Nomsiz nomalar bo‘ladi, shuningdek egasiz savollar ham. Kuchli fikrlar esa muhim...
https://t.me/anonimsavol_bot?start=3bd0c9960
https://t.me/anonimsavol_bot?start=3bd0c9960
Telegram
Anonim savollar
• Anonim suhbat qurish uchun o'zbekcha anonim chat bot.
👍3❤2
Forwarded from Tasavvuf — nafs tarbiyasi | Husan Maqsud bilan
#lahzalar
“Iymon va kufr bir qalbda jam bo‘lmaydi”, degan mazmunda hadis bor. Qalbimda komil iymon bor degan da’vodan yiroqman. Ammo unda kufr bor bo‘lishidan ham qattiq qo‘rqaman...
Qalblarimizni o‘zimizdan ham yaxshiroq biladigan Rabbim! Shubhasiz, bizga kufrni ravo ko‘rmaysan. Lekin qalbimizni iymon nuridan ham mosuvo qilma!
Tasavvuf — nafs tarbiyasi

❤5🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
***
Bir so‘z ham aytmasdan sheʼr yozish mumkin,
Misralar qatida yashrinar olam.
Ko‘ksingni tilkalar kechikkan jurʼat,
Shuuringda dodlar ming bitta nola.
Bir izhor etmasdan sevish ham mumkin,
Bir latif gumonlar chulg‘aydi g‘aybdan.
Ohori to‘kilmas osmoniy hislar,
Uchramas hirs-u nafs atalmish aybga.
Bir o‘tda yonmasdan kuyish ham mumkin,
Nogoh do‘st xanjari sanchilsa ortdan.
Bilmaysan, qay dilda gullar g‘araz-kin,
Gulmixlar qoqilgan chopganing otga.
Bir og‘riq totmayin yashashing mumkin,
Ammo, bu hayoting qadri-da mubham.
Bir ishq azobisiz yashab bo‘lmaydi,
Aminman, shu fursat qolmadi shubham!
29.08.2026
Elyor Haydar

👍5🔥2👌2❤1⚡1😢1
Forwarded from DILRABO Kamoliddinova OHANGRABO (𝔻𝕚𝕝𝕜𝕦𝕤𝕙𝕠 💕)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nima deb zeb beray rost so‘zlarimga,
Nima deb yashiray ko‘zdagi g‘amni.
Peshonamga o‘yib qo‘yilgan qismat,
O‘g‘irlab olishgan kulgularimni.
Nima deb pand berdi do‘stim hiylagar,
Yelkamga suyangan bosh endi qani?
Yurakda borini to‘kib kuylayman,
Bir silkinib tushsin to‘rt tomon g‘anim.
Nima deb yashadim yigirma uch yil,
Yelkamga yiqilgan iztirob g‘olib.
Qishloqni orqalab shaharga chopdim,
Ko‘ngilga bir uyum orzuni solib.
© https://t.me/Elyor_Haydar
https://t.me/dilrabo_kamoliddinova

❤🔥2👍2🔥2❤1
Sen qaydan bilasan,
Balki bu közlar
Unsiz bir qöshiqni
Kuylayotgandir.
Balki bu közlar
Unsiz bir qöshiqni
Kuylayotgandir.
❤🔥4🔥3❤1💔1
Mashhur so‘fiy ayol Robiya Adviya (714–801) Allohga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tama’sida toat qiladigan bo‘lsam, jannatingdan benasib et, agar do‘zaxingdan qo‘rqib ibodat qiladigan bo‘lsam, meni do‘zax o‘tida kuydir – ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o‘tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!»
Alloh taologa quruq, ko‘r-ko‘rona mute’likning hojati yo‘q. Xudo g‘azabidan qo‘rqibgina amri ma’rufni bajarish sadoqat belgisi emas, balki riyodir. Shuning uchun so‘fiylar: Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko‘ngilni nafsu hirs g‘uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g‘oyasini keng targ‘ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir, demak, asosiy maqsad – ilohiy olamga borib qo‘shilmoqdir, dedilar.
@Elyor_Haydar

🔥5🕊2
***
Gohida tuyganing hayot ham og‘ir,
Sog‘ib ichadi u bardoshlaringni.
Zaminga sig‘maysan esingdan og‘ib,
Yostiqqa to‘kasan ko‘zyoshlaringni.
Qo‘llaring bunchalar nozik-u nihol,
Shamolda tebranib, jim xayrlashadi.
Visolga yetmog‘im, uh, amrimahol,
Nahotki nigohlar ayrilishadi?!
Senga ne yupanchlar etayin izhor,
Oshig‘ing uchun, voh, o‘limdan badtar.
Ko‘ksimga bosh qo‘ygin, yig‘lama zinhor,
Qayg‘ularing beso‘z burdalab tashlar!
2026

Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤5🕊3✍2🔥2⚡1
O‘ylab qarasam shu sahifada bir dunyo yaratayotgan ekanman. Qachondir bu olamdan o‘tib ketarman, kimdir kuy-qo’shiqlar, fikr-u tuyg‘ular va she’rlar bilan mani eslaydi!
🔥7❤3
***
Men o’ldim — muhabbat-u
Dard ila yonar ustixonim.
Ko’zlaring qarosiga cho’kar
ruhim qoldiqlari.
Sen-la samoga uchar borliqlarim,
Istasang kechir-u kechma.
Tinchiyu tinchitma
O‘larman qayta va qayta sendan qolsa hech nima!
Men o’ldim — sochilgum besas,
Nechun taqdir olar al-qasosul minal haq?
So’yla, ey, gunohim, ohimdan sindirmay tishlarim panjarasin.
Itdek yalab davolagim kelmas yurak yarasin.
So’ylagin dilkash, nechun taqdir hazilkash jiyabo‘ridek dumin tikka etar-u qochar,
Nechun qabohat bag‘rin ochar - ochko’z?!
Men o’ldim — bu qanday dahshat!

🔥5❤4👍2