Muhrim / Муҳрим
13.9K subscribers
929 photos
401 videos
2 files
2.2K links
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @muhrim_reklama_bot ga murojaat qiling.
Download Telegram
O‘qigandirsizlar, O‘zbekistonda Prezident administratsiyasining mansabdor xodimlarida daxlsizlik huquqi, immunitet bo‘larkan — ularni beruxsat qamoqqa olib bo‘lmas ekan, hatto jinoyat ishi ham ochib bo‘lmaydi (ishqilib, superodamga aylantirib yuborishibdi Administratsiya kotakonlarini, quturib ketishmasa edi endi). Lekin, menimcha, O‘zbekistonda “daxlsizlik”, “immunitet” degan gaplarning qadri — taxminan bir tiyin atrofida. Do‘ppi tor kelsa, Konstitutsiyaviy qonun ham, Konstitutsiya ham oyoqosti qilinadi. Xuddi “O‘zbekneftgaz” sobiq rahbari Bahodir Sidiqov bilan bo‘lganidek — u qamoqqa olinayotgan vaqti deputat ham bo‘lgan, O‘zbekistonda esa deputatni qamoqqa olishdan avval uning kengashdoshlari oldidan o‘tib, ularning “ha, mayli” degan gapi olinishi kerak (bir og‘iz so‘ralsa, deputatlar ham odam — yo‘q demaydi, hech qachon yo‘q demagan ham). Qog‘ozda yozilgan qoidasi shunday. Lekin Sidiqovga kelganda bu qoida unutilgan (yoki vaqt juda ziq bo‘lganmi, kim bilsin). Davlat xizmatchilari aybi hali isbotlanmagan bir odamni qamoqqa olish jarayonining o‘zidayoq Konstitutsiya tilka-pora qilib tashlagani aytilayotgan sudni ochiq o‘tkazib bo‘ladimi axir?
Men eng yaxshi ko‘radigan non Korzinka tandirxonalarida yopiladi. Meni ko‘pdan beri kuzatib kelayotganlarga bu yangilik emas, bu nonga oshiqligimni necha bor oshkora izhor qilganman ham. Birinchidan, qaymoq bilan ham, tarvuz bilan ham, uzum bilan ham, suyuq ovqat bilan ham, osh bilan ham, dimlamasifat ovqatlar bilan ham, eng qizig‘i, quruq o‘zi ham yaxshi ketadi. Yaxshi ham gapmi, mazza qiladi odam!

Ikkinchidan, bu non bolaligimni: rahmatli dodalarim va buvilarimni, ularnikiga 9-tramvay va 6-trolleybusda borishimizni, ularning hovlilaridagi oilaviy yig‘inlarni, “kichkina” dodamlar (oyimning adalari) pishirayotgan sho‘rvaning dimoqni qitiqlaydigan hidini, “katta” dodamlar (adamning adalari) bilan birga tomda husaynilarni daftar varaqlari bilan o‘rashimizni, xolavachchalar bilan birga “pojarniy” yonidagi lotokda cho‘milishimizni, amakivachchalarim bilan birga “30-kanal”dan “Seylormun” ko‘rishimizni... ko‘p narsalarni eslatadi.

Har safar tishlaganimda shularning bari esimga tushavermaydi, albatta. Lekin shu yopgan non o‘sha shirin xotiralar darvozasini ochadigan oltin kalit ekani aniq. Balki, faqat shuning uchun yaxshi ko‘rarman bu nonni. Tarvuz yo dimlama bilan yaxshi ketishi haqidagi nazariyani keyinroq, bu “ko‘r-ko‘rona muhabbat”ni xaspo‘shlash uchun o‘zim bilmay o‘ylab topgandirman.

Men katta bo‘laverganim sayin, bu non ham rastalardan yo‘qolib boraverdi. Bozorni patirsifat, xamiri zich, kulchasimon maydaroq nonlar egalladi. Ammo bundan 7–8 yil avval Korzinka bolaligim yopgan nonini sotishni boshladi. Lekin nega aynan shu nonni? “Lolazor”ning oxirgi sonida mehmonimiz bo‘lgan Zafar aka Hoshimovdan salkam yo‘qolib ketgan Toshkent yopgan noni qanday qilib Korzinka mahsulotlari qatoriga kirib qolgani haqida so‘radim.

Javobdan o‘zim mazza qildim: https://www.youtube.com/watch?v=FMVy4a_HXWo&t=8955s
⚫️ Uzbekistan Airways Abu-Dabiga yangi yo‘nalish ochdi

Endilikda BAA poytaxtiga borishni rejalashtirayotganlar uchun yana bir qulay tanlov paydo bo‘ldi. Uzbekistan Airways va Etihad Airways hamkorligi doirasida Toshkent – Abu-Dabi – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

Parvozlarni Etihad Airways amalga oshirsa-da, chipta sotib olish va rasmiylashtirish jarayoni to‘liq Uzbekistan Airways’ga integratsiya qilingan. Ya’ni, odatiy va qulay tarzda chiptalarni uzairways.com sayti, milliy aviakompaniyaning mobil ilovasi yoki sotuv ofislari orqali xarid qilish mumkin.

UzAirPlus a’zolari uchun ham alohida qulaylik bor. Chipta milliy tashuvchi orqali olinsa, hamkor reysi bo‘lishiga qaramay, bonusli ballar to‘liq hisoblanaveradi. To‘plangan ballarni esa keyinchalik bepul chipta olishga yoki xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga ishlatish mumkin.

Reklama
2016-yil kuzida birinchi marta Xitoyda bo‘lgandim. Oradan 10 yil o‘tib, yana shu yerdaman. 10 yilda bir Pekinga keladigan odam sezadigan birinchi farq — Pekin osmoni ochiq, quyosh ko‘rinyapti. Shungamikin, yashillik ham ko‘paygandek; ehtimol, 10 yil avval Pekindagi uch kun davomida biror marta quyosh ko‘rinmagani uchun yashillikni sezmay qolgandirman. Keyin, yana bir yaxshi o‘zgarish — alohida olingan bir do‘kon miqyosida bo‘lsa ham O‘zbekiston mahsulotlari bor :)

Mana, misol:
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Agrobank Biznes
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Biznesni boshlang, bank xarajatlarini esa keyinga qoldiring

📗 Agrobankning yangi mijozlar uchun “Zero” tarifi biznesni ortiqcha bank xarajatlarisiz boshlash imkonini beradi.

💲 Tarif narxi — 0 so‘m, amal qilish muddati — 180 kun.

📌 Dastlabki 6 oy davomida:

🔵 hisobvaraq ochish va Internet-bankingga ulanish bepul;
🔵 bitta korporativ karta taqdim etiladi;
🔵 hisobvaraqlar va korporativ karta o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya olinmaydi;
🔵 ish haqi va boshqa maqsadlar uchun naqd pul yechish bepul.

📗 Agrobank “Zero” tarifi — biznesni noldan boshlayotganlar uchun bank xizmatlari 0 so‘mdan.

🗓 7-oydan boshlab xizmatlar amaldagi standart tariflar asosida ko‘rsatiladi.

Batafsil

📱 Facebook  📱 Instagram 📱 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroni yiliga 10 mln turistni qabul qila oladigan turizm makoniga aylantirishmoqchi

May oyida Buxoro viloyatidagi 21-bolalar bog‘chasi va 9-poliklinikani qayta qurish, shuningdek, oJo‘yzar kanalining 22,5 kilometrini betonlashtirish rejalari e’lon qilingandi. Shu ishlar qanday ketayotgani bilan tanishish uchun Saida Mirziyoyeva Buxoroga boribdi.

Xabar berishlaricha, Jo‘yzar kanalining 9 kilometrlik qismi betonlashtirilgan (yana 10 kilometrida jarayon davom etmoqda). Betonlashtirilgan qismida baliqchilik xo‘jaligi ham ishga tushirilgan. “Shayxoncha” mahallasida esa 240 o‘rinli yangi bog‘cha qurilgan.

“Shuningdek, turizm sohasidagi yangi loyihalar — “Afshona” majmuasi, etno-uylar, “Jo‘yi Muliyon” kanalini tiklash, yangi aeroport yaqinidagi mehmonxonalar va klaster masalalari muhokama qilindi. Asosiy maqsad yiliga 10 million sayyohni jalb qilib, Buxoroni shunchaki tranzit hudud emas, balki to‘laqonli sayohat maskaniga aylantirishdir”, — deyiladi Saida Mirziyoyevaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qilingan.

O‘zbekistondagi bir shaharning o‘zi 10 million sayyohni qabul qilishi — katta gap. Taqqoslash uchun, 2017-yili butun O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 2,5 mln edi, xolos. Tan olish kerak — o‘sish sur’ati zo‘r.
Endi farzandingiz Jalaliddin International Schoolda 100% gacha GRANT asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin

Agar farzandingiz:
— matematika va ingliz tiliga qiziqsa;
— iqtidorli, izlanuvchan va maqsadli bo‘lsa;
— kelajakda dunyoning TOP universitetlarida tahsil olishni istasa, unda grant imtihonida o‘zini sinab ko‘rish vaqti keldi.

Jalaliddin International School’da farzandingizni:

— Xalqaro standartlarga mos Cambridge ta’lim tizimi;
— A-Level dasturi asosida tayyorgarlik;
— xalqaro olimpiadalarda ishtirok etish imkoniyatlari;
— tajribali chet ellik va professional ustozlar;
— do‘stona va rivojlantiruvchi ta’lim muhiti kutmoqda.

O‘quvchilar Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh va Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadalarning jahon bosqichlarida ishtirok etib, qator medallarni qo‘lga kiritmoqda.

IELTS topshirgan o‘quvchilarning 60% dan ziyodi 7.0 va undan yuqori ball qayd etgan.

Grant tanlovi: 8-9-10 sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun.

📅 Imtihon sanasi:
28-avgust 10:00


📩 Batafsil ma’lumot va grant imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish uchun biz bilan bog‘laning:

@jalaladmission
+998901311515

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama
Shu kunlarda Xitoyda o‘zbekistonliklar rosa ko‘p, menimcha. Kamida to‘rttasi — bizning jamoadan. “Lolazor”ning yangi soni uchun Xitoyning u chekkasidan bu chekkasiga safar qilib yuribmiz. Safarimiz bir hafta avval poytaxt Pekindan boshlangan edi.

Bugun esa Pekinga Saida Mirziyoyeva ham kelibdi. Endi, bizdan farqli o‘laroq, u kishi Xitoyga bizga o‘xshab ko‘ngil yozish uchun emas, muhim ishlar, dolzarb vazifalar bilan kelgan — tashrif qanchalik muhimligi mezbonlardan kimlar peshvoz chiqqaniga qarab bilsa ham bo‘ladi.

Saida Mirziyoyeva safar davomida Xitoy parlamenti spikeri, amalda Xitoy rahbariyatidagi uchinchi shaxs hisoblangan Chjao Letszi bilan, undan keyin esa Xitoy tashqi siyosatining eng asosiy ustuni hisoblangan Van I bilan uchrashibdi. Bular dunyo siyosatiga ta’sir qiladigan odamlar.

“Biz Xitoy tomonining qo‘llab-quvvatlashini hamda transport, savdo, ta'lim va madaniyat yo‘nalishlaridagi aniq loyihalarni birgalikda ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan intilishini yuksak qadrlaymiz. Oldimizda mushtarak rejalar ko‘p, asosiy vazifa esa — ularni izchil hayotga tatbiq etishdir”, — debdi Saida Mirziyoyeva.

Biz bir haftadan beri Xitoyda ekanmiz, uning ayniqsa texnologik taraqqiyotidan hayratda yuribmiz. Xitoy mana shu taraqqiyot mevalarini O‘zbekiston bilan ham baham ko‘rsa, nazarimda, ko‘proq biz manfaat ko‘ramiz. Yuqoridagi uchrashuvlar ham asli shunga xizmat qilsa kerak.
Forwarded from Latipov [uzb]
Hozir Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Robinsonning «Tor yo‘lak» kitobini o‘qiyapman. Ular erkinlikni jamiyat bir marta erishib, keyin undan shunchaki foydalanib yashayveradigan holat sifatida tasvirlamaydi.

Erkinlik juda tor yo‘lak ichida mavjud bo‘ladi – kuchli davlat va kuchli jamiyat bir-birini doimiy ravishda muvozanatda ushlab turgan joyda.

Zaif davlat xavfsizlikni, qonun ustuvorligini va barcha uchun teng qoidalarni ta’minlay olmaydi. Ammo jamiyatdan ancha kuchli bo‘lib ketgan davlat asta-sekin uning erkinligini cheklay boshlaydi.

Kitobda qiziq bir metafora bor – «Qizil Qirolicha effekti». Bu nom «Alisa sehrli oyna ortida» asaridan olingan: unda Qizil Qirolicha hech bo‘lmasa o‘z joyingda qolish uchun ham bor kuching bilan yugurish kerakligini aytadi.

Shuning uchun mualliflar bu jarayonni cheksiz poygaga qiyoslaydi: davlat o‘z institutlarini kuchaytiradi – jamiyat ham yanada yetuk, uyushgan va talabchan bo‘lib borishi kerak. Jamiyat kuchaysa, davlat ham samaraliroq va hisobdor bo‘lishga majbur bo‘ladi.

Menimcha, mustaqillikka ham taxminan shunday qarash kerak. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston davlat mustaqilligini e’lon qildi. Bu jamiyatga o‘z kelajagini mustaqil belgilash uchun katta imkoniyat berdi.

Mustaqillik va erkinlikka erishgandan keyin ham ular uchun har kuni kurashish, ularni kuchli institutlar, mustaqil sud, erkin matbuot va raqobatbardosh iqtisodiyot orqali mustahkamlab borish kerak. Noqulay savollarni berish huquqi va fuqarolarning davlat qarorlariga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi zarur.

O‘zbekistonga kuchli davlat kerak. Davlatimiz tobora kuchayib bormoqda va hozircha bu poygada jamiyatdan ancha oldinda ketmoqda, istiqbolda esa haddan tashqari kuchayib, despotik tus olish xavfini yaratadi. Menimcha, endi jamiyat ham kuchliroq bo‘lishi – davlatni cheklashga ko‘proq qodir bo‘lishi muhim. Bu davlatning o‘zi uchun ham foydali bo‘ladi, chunki unga xatolardan qochishga yordam beradi.

Mustaqillik bayrami muborak, O‘zbekiston🇺🇿

@latipovuzb
Forwarded from Kanada orzusi
#аёл

“Қамоқхонада 'бу аёл-ку, айбсиз-ку' деган муносабат бўлмаган — эркаклар қандай қийноққа солинган бўлса, аёллар билан ҳам худди шу ҳолат бўлган. Зўравонлик асосида болалар ҳам дунёга келган. Айримларининг кўзи ёриганидан кейин чақалоқлари тортиб олинган. Болаларга бир маҳал 80 граммдан сут берилган — жуда кўп болалар вафот этган. Эри, боласининг тақдири номаълум ва яна тазйиқларга учраган маҳкум аёлларнинг руҳий ҳолати қандай бўлганини бир тасаввур қилиб кўринг”. 

"Дарё", кейинчалик "Gazeta.uz"да бирга ишлаган ҳамкасбим Гулираъно Мусаеванинг "Катта қирғин" машинаси ямламай ютиб юборган аёллар ва болаларнинг аянчли қисмати ҳақидаги катта материалини ўқишни тавсия қиламан.
Forwarded from Xushnudbek.uz
TalabaPay (tp.uz) sayti ishga tushdi — saxiylikda bellashing

✅ Loyiha haqida qisqacha: kompaniyalar va tadbirkorlar, shuningdek, blogerlar va media vakillari tp.uz saytidagi reytingda yuqorida turish uchun badal to‘laydi, tushgan 100% mablag‘ ehtiyojmand talabalarning kontraktini to‘lash uchun sarflanadi (soliqlardan tashqari).

📝 Loyiha haqida batafsil: Meni uzoq vaqtdan buyon kuzatadigan insonlar biladiki, imkonim bo‘ldi deguncha, talabalarni har tomonlama, xususan, moddiy qo‘llab-quvvatlashga harakat qilaman. TalabaPay loyihasi ham shu yo‘ldagi navbatdagi qadam.

Yaqinda outbid.lol manzilida bir platforma ishga tushdi. Unda kompaniyalar shunchaki reytingda o‘rin egallash uchun badal to‘lashni boshladi. Hozirgacha loyiha 255 ming AQSh dollari mablag‘ yig‘di. Keyinroq shunday loyiha bizda ham sindr.uz manzilida ishga tushdi. Qisqa vaqtda 30 mln so‘mdan ko‘proq mablag‘ yig‘ildi.

Bu kabi loyihalarni ko‘rishim bilan xayolimga birinchi kelgan fikr shunda bo‘ldi: eh, shu pullarni kontrakt to‘lashga ishlatsak zo‘r bo‘lardi-da!

Maqsad bor ekan, tayyor g‘oya turgan ekan, nega unda urinib ko‘rmaslik kerak, dedim o‘zimga. Shunday qilib, hozir siz ko‘rib turgan tp.uz platformasi dunyoga keldi.

Siz qancha istasangiz, xohlang 50 ming so‘m, xohlang 1 mln so‘m, farqi yo‘q, shuncha to‘lang. Gap reytingda nechanchi o‘rinda turganingizda ham emas, gap kompaniyangiz katta-kichikligida ham emas, gap o‘zi sizda kompaniya bor yoki yo‘qligida ham emas.

Gap sizning ta’limga befarq emasligingizda! Gap sizning bag‘rikeng va saxiy inson ekanligingizda!

Ushbu loyiha orqali mablag‘ yuborgan barcha kompaniyalar va barcha insonlarga katta rahmat! Sizlar bilan faxrlanaman.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tadbirkorlarga qarzni “qarz ustiga qarz qo‘shmasdan” yopib olish uchun yil oxirigacha vaqt berilyapti

O‘zbekistonda 315,2 mingta tadbirkorning 9,5 trillion so‘m soliq qarzi bor. Unga qo‘shilgan penyaning o‘zi 1,5 trillion so‘mga yetgan.

Prezidentning PF–175-sonli farmoni bilan kichik va o‘rta biznes uchun “Ikkinchi imkon” iqtisodiy amnistiyasi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, tadbirkor soliq qarzini 2026-yil 31-dekabrgacha to‘liq to‘lasa, shu qarz bo‘yicha hisoblangan penya bekor qilinadi.

Tadbirkor avvalgi soliq hisobotidagi xatoni o‘zi tuzatib, qo‘shimcha soliqni yil oxirigacha to‘lasa, bunda ham penya hisoblanmaydi.

Bu yengillikning muhim joyi boshqa. 2026-yilning birinchi yarmida 172 ming tadbirkor soliq hisobotini o‘zi qayta topshirgan. Oqibatda ularga qo‘shimcha 3 trillion so‘m soliq bilan birga 140 milliard so‘m penya ham yozilgan. Xatosini yashirmay, o‘zi to‘g‘rilagan tadbirkor buning uchun yana jazolangan.

Albatta, bu soliq qarzi kechiriladi, degani emas. Qarzning asosiy qismi to‘lanadi, biroq tadbirkor uning ustiga yig‘ilgan penya va ayrim eski jarimalardan ozod bo‘ladi.
35 yil qila olmagan ishlarini endi qila olisharmish. Ishqilib, alifboni qo‘ya turaylik — o‘zbek tili to‘liq davlat tili bo‘lib ulgurdi-ya? To‘liq, barcha sohalarda, barcha bo‘g‘inlarda, barcha idoralarda, barcha kabinetlarda davlat tiliga aylandi-a o‘zbek tili? Davlat ishlari to‘liq davlat tilida olib borilyapti, yuritilyapti, e’lon qilinyapti, to‘g‘rimi? Agar shu ish rostan ham uddalangan bo‘lsa, unda, ha, balki endi alifboni ham yagona qila olishar. Barcha davlat organlari, davlat nashrlari kirill alifbosidan voz kechishni boshlaganini ko‘rsam, o, ana, eplashyapti, qilsa bo‘lar ekan-ku, deb qo‘yaman, albatta (#)
2001-yil 11-sentabr kungi teraktlar ortidan AQSh havo hududi yopilgach, “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Toshkent-Nyu York yo‘nalishidagi 101-reysi Kanadaga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi.

Gazeta ekipaj komandiri va yo‘lovchilar xotiralari hamda arxiv suratlarni taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/11/9-11-memories/

Telegram | Instagram | YouTube