Bilmayman, qaygacha yetar ovozim,
Sozimni sindirmas qay manzil, o‘lka?
Yo‘limga ko‘z tikkan necha havoriy,
Qarshimda shaytonlar o‘sadi ulkan.
Bilmayman, onamning ruhi shodmikan?
Tushimga kirmaydi mushtiparginam.
Menku bir to‘lg‘onsam dardimda yongan
uning ahvolidan bo‘g‘zimda gina.
Bilmayman to‘rt tomon do‘stu dushmanim,
Ilkin uzatganni quchdimmi — ovsar.
Zahardir kimning non ushatgani,
Kimningdir ko‘z yoshi obi kavsar!
Elyor Haydar
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
🔥3❤1👍1🕊1
Garddek jasorat ziyon qilmas. Ammo, dunyoga hirs-u muhabbatimiz unga yo'l qo'ymaydigam haqiqiy zaiflikdir!
❤4💯2
***
Капалак чироққа уради ўзин,
Зулматни ёрғувчи нур — сўнгсиз севги.
Ўтда куяр қанот, қамашар кўзи,
Тамом ёнар вужуд, минг битта сезги!
Муҳаббат ҳам олов, ошиқнинг жисми
Дўзахда қоврилар, айрилса ногоҳ.
Ҳатто унутилар сермаъно исми,
Энг тоза ҳайратлар аталар гуноҳ!
Мен ҳам гуноҳкорман, ёруғлик истаб,
Милтиллаган нурга ташнадир руҳим.
Аланга бағрига тинимсиз қистар
Юракдан иборат борим-у йўғим!
На қилай, ожизман илоҳий ҳисга,
Лойимни қоргандир тақдири азал.
Хоҳланг, парчаланг-у чопқиланг тиздан,
Ошиққа дунёдан кечмоқлик маза!
Ўйламанг, барини эрта англадим,
Тилимни бойлаган тугунни уздим.
Курашга чоғлаган мағлуб жангларим,
Сиз тузган чегара, тузумни буздим!
Яшилга бурканмас олам-у одам,
Шайтонлар ўйнаса, айласа қойим,
Ноғорага ўйнаб, мисралар битган
Лаҳзадан камина эмасдир шоир!
05.07.2026
Элёр Ҳайдар
Kapalak chiroqqa uradi o‘zin,
Zulmatni yorguvchi nur — so‘ngsiz sevgi.
O‘tda kuyar qanot, qamashar ko‘zi,
Tamom yonar vujud, ming bitta sezgi!
Muhabbat ham olov, oshiqning jismi
Do‘zaxda qovrilar, ayrilsa nogoh.
Hatto unutilar serma’no ismi,
Eng toza hayratlar atalar gunoh!
Men ham gunohkorman, yorug‘lik istab,
Miltillagan nurga tashnadir ruhim.
Alanga bag‘riga tinimsiz qistar
Yurakdan iborat borim-u yo‘g‘im!
Na qilay, ojizman ilohiy hisga,
Loyimni qorgandir taqdiri azal.
Xohlang, parchalang-u chopqilang tizdan,
Oshiqqa dunyodan kechmoqlik maza!
O‘ylamang, barini erta angladim,
Tilimni boylagan tugunni uzdim.
Kurashga chog‘lagan mag‘lub janglarim,
Siz tuzgan chegara, tuzumni buzdim!
Yashilga burkanmas olam-u odam,
Shaytonlar o‘ynasa, aylasa qoyim,
Nog‘oraga o‘ynab, misralar bitgan
Lahzadan kamina emasdir shoir!
05.07.2026
Elyor Haydar
https://t.me/Elyor_Haydar
Капалак чироққа уради ўзин,
Зулматни ёрғувчи нур — сўнгсиз севги.
Ўтда куяр қанот, қамашар кўзи,
Тамом ёнар вужуд, минг битта сезги!
Муҳаббат ҳам олов, ошиқнинг жисми
Дўзахда қоврилар, айрилса ногоҳ.
Ҳатто унутилар сермаъно исми,
Энг тоза ҳайратлар аталар гуноҳ!
Мен ҳам гуноҳкорман, ёруғлик истаб,
Милтиллаган нурга ташнадир руҳим.
Аланга бағрига тинимсиз қистар
Юракдан иборат борим-у йўғим!
На қилай, ожизман илоҳий ҳисга,
Лойимни қоргандир тақдири азал.
Хоҳланг, парчаланг-у чопқиланг тиздан,
Ошиққа дунёдан кечмоқлик маза!
Ўйламанг, барини эрта англадим,
Тилимни бойлаган тугунни уздим.
Курашга чоғлаган мағлуб жангларим,
Сиз тузган чегара, тузумни буздим!
Яшилга бурканмас олам-у одам,
Шайтонлар ўйнаса, айласа қойим,
Ноғорага ўйнаб, мисралар битган
Лаҳзадан камина эмасдир шоир!
05.07.2026
Элёр Ҳайдар
Kapalak chiroqqa uradi o‘zin,
Zulmatni yorguvchi nur — so‘ngsiz sevgi.
O‘tda kuyar qanot, qamashar ko‘zi,
Tamom yonar vujud, ming bitta sezgi!
Muhabbat ham olov, oshiqning jismi
Do‘zaxda qovrilar, ayrilsa nogoh.
Hatto unutilar serma’no ismi,
Eng toza hayratlar atalar gunoh!
Men ham gunohkorman, yorug‘lik istab,
Miltillagan nurga tashnadir ruhim.
Alanga bag‘riga tinimsiz qistar
Yurakdan iborat borim-u yo‘g‘im!
Na qilay, ojizman ilohiy hisga,
Loyimni qorgandir taqdiri azal.
Xohlang, parchalang-u chopqilang tizdan,
Oshiqqa dunyodan kechmoqlik maza!
O‘ylamang, barini erta angladim,
Tilimni boylagan tugunni uzdim.
Kurashga chog‘lagan mag‘lub janglarim,
Siz tuzgan chegara, tuzumni buzdim!
Yashilga burkanmas olam-u odam,
Shaytonlar o‘ynasa, aylasa qoyim,
Nog‘oraga o‘ynab, misralar bitgan
Lahzadan kamina emasdir shoir!
05.07.2026
Elyor Haydar
https://t.me/Elyor_Haydar
❤2💯2👍1
Shu paytgacha: “Ortingda kiming bor?” deb so‘rashardi. Endi esa hech ikkilanmay mana shu suratni ko‘rsataman!
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
👏3❤2💯2👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshigingdan o‘turman…
Kuz yoysa ham yo‘llarga xazon,
Qor ko‘msa ham borliqni butun,
Ko‘klam kelib, ursa ham xandon,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdamga titroq,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Mayli, shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko‘rmayin turqin,
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Meni demay yumsang ham ko‘zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotiringga sham bo‘lib o‘zim,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Vaqtim yetib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
1965
Omon Matjon
@Elyor_Haydar
Kuz yoysa ham yo‘llarga xazon,
Qor ko‘msa ham borliqni butun,
Ko‘klam kelib, ursa ham xandon,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Sochlaringga tushsa hamki oq,
Peshanangni bossa ham ajin,
Kirganda ham gavdamga titroq,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Mayli, shunda tanimasang ham,
Yoki desang ko‘rmayin turqin,
Yoshim yutib, boshim qilib xam,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Meni demay yumsang ham ko‘zing,
Xonang qolsa zulmatga tutqun,
Xotiringga sham bo‘lib o‘zim,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
Vaqtim yetib chiqsa bu jonim,
Dardlarimga yasalsa yakun,
Bu dunyoni tark etar onim,
Eshigingdan o‘turman bir kun.
1965
Omon Matjon
@Elyor_Haydar
💯2❤1🔥1😁1
***
Men juda yolg’izman, visolga tashna,
Buloqni izlagan kiyikdek chopdim.
Tevarak sahroda zarradek chaqnar
Sarobga ergashib nimani topdim?!
Men juda yolg’izman, yelkalarim bo’sh,
Qarshimda kezganda ming bitta yog’iy.
Hamdamim jomida og’u to’la no’sh,
Bo’g’zimdan ilondek sirg’alar chog’i.
Men juda yolg’izman, qo’limda shamshir,
Ko’ksimda jasorat titragan mahal.
Raqibim g’olib-u kamina g’amgir,
Ishonch va umidlar etmasa amal.
Men juda yolg’izman, muhabbat shami
O’chganda xonamda kezadi zulmat!
Meni deb to’kilgan ko’zlarning namin
Artolmay manglayda charx ursa kulfat!
Men juda yolg’izman, visolga tashna,
Buloqni izlagan kiyikdek chopdim.
Yo Tangrim yo’limni yashilla, yashnat,
Nazardan qoldirmay ustimni yopgin!
Men juda yolg'izman,
men juda yog'iz!
06.07.2026
Elyor Haydar
Men juda yolg’izman, visolga tashna,
Buloqni izlagan kiyikdek chopdim.
Tevarak sahroda zarradek chaqnar
Sarobga ergashib nimani topdim?!
Men juda yolg’izman, yelkalarim bo’sh,
Qarshimda kezganda ming bitta yog’iy.
Hamdamim jomida og’u to’la no’sh,
Bo’g’zimdan ilondek sirg’alar chog’i.
Men juda yolg’izman, qo’limda shamshir,
Ko’ksimda jasorat titragan mahal.
Raqibim g’olib-u kamina g’amgir,
Ishonch va umidlar etmasa amal.
Men juda yolg’izman, muhabbat shami
O’chganda xonamda kezadi zulmat!
Meni deb to’kilgan ko’zlarning namin
Artolmay manglayda charx ursa kulfat!
Men juda yolg’izman, visolga tashna,
Buloqni izlagan kiyikdek chopdim.
Yo Tangrim yo’limni yashilla, yashnat,
Nazardan qoldirmay ustimni yopgin!
Men juda yolg'izman,
men juda yog'iz!
06.07.2026
Elyor Haydar
💔4❤3💯2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hayot yo‘ldir. Goh egri, goh to‘g‘ri kechar zamon shu kezda. Qaygacha borishing muhimmas, ko’zlagan maqsad va intilgan manziling avvalidir. Shuning uchun qo‘rqmayman. Bor kuchim birla kurashgum, qolgani Haqdan!
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
❤1💯1
***
Ertaga qiynalib seni topaman,
Sen hamon o‘ynoqi, dilbar, rasida.
Baxtliman, kuchliman, deya chopaman,
Moviy ko‘zlaringning doirasida...
Shaharga sachraydi sevgining bo‘yi,
So‘ng quchoq ochadi baxtiyor xonang.
Dadang chiqib ketar qovog‘in uyib,
Jilmayib qo‘yadi mehribon onang.
Shavkat Rahmon
https://t.me/Elyor_Haydar
Ertaga qiynalib seni topaman,
Sen hamon o‘ynoqi, dilbar, rasida.
Baxtliman, kuchliman, deya chopaman,
Moviy ko‘zlaringning doirasida...
Shaharga sachraydi sevgining bo‘yi,
So‘ng quchoq ochadi baxtiyor xonang.
Dadang chiqib ketar qovog‘in uyib,
Jilmayib qo‘yadi mehribon onang.
Shavkat Rahmon
https://t.me/Elyor_Haydar
❤5🔥1
***
Endi barchasiga qo‘yilgan yakun,
Endi qarog’laring qurigan dengiz!
Mening-da dunyoyim kunpayakun,
Seningchi xayoling bekam-u tengsiz!
Endi barchasiga boqamiz og‘rib,
Ayriliq lashkari chopadi ildam,
Nigohlar to’qnashib yonmaydi ortiq,
Bir olam ko’ngilga sig’maydi qil ham!
Endi masofalar olisdan olis
Jannatdek qumsaymiz bir-birimizni.
Jonni-da do’zahdan do’zahga solib,
Kuylatib yuborar dard – she’rimizni.
Endi biz naylaylik, yuraklar dog’lik,
Tabassum orasi zahrolud alam.
Farishta qalbingga tilayman sog‘lik,
O‘tli she’rlarim o‘q, bo’lolmas malham!
Endi sevishimni ayta olmasman,
Ko’ksimda yashaydi mangulik izhor!
Borsa kelmas yo‘ldan qayta olmasman,
Dardlarim doyasi, xayr, yaxshi qol!
Elyor Haydar
Endi barchasiga qo‘yilgan yakun,
Endi qarog’laring qurigan dengiz!
Mening-da dunyoyim kunpayakun,
Seningchi xayoling bekam-u tengsiz!
Endi barchasiga boqamiz og‘rib,
Ayriliq lashkari chopadi ildam,
Nigohlar to’qnashib yonmaydi ortiq,
Bir olam ko’ngilga sig’maydi qil ham!
Endi masofalar olisdan olis
Jannatdek qumsaymiz bir-birimizni.
Jonni-da do’zahdan do’zahga solib,
Kuylatib yuborar dard – she’rimizni.
Endi biz naylaylik, yuraklar dog’lik,
Tabassum orasi zahrolud alam.
Farishta qalbingga tilayman sog‘lik,
O‘tli she’rlarim o‘q, bo’lolmas malham!
Endi sevishimni ayta olmasman,
Ko’ksimda yashaydi mangulik izhor!
Borsa kelmas yo‘ldan qayta olmasman,
Dardlarim doyasi, xayr, yaxshi qol!
Elyor Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤3💔2
***
Haddan oshdi haddin bilmas tuyg’ular,
Qo’llarimga zanjir osdi birma-bir.
Yo’llarimga rangin sochib qayg’uning
Zimistonga olib bordi, bilmadim.
Azal qadim-qadim kechmish dunyoning
Yurak-bag’ri anor yanglig’ tahba-tah.
Bizlar surgan bari xom-u xayolni
Olam tushlarida ko’rib tortar “oh”!
Haddan oshdi haddin bilmas tuyg’ular,
Yurakni kuydirib kechar muhabbat.
Men — cho’g’ ustida raqs tushgan bolakay,
Handon otib, yonib borgum to abad!
2026
Elyor Haydar
Haddan oshdi haddin bilmas tuyg’ular,
Qo’llarimga zanjir osdi birma-bir.
Yo’llarimga rangin sochib qayg’uning
Zimistonga olib bordi, bilmadim.
Azal qadim-qadim kechmish dunyoning
Yurak-bag’ri anor yanglig’ tahba-tah.
Bizlar surgan bari xom-u xayolni
Olam tushlarida ko’rib tortar “oh”!
Haddan oshdi haddin bilmas tuyg’ular,
Yurakni kuydirib kechar muhabbat.
Men — cho’g’ ustida raqs tushgan bolakay,
Handon otib, yonib borgum to abad!
2026
Elyor Haydar
💔3❤1
SUHBAT
Oqarsuv bo‘yida, oqshom chog‘ida,
Qari tol boshida oy porlagan payt.
Ozurda tuyg‘ular qo‘nalgohida
Menga suv tilida sirlaringni ayt.
Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa,
Shovqinli shaharni aylansang sekin.
Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa,
Sen sog‘inch tilida bir narsa degin.
Ne kechar dunyoning o‘ngu so‘lida
Tuyg‘ular ko‘z yoshday qalqib turgan payt.
Hamma laqqillasa bozor tilida,
Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt.
Qanday tushuntiray holimni senga,
Egik boshim uzra oyday yog‘du soch...
Barini bir chetga qo‘ygin-da, menga
Sukunat tilida yuragingni och.
Eshqobil Shukur
https://t.me/Elyor_Haydar
Oqarsuv bo‘yida, oqshom chog‘ida,
Qari tol boshida oy porlagan payt.
Ozurda tuyg‘ular qo‘nalgohida
Menga suv tilida sirlaringni ayt.
Ilkis tun sayriga shamol chaqirsa,
Shovqinli shaharni aylansang sekin.
Chor tarafda tinmay sevinch baqirsa,
Sen sog‘inch tilida bir narsa degin.
Ne kechar dunyoning o‘ngu so‘lida
Tuyg‘ular ko‘z yoshday qalqib turgan payt.
Hamma laqqillasa bozor tilida,
Sen ko‘ngil tilida biror jumla ayt.
Qanday tushuntiray holimni senga,
Egik boshim uzra oyday yog‘du soch...
Barini bir chetga qo‘ygin-da, menga
Sukunat tilida yuragingni och.
Eshqobil Shukur
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤3🔥2💔1
***
Bo‘g‘zim to‘la cho‘g‘, yurak kuyindi,
Qanday kuylash mumkin hirqirab?!
Olamga jar solma, so‘rma suyunchi,
Yashnay oladurman o‘tda gurkirab!
Bo‘ynimga sirtmog‘in solsa-da dunyo,
Qarshimda dard chekib, ming o‘ksir g‘am.
Jonimga quvvatin berdimi Xudo,
Evohki, bir lahza tinmay o‘sibman!
2026
Elyor Haydar
Bo‘g‘zim to‘la cho‘g‘, yurak kuyindi,
Qanday kuylash mumkin hirqirab?!
Olamga jar solma, so‘rma suyunchi,
Yashnay oladurman o‘tda gurkirab!
Bo‘ynimga sirtmog‘in solsa-da dunyo,
Qarshimda dard chekib, ming o‘ksir g‘am.
Jonimga quvvatin berdimi Xudo,
Evohki, bir lahza tinmay o‘sibman!
2026
Elyor Haydar
❤3👍2🔥1🕊1💔1