Elyor Haydar
129 subscribers
220 photos
92 videos
24 files
202 links
Huvillab yotibdi qoraçiqlarim,
Hayhot, men ularni töldirolmadim.
Jangga tayyor turgan najotkor qalbni
Şe’rdan boşqasiga köndirolmadim!

Çori AVAZ
Download Telegram
Axir qiziqmasmi, ish rejasimas,
xayolan g‘alati qasrlar qursang
.
❤5🕊2👏1
Live stream started
Forwarded from |
Haddan oshdi...
@Maxramova_ijro
Haddan oshdi haddin bilmas tuyg'ular...

📝 Elyor Haydar


Maxramova ijro
❤2
Izlagan dunyoyimga yetolmasligim kundan kun ayon. Muhimi u bor va kimdir yetajak!
😁2🙏2
***

Suyak-suyagimga yetdi ayriliq,
Boshimni g‘uvillab o’yadi shum o’y.
Fursatim tark etgan qaymas qayrilib,
Falokat bahaybat, ko‘rsatadi bo‘y.

Yurakka titroq-la kirgan muhabbat
Mayuz nigohingni qumsaydi mulzam.
Seni sog’inmoqlik, uh, og’ir qismat,
Quvonchga to’larsan balki men o‘lsam!

27. 06.2026

Elyor Haydar
❤3
Forwarded from “Yoşlik” jurnali
#qutlov
 
Bugun – yosh shoir Elyor Haydarovning tavallud topgan kuni!

* * *
Ertaga sevgilim
Tark etar meni.
Avtobus bekatidek
bir yerda qotib turaveraman.
Avtobus – fursat – ayriliq
bir ko‘ngil orzuni armonga aylantirar.
Armon – Ko‘ngil qabristoni.
Unga Sog‘inch,
Yelkalar
Va muhabbat ko‘milar.
Baxtli lahzalar qabrtosh
Cho‘kayotgan go‘rlar ustiga
Mozorin ziyorat qilgan ko‘ngil
Yukina boshlar lahzalar poyiga.
Sog‘inch burdalab tashlar...
Yelkalar ezg‘ilar ayovsiz...
Muhabbat tilkaporalar...
Ko‘ngil faryodin sim-siyoh sukut yutib yuborar.
Xotira tubidan otilib chiqar baxtsiz o‘tilgan umr.
Nafas o‘rniga og‘riq yutilar
Oxir bardoshning paymonasi to‘lib
Sochilib ketar bari-bari.


“Yoshlik” / 2024 / 2

📱Telegram 📱Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Bu yurtda…

Bu yurtda armon qirmizi gullar,
Orzu itqitilgan axlatxonaga.
Avom orasida ulg‘ayar qullar,
Or-nomus sotilgan ishratxonada.

Bu yurtda yig‘laydi oshiqlar zor-zor,
Muhabbatsotarlar toptar yuragin.
Odamlar bir-birin qoniga tashna,
Kuchukdek irillar, oqar so‘lagi.

Bu yurtda gezarib otmaydi tonglar,
Bulbul tili kesik, to‘tiqush hofiz.
Oshqozon tilida so‘ylaydi chollar,
Erk haqda kuylashga yuraklar ojiz!

Bu yurtda armon qirmizi gullar.

Elyor Haydar
🔥1
❤1
Qarindoshimning uyi. Yozuvdagi kamchilikka e’tibor bermaymiz. Muhimi mazmun!
❤3
Yoshlar ijodi – bu ilk tajribalar, ilk izlanishlar demak. O‘z uslubini yaratish, o‘z ijodiy qiyofasiga ega bo‘lish – katta iste’dod, og‘ir va mashaqqatli mehnat evazigagina erishiladi. Biz adabiyotshunos olimlar yangi adabiyotshunoslikni orzu qilamiz. Ammo sizning yangi asarlaringizsiz bu yangi adabiyotshunoslikni oyoqqa qo‘yib bo‘lmaydi. Eng muhimi, maqtovlarga o‘rganib qolmang, maqtovlarga ishonmang, yuragingiz kurashish istagidan hech qachon voz kechmasin!
 
Shahnoza NAZAROVA,
filologiya fanlari doktori
❤2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eshik ortida yorug’roq, sofroq va sevimliroq nimadir bor. Ishonchim komil. Faqat tinmay harakat qilishim shart. Qurmagur har safar yopilib qolyapti, har safar yetdim degunimcha sarobdek g’oyib bo‘ladi. Bilaman, baribir u mavjud. Bardoshim sinovda, tinkam qaygacha yetishini o’ylayapti. Irodasizdek ko’rinar urunishlarim. Ochdim degunimcha qarsilllab yopiladi meni qorong‘ulikda qoldirib. Yorug’likka tashnaman. Zulmat jonimga tegdi, yana va yana urunaveraman. Yo Xudo o’zing kuch ber yuragimdagi umidni so‘ndirma. Shunchaki tuproqqa singib ketishimga yo‘l qo‘yma!

@Elyor_Haydar
❤3
Nilüfer- Caddelerde rüzgar aklımda aşk var...
dobadali
Musiqa qo‘lsiz, oyoqsiz qalb ochar!
❤1
***

Ҳар оқшом стол билан суҳбат қураман,
Деразани очиб тўйиб-тўйиб нафас оламан
Ва ўйлайман муҳаббатнинг бахтиёрлигин,
Мендан нариги дунё қадар олислигин,
Соат чирқиллагани сайин қисқа қўлларим қисқариб бораётгани ҳақда.

Охир сўрарман ҳақиқатни Ундан.

У сўйлар:

—Ахир кимдир бахтсиз бўлмоғи керак!
Кимдир ўзгалар дардида ёнмоғи даркор,
Ва кимнингдир кўксида бир сиқим гўшт ўрнида ўт пуркасин беҳаловат юрак!

Яна стол билан суҳбат қураман,
Мендан олислаб кетган яқинларим,
Яқиндаги олисларим ҳақда.

Хаёлан ғиштлари ишқдан уй қураман!
Наҳот ўла-ўлгунча хаёл сураман!
Наҳот...?!!!

15.04.2025

Элёр

https://t.me/Elyor_Haydar
❤2🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Beg‘ubor tuyg‘ular haqidagi filmlarni qayta-qayta ko’rsang ham medaga tegmaydi. U rangsiz kadrlarda bo’lsa-da rangin olamni sizga ko‘rsatadi. Yoshlikdek samimiy davr undan keyin bo’lmas. Do‘stlar bu fursatning qadri bo‘lak. Tirik tuyg‘ular yashasin!

• Nomi: “Sevishganlar”
• Yili: 1969
• Janri: melodrama
• Rejissyor: Elyor Ishmuhamedov
• Senariy: Odelsha Agishev

@Elyor_Haydar
❤3
Aduvali Qutbiddin “Men eskirdim, shaltog‘im chiqqan” deydiku. Men ham eskirdim. Ham facebook, ham telegramda aktivim tushib ketgan. Eskirganlar suv yuzasidagi xasdek chetga uloqtiriladi. Ko‘zdan yiroq ko‘ngildan yiroqdek gap.
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥2🕊2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1👏1👌1