Aprelda, Kontent markazining bir tadbiri bahona, birinchi marta Nukusga borgandim. Atigi yarim kunga. Tadbirdagi ishtirokim tugagach, imkon qadar shaharni aylangandim.
Shu sayr davomida menga qiziq ko‘ringan narsa — har bir ko‘p qavatli uyning tashqi tomonini chirmoviqday egallab olgan quvurlar edi (yuqoridagi suratlarda): har bir xonadondan yuqoriga qarab quvur chiqib ketgan. Hali atrofiga ko‘p narsa qurib tashlanmagan to‘qqiz qavatli uylar ayniqsa ajabtovur ko‘rinadi — xuddi o‘nlab dudburoni bor paroxoddek.
Qizig‘i, bu quvurlar haqiqatan ham dudburon ekan — xonadonlar ichiga o‘rnatilgan qo‘lbola (va qo‘lbola emas) pechkalarning dudburonlari. “10–15 yillar avval shahardagi barcha domlar markaziy isitish tizimidan uzilgan, shundan keyin odamlar sovuqda qolmaslik uchun mana shunday yechim o‘ylab topgan”, deb tushuntirgan bo‘ldi bir nukuslik.
Shunda bolalik yillari Samarqandning So‘g‘diyona dahasida o‘tgan tanishimning aytgani esimga tushgandi — o‘sha vaqtlarda qish kunlari yuvilgan kiyimlarni uydagi isitish qovurg‘alarida quritish odatiy hol bo‘lgani, ammo 15–20 yil avval butun daha issiqlik ta’minotidan uzib tashlangani, shundan keyin hamma pechlarga, avtonom isitish tizimlariga o‘tganini gapirib bergandi.
Butun hayoti Toshkentda, suvsizlik, gazsizlik, elektrsizlik nimaligini bilmay o‘tgan odam uchun bu manzaralar, bu hikoyalar g‘ayritabiiy ko‘rinadi. “Qaysi tentak o‘ylab topgan bu ishlarni?”, deb o‘ylanib qolasan. Hatto hijolat ham tortasan — rasvo boshqaruvchilar hech bo‘lmasa poytaxt ahli g‘am (va qolgan O‘zbekistonning ahvolini) bilmay yashashi uchun o‘ylab topgan so‘nggi chora shu bo‘lganmikin, deya.
Ne ajabki, dunyoda yaxshi yangiliklar ham bor va ularni ham e’tirof etish kerak: Nukusning ko‘p qavatli uylari yana markaziy qozonxonaga ulanarkan, yana markazlashgan holda isitilarkan. Qandaydir yangi loyiha boshlashibdi, birinchi Nukusda ishlatib, so‘ng shu tajribani Buxoro, Samarqand, Urganch va Zarafshonga ham yoyisharmish.
Shu xushxabar oxirigacha shunday yaxshi bo‘lib qolishi uchun endi ijrochilar loyihani amalga oshirish davomida kamroq o‘g‘irlashlari (baribir o‘g‘irlaysizlar-ku, to‘g‘rimi?), o‘z ishlarini sidqidilroq qilishlari kerak. Ana shunda Nukusu Urganch “dom”larining uzoqdan o‘nlab dudburoni bor paroxoddek ko‘rinishi to‘liq tarixda qolar.
Shaharlarimiz yana shaharga o‘xshayversin!

Lolazordan chiqqan murojaat eng yuqorigacha yetib boribdi
Kecha Gazeta’da Toshkentning Lolazor mahallasida yashovchi Anatoliy Osipovning murojaati e’lon qilingandi. Aytishicha, bir necha yil avvalgi mashhur chang bo‘ronidan so‘ng hokimlik aholiga qoraqayin, eman, pavlovniya va mevali daraxtlarning ko‘chatlarini tarqatganida, u ham shu ko‘chatlarni olib, ekib, uch yil parvarish qilgan.
Ammo… “27-iyul, dushanba kuni obodonlashtirish xizmati xodimlari kelib, shuncha vaqtdan beri avaylab o‘stirgan deyarli barcha yosh daraxtlarimni tubidan chopib, yo‘q qilib ketishdi. E’tirozlarga quloq solishmadi, hech qanday ruxsatnoma ko‘rsatishmadi. Ekologiya qo‘mitasi bilan bog‘lanishning iloji bo‘lmadi”, — degandi Anatoliy aka.
Fuqaro o‘z murojaatini shunday so‘zlar bilan yakunlagan edi: “Yuzma-yuz uchrashuvda javob berishmaganidan so‘ng, loaqal Gazeta’ga yo‘llagan ushbu maktubimga shahar hokimligidan munosabat eshitishga umid qilaman”.
Uning murojaatiga shahar hokimligidan ham avval Prezident administratsiyasi javob berdi. Kecha oqshom Saida Mirziyoyeva Lolazor mahallasiga boribdi.
“Lolazor mahallasiga kelganimizda, mahalla ahli ekkan daraxtlar shafqatsizlarcha kesib, qo‘porib tashlanganiga guvoh bo‘ldik. Bolalar maydonchasi o‘rniga esa biznes markazi qurish rejalashtirilibdi. Odamlar dod deganicha bor – qurilishlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, o‘yin va sport maydonchalari tag-tugi bilan yo‘q qilib yuborilyapti”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarida.
Uning ma’lum qilishicha, endi Bosh prokuratura butun Toshkent shahri bo‘yicha bunday obyektlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazadi va qurilish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi, shaharsozlik me’yorlari va aholi huquqlariga qay darajada rioya qilinganini tekshiradi.
Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “agar qonunbuzarlik holatlari aniqlansa, mas’ul shaxslarga nisbatan murosasiz jazo choralari ko‘riladi, aybdorlar, kerak bo‘lsa, hatto ozodlikdan mahrum etiladi”.
“Aholi foydalanishi uchun ajratilgan shahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurishga mo‘ljallanmagan, ular o‘z vazifasiga ko‘ra xizmat qilishi zarur”, — deya qo‘shimcha qilgan u.
Mana shunaqa. Hokimlikka ish ham qolmabdi (ya’ni, endi daraxtlarni kesib ketish ham mumkin emas). Ish qolmagan bo‘lsa, ularni band qilib o‘tirish ham shart emasdir unda, a?

Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010-yillarda tarkibida O‘zbekiston va jahon futboli yulduzlari o‘ynagan, braziliyalik murabbiyi jahonda eng ko‘p maosh oluvchi mutaxassisga aylangan, dong‘i dunyoga ketgan “Bunyodkor”. Endi, mana, pulsizlik bilan ham nomi chiqdi.
Bugun endi “Bunyodkor” matbuot xizmati bunday xabar tarqatibdi:
Hukumatimizga qoyil, “Bunyodkor”ning so‘nggi ikki-uch kunda ayniqsa baland chiqqan “yig‘isi”ga (aslida “Bunyodkor” yil boshidan beri, “O‘zbekneftgaz”dan oxiri ko‘rinmas cho‘ntagidan ayrilib qolganidan beri dodlaydi) zo‘r hotamtoylik bilan munosabat ko‘rsatibdi. Ha endi hukumatimiz zo‘r-da, boyvochcha; mana, shartta 5 mlrd so‘m ajratibdi. Maydalashmabdi: 1 mlrd emas, 3 mlrd emas, birdan 5 mlrd. Yetmay qolsa, yana berar. Qoyil.
Ayniqsa shunisiga qoyil: hukumatimiz xohlasa qonuniy asos topib istaganiga milliardlab so‘m pul bera olarkan. Mana shunisi men kutgan yangilik bo‘ldi. Juda kutgandim buni.
Endi, o‘rtoq hukumat, gap bundoq: iltimos sandan, hurmatingni qilib “iltimos” deyapman — tezda bir qonuniy asos topgin-da, “Dok-1 Maks” voqeasi oqibatida farzandsiz qolgan oilalarga, farzandi nogiron bo‘lib qolgan oilalarga sud tomonidan belgilangan kompensatsiya pullarini to‘lab ber. Ishonchim komil, san hukumat bo‘lib bunga qonuniy asos ham, yetarlicha pul ham topa olasan. Hech bir bahonasiz (endi bahona o‘tmas).
Chunki, hukumatjon, o‘zing ham tushun: “Bunyodkor”ning balandroq chiqqan bir yig‘isiga ikki kunda 5 mlrd so‘m topib bera olganingdan keyin, buyoqda farzandsiz qolgan, farzandi nogiron bo‘lib qolgan 100 ga yaqin oila ularning qonuniy haqi uchun zarur pul nima uchun to‘rt yildan beri topilmayotganini endi ortiq tushunolmaydi va kuta olmaydi ham.
Uyal, hukumatim, uyal — yaqinda “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘rt yil bo‘ladi. Bu oilalar kamida uch yildan beri, sud qarori chiqqanidan beri umidvor shu puldan. O‘tgan vaqt ichida ularning ahvoli, ehtimol, yanada og‘irlashgandir. Shuncha vaqtdan beri biror vaziring borib rostmana, tuzukroq xabar ham olmagan-a! San bo‘lsa “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratasan buyoqdan!..
Uyal! Va, iltimos — “Dok-1 Maks” voqeasi jabrlanuvchilariga belgilangan kompensatsiya pullarini shu kunlarda to‘liq to‘lab ber.

“Klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi. Xususan, kecha O‘zbekiston prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida “Bunyodkor” futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi”.
Hukumatimizga qoyil, “Bunyodkor”ning so‘nggi ikki-uch kunda ayniqsa baland chiqqan “yig‘isi”ga (aslida “Bunyodkor” yil boshidan beri, “O‘zbekneftgaz”dan oxiri ko‘rinmas cho‘ntagidan ayrilib qolganidan beri dodlaydi) zo‘r hotamtoylik bilan munosabat ko‘rsatibdi. Ha endi hukumatimiz zo‘r-da, boyvochcha; mana, shartta 5 mlrd so‘m ajratibdi. Maydalashmabdi: 1 mlrd emas, 3 mlrd emas, birdan 5 mlrd. Yetmay qolsa, yana berar. Qoyil.
Ayniqsa shunisiga qoyil: hukumatimiz xohlasa qonuniy asos topib istaganiga milliardlab so‘m pul bera olarkan. Mana shunisi men kutgan yangilik bo‘ldi. Juda kutgandim buni.
Endi, o‘rtoq hukumat, gap bundoq: iltimos sandan, hurmatingni qilib “iltimos” deyapman — tezda bir qonuniy asos topgin-da, “Dok-1 Maks” voqeasi oqibatida farzandsiz qolgan oilalarga, farzandi nogiron bo‘lib qolgan oilalarga sud tomonidan belgilangan kompensatsiya pullarini to‘lab ber. Ishonchim komil, san hukumat bo‘lib bunga qonuniy asos ham, yetarlicha pul ham topa olasan. Hech bir bahonasiz (endi bahona o‘tmas).
Chunki, hukumatjon, o‘zing ham tushun: “Bunyodkor”ning balandroq chiqqan bir yig‘isiga ikki kunda 5 mlrd so‘m topib bera olganingdan keyin, buyoqda farzandsiz qolgan, farzandi nogiron bo‘lib qolgan 100 ga yaqin oila ularning qonuniy haqi uchun zarur pul nima uchun to‘rt yildan beri topilmayotganini endi ortiq tushunolmaydi va kuta olmaydi ham.
Uyal, hukumatim, uyal — yaqinda “Dok-1 Maks” voqeasiga to‘rt yil bo‘ladi. Bu oilalar kamida uch yildan beri, sud qarori chiqqanidan beri umidvor shu puldan. O‘tgan vaqt ichida ularning ahvoli, ehtimol, yanada og‘irlashgandir. Shuncha vaqtdan beri biror vaziring borib rostmana, tuzukroq xabar ham olmagan-a! San bo‘lsa “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratasan buyoqdan!..
Uyal! Va, iltimos — “Dok-1 Maks” voqeasi jabrlanuvchilariga belgilangan kompensatsiya pullarini shu kunlarda to‘liq to‘lab ber.
Kun.uz
«Бунёдкор» клубига 5 млрд сўм ажратилди
Аввалроқ «Бунёдкор» футбол клубида чуқур молиявий муаммолар сақланиб қолаётгани, жамоа ПФЛга хат юбориб, Суперлиганинг 15-тури доирасида 2 август куни «Қизилқум»га қарши ўйин учун Навоий вилоятига бора олмаслиги ҳақида огоҳлантиргани маълум бўлганди.
18
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Italiyadan qaytib kelib, matbuot anjumani o‘tkazibdi. Gaplaridan, savollarga berayotgan javoblaridan o‘zi va jamoa haqidagi hamma (yomon) gap-so‘zlardan xabardorligi, aftidan, “Futbol plyus” podkastining ham o‘ziga bag‘ishlangan hamma sonlarini ko‘rib chiqqani sezilib turibdi.
Ozgina alami bor. Mening davrimda terma jamoa o‘sdi, sizlar faqat natijani ko‘ryapsizlar, lekin men o‘sgan nuqtalarimizni ham ko‘ryapman. Insof qilinglar, ayniqsa, “bu spagettixo‘r italiyalikning maoshi 4 mln yevro”, degan gapni tarqatishni bas qilinglar! Italyan taomlarini yaxshi ko‘rsam-da, o‘zbek futbolchilariga majburlab yedirayotganim yo‘q, o‘yinlardan keyin osh ham berib turibman, debdi.
Ishqilib, vaqtingiz bo‘lsa, matbuot anjumanini bir ko‘rib chiqing, 2006-yilgi jahon chempioni, ayrim nuqtalarda ortiqcha nolib yuborayotgandek, jamoa ichidan yo‘q dushmanlarni qidirayotgandek ko‘ringan bo‘lsa-da, lekin o‘zini ancha munosib tutibdi. Yaxshi xabarlardan biri — buyog‘i endi asosan yoshlar, yangi futbolchilar bilan ishlaymiz, O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqqan futbolchilar uchun bonus tugadi, debdi.
Men bir narsani aytay-da Fabioxon akaga, balki buni ham yetkazishar, to‘g‘rilikcha. Mana, tez orada Janubiy Koreya bilan o‘ynaymiz, keyin Toshkentda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini ham rejalashtirilayotgan ekan. Shu uchrashuvlarda o‘yin chiroyli bo‘lsa ham, menimcha, Kannavaroga munosabat ancha iliqlashadi. Har qalay, odamlar ko‘r emas, jamoa o‘yini o‘zgarganini ko‘radi. Xuddi Kongoga qarshi 1-taymini hamma e’tirof etayotganidek.
Va, yanvarda bo‘ladigan Osiyo Kubogida O‘zbekistonni chempion qiling, tamom, asli italyan bo‘lsangiz ham sizdan yaxshi o‘zbek bo‘lmaydi O‘zbekistonda. Siz — O‘zbekiston qahramoni bo‘lasiz, siz, balki, deputat ham bo‘larsiz. Biz esa “mana shu mo‘jizaviy chempionlikning hammasi hurmatli Fabioxon akaning qo‘l ostilarida ishlab chiqarilgan”, deb gap tarqatib berishni o‘z zimmamizga olamiz.
O‘zbekistonni chempion qiling, O‘zbekiston bilan chempion bo‘ling, tamom. Ana o‘shanda sizni yomon ko‘rganlar sizni yomon ko‘rganini ham unutib yuboradi. Yig‘loqilarga bahona, yig‘loqi gaplarga o‘rin qoldirmang. Bosing!

YouTube
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumani
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro ishtirokidagi matbuot anjumanini tomosha qiling.
Muhrim / Муҳрим
Kuni kecha Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi, puli yo‘qligi uchun, O‘zbekiston Superligasi doirasida Navoiy shahrida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini rasman ma’lum qilgandi. Ma’lumot uchun, bu o‘sha — 2007–2010…
Futbol mavzusi yana ochilib qolganiga, “Bunyodkor”ga ajratilgan 5 mlrd so‘m masalasida yana bir gap.
Aytishdiki, bu 5 mlrd — yil boshida Superliga klublarining har biriga va’da qilingan 35 mlrd so‘mlik yordam pulining bir qismi ekan. Avvalroq “Bunyodkor”ning o‘zi ham “klubimizga 2026-yilda ajratilishi lozim bo‘lgan 35 mlrd so‘mning ikkinchi 10 mlrd qismini tezroq olish” bo‘yicha ish olib borayotganini e’lon qilgan ekan. O‘zim mavzuga ozgina chuqurroq kirmaganim, “hukumat bir futbol klubiga 5 mlrd so‘m ajratibdi”, degan gapni o‘qib, lovullab yonib, o‘zimcha bir narsalar yozib yuborganim — aybim; boshqalarni ham o‘zim kabi chalg‘itib qo‘yganim uchun uzr.
Endi, har xil odamlar shu 5 mlrd kimning cho‘ntagidan ajratilgani borasida har xil gap aytdi. “Bunyodkor”ning o‘zi “hukumatimiz” dedi, yana kimdir shunday dedi, “pul davlat hisobidan”, deb. Qayerdandir yana: “Davlat 10 mlrd berishi kerak edi, shuning uchun “Bunyodkor” ham avvaliga 10 mlrd deb yozgan. Hozirgi 5 mlrd so‘mni esa davlat 10 mlrdni bergan vaqti qaytarish sharti bilan O‘FA bergan”, degan gap ham chiqdi.
Mana shu joyida baribir savollar ko‘payaveradi. Superliga klublariga 35 mlrd so‘m (salkam 3 mln dollar)dan ajratish — ko‘p ham oqilona ish emas, lekin yil boshida, baribir kutilmaganda bir necha klub homiysiz, pulsiz qolishi e’lon qilinganidan keyin berilgan bu vaqtinchalik yechimni tushunishga harakat qilasan kishi. Lekin buning uchun kamida ikki shart bajarilishi kerak:
1. Davlat qachon, qaysi klubga qancha pul ajratayotgani haqida ochiq-oydin, oshkora ma’lumot berib borishi shart;
2. Davlatdan 35 mlrd so‘mlik yordam olayotgan klublar xarajatlari va daromadlari haqidagi ma’lumotlarni to‘liq (qaysi moddaga qancha pul yo‘naltirilganini aniq ko‘rsatgan holda) ochiqlashi shart.
Masalan, “Bunyodkor” klubi rahbari Murod Aliyev bir intervyusida “klub o‘z sa’y-harakatlari bilan (haligi va’da qilingan 35 mlrd so‘mdan tashqari) 11 mlrd so‘m pul topgani” haqida aytgan. Endi bilyapmizki, bundan tashqari boyagi 35 mlrd so‘mdan 10 mlrdini ham olgan, ya’ni, kamida 21 mlrd so‘m pul bo‘lgan.
Nega boshqa biror klub shu kabi inqirozga uchramay, aynan “Bunyodkor” shunday ahvolga tushganini tushunish uchun ham xarajatlarni ko‘rish kerak. Shuncha pul topib ham, akademiyasi, bazasi svetsiz, suvsiz o‘tirgan bo‘lsa, ular o‘zi pulni qanday sarflayapti, puli qayerga ketyapti — buni bir ko‘rib chiqish kerak. 35 mlrd oladigan klublarning hammasi o‘z xarajatlarini ochsa, “Bunyodkor” qayerda qanday xato qilayotgani ham yaqqol ko‘rinar, balki.
Birgina Rivaldo oldidagi qarz sabab “Bunyodkor” moliyaviy inqirozga uchrayotgan bo‘lsa, u holda, ehtimol, umuman boshqacha yondashuv qilish kerakdir. Qog‘ozda bu qarz “Bunyodkor”niki, lekin amalda uni kim “yasagan”? Davlatimiz bu ishga jiddiy kirishsa, menimcha, bu qarz mualliflarini ham topa oladi, ular hisobidan bu qarzni yopishni ham eplaydi.
Va, bu gap takror bo‘lsa ham, hozirgidek 10 mlrd so‘m ajratilishi kutilgan joyda “hukumatimiz “Bunyodkor”ga 5 mlrd so‘m ajratdi” degandek manipulyatsiyalar bo‘lmasligi uchun ham hukumatimiz kimga qancha pul ajratayotganini ochiqlashi shart.

Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning o‘zi ham his qilsin urushni, ikkinchidan, butun dunyo ko‘rsin Rossiyaning ahvolini va bizning qudratimizni, degandek maqsadlar bo‘lgan, deb yozishibdi, qayerdadir.
Tan berish kerak, Rossiyaning jig‘ini ancha ezib qo‘ydi ukrain tushmagurlar. Neft zavodlarini ishdan chiqarishlar, benzin shoxobchalaridagi kilometrlik navbatlar, ulkan logistika markazlarining kulga aylantirilishi — to‘rt yil avval Rossiya shu ahvolga tushadi desa birov ishonmasdi. Hozir esa butun dunyo Rossiyaning achinarli ahvoli haqida gapiryapti.
Endi, Ukrainadagi “Dolzarb 40 kunlik” tugagan vaqtda, bizning jonajon Vatanimizda boshqa bir “Dolzarb 40 kunlik” boshlanib qoldi. Bu 40 kunlikning quroli — innovatsion dronlar emas, balki o‘zimizning eski, qo‘pol, dag‘al hokimbuvayu raisbuvalar. Ukrainaning “Dolzarb 40 kunligi” bu mamlakat qudratini dunyoga qanday ko‘z-ko‘z qilgan bo‘lsa, bizdagi “Dolzarb 40 kunlik” ham tez orada qandaydir dong‘imizni chiqaradi.
Chunki allaqachon ruscha nashrlar bu dolzarb mavzu haqida yozib bo‘ldi, ulardan hali boshqalar ham oladi, ijtimoiy tarmoqlar kulgiga to‘lyapti va to‘lishida davom etadi, eh-he, ishqilib, Sirdaryodagi madhiya vaqti qo‘lini qayerga qo‘yishni bilmagan ofitserlardek mashhurlik kutyapti.
Xuddi shu vaqtda Qashqadaryodan bir kishi yozyapti:
Quyidagi suratda ko‘rsatilgan eslatma varaqasini tashlab ketgan mahalla xodimining aytishicha, agar uyning hojatxona, hammom, oshxona qismlari tozaligi qoniqarsiz bo‘lsa, bizga 5,2 mln so‘m jarima solinarkan.
Xodim bu haqda og‘zaki ogohlantirdi, ammo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qaysi moddasiga asoslanayotganini so‘rasam, tayinli javob bera olmadi.
Eng qizig‘i, bu talablar qanday qonuniy asosga ko‘ra ilgari surilayotganini so‘rasam, u hadisdan misol keltirdi.
Mahalla xodimining rasmiy faoliyatiga hadisning nima aloqasi borligini so‘raganimda esa: “Hadis — O‘zbekistonda ikkinchi asosiy kitob”, deb javob berdi.
Mana shunaqa ahvol. Ukrainaning Rossiyaga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”ni havas bilan tomosha qilib, o‘zimizning hokimbuvayu raisbuvalarning fuqarolarga qarshi “Dolzarb 40 kunligi”dan eson-omon chiqib olish hammamizga nasib qilsin! Mustaqilligimizning 35 yilligini zo‘r kayfiyatda kutib olaylik!

Mahallalar kichik ishlab chiqarish markazlariga aylanadi: 1 759 ta hududda yangi tizim
“Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida mahallalarni iqtisodiy rivojlantirishning yangi mexanizmi ishga tushirilmoqda. Agrobank tomonidan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida o‘tkazilgan seminarda ushbu tizimning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Bankka biriktirilgan 1 759 ta mahallada ichki salohiyatga mos “lokomotiv” mikroloyihalar shakllantirilmoqda. Jarayon “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyilida tashkil etilib, asosiy maqsad — mahallalarni ixtisoslashtirish, “tayanch mahalla” va “ixtisoslashgan mahallalar klasteri” modellari asosida hududlarni kompleks rivojlantirishdir.
Shuningdek, “Agrostar” kompaniyalari bilan hamkorlikda “yetishtirish – qayta ishlash – saqlash – qadoqlash – sotish” zanjirini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda ham samarali joriy etish mexanizmlari takomillashtirilmoqda.

Ukrainaning Rossiyaga dron zarbalari, o‘zbekchasiga aytganda, “Dolzarb 40 kunlik” degan tadbir doirasida bo‘lganini kuni kecha bilib qoldim (aslida “40 kunlik ta’sir operatsiyasi”. 40 kun Rossiyani dronlar bilan shunday uramizki, birinchidan, rossiyaliklarning…
Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka ham, qonunchilikka ham to‘g‘ri kelmasligini aytyapti. Boshida davlatga aloqador bir-ikki tuzilma ham nimadir degandek bo‘ldi, ammo “yuqori”dan boshqa reaksiya bo‘lgani yo‘q.
Bo‘ladiganga ham o‘xshamayapti. Joylardagi davlat xizmatchilarining bunday chidab bo‘lmas harakatlari — shuncha shovqin-suron va e’tirozlarga qaramay — hozirgidek jim kuzatib turilaversa, demak, “bu davlat siyosati ekan”, “bu quyi bo‘g‘indagi uquvsiz ijrochilarning yana bir farosatsizligi emas, balki butun hokimiyat tizimining ongli qarori va harakati ekan”, degan xulosaga kelish mumkinmi?
Umuman, Mustaqillik bayrami arafasida shu bayram nomi bilan qilinayotgan bu ishlar qandaydir yakkam-dukkam holatlar yo xususiy tashabbuslar emas, balki umummilliy kampaniya ekanini ko‘pchilik anglab bo‘ldi. Lekin bu ishlar qanchalik qonuniy? Aholini “uyingni tozalamasang, falon mln so‘m jarimaga tortilasan?”, deb terror qilish uchun qonuniy asoslar bormi? Bu jarayonda aholining haq-huquqlari qanchalik buzilyapti?
Davlatimizda bu savollarga javob bera oladigan dunyo jahon tuzilmalar bor: Inson huquqlari bo‘yicha markaz (eng zo‘ri shu o‘zi — rahbari Senat raisi Senat raisligidan boshqa ishni qilishga umuman majbur emasligini isbotlab bergan axir!), Bosh prokuratura (qonuniylik bo‘yicha qandaydir baho berishi mumkin-ku), oxir-oqibat, butun boshli Adliya vazirligi. To‘g‘rimi?
Biror munosabat bildiring siz ham. Iloji bo‘lsa, bo‘layotgan ishlar to‘g‘ri yo noto‘g‘ri, deb dangalroq ayting. Siz ham uyma-uy yurib, hojatxona, hammom va oshxonalarni tekshirib yurgan bo‘lmasangiz agar.

1
Muhrim / Муҳрим
Shahrisabz hokimining xatti-harakatlari elga ovoza bo‘lganiga ham, mana, Xudo xohlasa, 72 soat bo‘lyapti, shekilli. Buyoqdan yana yangi-yangi sharmandalar, uyatsizlar chiqib turibdi. Es-hushi joyida bor hamma bu vallomatlarning qilayotgan ishlari odamgarchilikka…
Kanalimda “Hafta xulosalari” degan rukn yo‘g‘u, lekin yakuniga yetishiga bir necha soat qolgan joriy haftada odamning eng kamida bitta holat bo‘yicha bir xulosa chiqargisi kelyapti baribir: Shahrisabz hokimi va yana shunga o‘xshash boshqa nusxalarning Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, odamgarchilikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari navbatdagi yakkam-dukkam farosatsizlik yo madaniyatsizlik namoyishi emas, balki rostmana topshiriq asosida yuz bergan butun boshli tizimli jarayondir.
Chunki bunday emasligini tasdiqlovchi aksilharakatlarni, hech yo‘g‘i, bayonotlarni ko‘rmadik va eshitmadik. Ko‘rganimiz va eshitganimiz — joylardagi katta va kichik davlat xizmatchilarining Konstitutsiyani (davlatchilikni?) ham, insoniylikni ham oyoqosti qiluvchi xatti-harakatlari hamda ularni tiyib qo‘yishi kerak bo‘lganlarning quloqni qonatadigan sukuti. Sukut esa, aytishlaricha, rozilik alomati.
To‘g‘risi-da, boshida jamoatchilikning eng radikal qatlami, masalan, Shahrisabz hokimini qayerigadir tepib ishdan haydash kerak, deb ayuhannos solayotgandi. Mayli, ular ham oshirib yuborgandir (xuddi o‘sha hokim kabi), lekin hokimning qilgan ishi ham hozirgi (hech kim ko‘rmagan) “Hokimlarni jazoga tortish kodeksi” bo‘yicha eng kamida 50 grammlik hayfsanga arzirdi-da (kamiga, o‘sha videosi tarqalgan xonadon egalari kasalxonaga tushib qolganini ham qo‘shsak, juda arzirdi).
Boshqa tarafdan, agar hayfsan berilsa, “e, yana hayfsan berib, o‘zinikini ayabdi-da, fuqaro hokimning uyiga shunday bostirib borsa, kamida 15 sutkaga qamardi, yashshamagurlar!”, deb norozi bo‘lardik baribir, aniq. Hozir esa jamoatchilik hayfsan ham chakki jazo emasligini anglashi uchun davlatimiz katta bir qonunsizlikni sukut bilan kuzatib, bir qimmat dars o‘tib bergandek go‘yo (faqat bu dars oxir-oqibat davlatning o‘ziga qimmatga tushishini o‘zi anglagan bo‘lsa (yo anglay olsa?) bo‘ldi).
Hay, jazo yo‘qmi, unda mukofot bo‘lishi kerak. Taxminimcha, Mustaqilligimizning 35 yilligi oldidan ko‘p yillik fidokorona xizmati uchun mukofotlanadigan o‘nlab davlat xizmatchilari orasida shu bayramga tayyorgarlikni xonadonlarda reydlar o‘tkazib, tozalanmagan oshxona, hojatxona va hammomlarga qarshi kurashib o‘tkazgan hokimlaru raislar ham bo‘ladi. Ro‘yxatda, masalan, Shahrisabz hokimi ham bo‘lsa, bu, hech shubhasiz, “boshlardagi xaroblik”ning zo‘r bir tantanasi bo‘lardi, menimcha.

Ukraina dronlarining Rossiyadagi Nijnekamsk shahriga hujumi oqibatida 13 kishi, xususan, 7 nafar o'zbekistonlik halok bo'libdi. Ming afsus. Tataristonning o'zida motam e'lon qilingan.
Aziz vatandoshlar, Rossiyaga bormanglar. Hech bo'lmasa, hozir bormanglar. Ha, to'g'ri, bu aytishga oson gap. Odamlar havasdan ketayotgani yo'q Rossiyaga, buni ham tushunaman.
Lekin qo'shnisi bilan urushayotgan, eng ichkari hududlari ham urushni o'z tanasida his qilayotgan mamlakatga hozircha bormay turgan ma'qul. Hayotingiz siz yuboradigan har qanday puldan qadrliroq.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qo‘mitasi cheklarni soddalashtirilgan shaklda ko‘rish imkoniyatini yaratdi
Endi QR-kodni smartfon kamerasi orqali skanerlab, elektron chekni ochish, har bir tovar narxi va chekning umumiy summasini ko‘rish mumkin.
Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etadi. Bu chegirmalar, soliqlar va boshqa hisob-kitoblarni inobatga olmagan holda qo‘lda qayta hisoblashdagi xatolarning oldini olishga yordam beradi.
Shuning uchun Soliq qo‘mitasi xaridlar bo‘yicha hisob-kitoblarni rasmiy elektron xizmatlar orqali tekshirishni tavsiya etmoqda.
Batafsil — Soliq qo‘mitasi xabarida

“Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gap bor. Bu gap Dostoyevskiyning og‘zidan chiqqan, deyishadi, lekin bu aniq emas. Ishqilib, shunaqa gap borligi va gapning o‘zi haqiqatga yaqinligi aniq: ulug‘ ukrain yozuvchisi Gogolning “Shinel” nomli qissasi XIX asr rus adabiyotini butunlay boshqa, yangi bir o‘zanga burib yuborganini katta-katta rus olimlari ham tan oladi.
Bugun Gazetaning tug‘ilgan kuni. Gazetaning bundan uch yil avvalgi tug‘ilgan kunida bir-ikki chimdim tabriknoma yozgandek bo‘lgandim. Hozir o‘qib chiqdim-da, o‘sha yozganlarimga yangi bir gap qo‘sha olmasligimni tushundim — chunki Gazeta o‘sha-o‘sha. Lekin uch yil avvalgi postdagi bir gap o‘zimga juda yoqdi: “Gazeta – KunUzning doyasi”. Va bu gap nafaqat KunUzga, balki boshqa ko‘plab yangiliklar saytlariga ham taalluqli.
Shunga, “Biz hammamiz Gogolning shinelidan chiqqanmiz”, degan gapga o‘xshatib, “Biz hammamiz Gazetaning bosh sahifasidan chiqqanmiz”, deyish mumkin ekan. Va bu ayni haqiqat bo‘ladi.
Tug‘ilgan kuning bilan, Gazeta!

Telegram
Muhrim / Муҳрим
Фарҳод ака (ҳалиги, Замбаракнинг ўқи) айтган бир гапни ўрни келганда эслашни яхши кўраман. Тўлиқ сўзма-сўз келтира олмайман, маъноси тахминан шундай эди: “Сан “Кун.уз”ни очиб, ўзбек тилида янгиликлар сайти қилиш тўғри эканини ва бунга эҳтиёж борлигини исботлаб…
✈️ Aviachiptalarni qimmatlashmasidan oldin topishning oddiy yo‘li bor
Safar rejalashtirayotganlar yoki tez-tez chetga chiquvchi oʻzbekistonliklar uchun foydali maʼlumot.
Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalida eng dolzarb aviachipta narxlari muntazam eʼlon qilib borilmoqda. Kanalda ommabop yo‘nalishlar bo‘yicha eng qulay tariflar, maʼlum oylar uchun narxlar va qaysi sanalarda arzonroq uchish mumkinligi haqida maʼlumotlar beriladi.
Bu esa turar joy yoki taʼtilni oldindan rejalashtirish uchun ancha qulay. Eng muhimi, maʼlumotlar bevosita aviakompaniyaning o‘zidan beriladi, yaʼni narxlarni turli manbalardan qidirishga hojat qolmaydi.
Agar yaqin oylar ichida parvoz qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, Uzbekistan Airways rasmiy Telegram kanalini kuzatib borish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Kanalga havola: https://t.me/uzbekistanairways
Reklama