Forwarded from Iqtisod4i
Лев Толстойнинг «Уруш ва тинчлик» романида француз тилидан жуда кенг фойдаланилган. Китоб матнининг сезиларли қисми французчада ёзилган ва буюк ёзувчи бу орқали аниқ мақсадларни кўзлаган.
Сабаби, ўша даврнинг тарихий ҳақиқати аслида ҳам айнан шундай эди. Рус империясининг аристократияси учун француз тили амалда асосий мулоқот тили эди. Саройдагилар ва уларга яқин бўлган, уларни севадиган ва уларга тақлид қилишга уринадиганлар болалигидан француз тилида фикрлаган, хат ёзган ва суҳбатлашган.
Табиийки, ёзувчи ўз даври воқеаларини максимал даражада холис ва реал кўрсатиш учун қаҳрамонларни айнан ўша давр аристократияси гаплашган тилда сўзлатган.
Балки, қайсидир маънода Толстой бу орқали сарой ва унинг атрофидагилар ҳамда оддий халқ ўртасидаги узилишни кўрсатишни ният қилгандир. Балки романдаги асосий ғоявий зиддиятлардан бири рус элитасининг ўз халқидан, тилидан ва илдизларидан узилиб қолганини очиб бериш бўлгандир.
Толстой аристократларнинг ўз она тилида хато билан, қийналиб сўзлашишини ёки сохта жумлалар ишлатишини кўрсатиш орқали уларнинг миллий ўзликдан қанчалик йироқлашганини урғулагандир.
Яна бир қизиқ фикр ўқидим. Асарда қаҳрамонлар маънавий инқирозни бошдан кечириб, ўзларининг ҳақиқий «мен»ини топгани сари ва уруш воқеалари чуқурлашгани сари уларнинг нутқида французча сўзлар камайиб, рус тили устунлик қила бошлар экан. Агар бу ҳақиқат бўлса, китобни ўқиганимда бу тенденцияга эътибор бермаган эканман.
Умуман олиб айтганда «Уруш ва тинчлик»дан ва Толстой асарларидан кўп нарсани ўрганса бўлади.

Forwarded from #Gashtak
Bu safargi mehmonimiz - jurnalist, Kun.uz asoschisi, Daryo va Gazeta.uz saytining sobiq bosh muharriri Muhrim A'zamxo'jayev. Jurnalistika, davlat mediasidagi chegaralar, propaganda hamda O'zbekistonning kelajagi haqida ochiq va samimiy suhbat qildik.
Suhbat mavzularidan:
- Asosiy ishidan nega ketdi?
- Qanday media loyihasini boshlash ma'qul?
- Yangiliklarni o'qish sog'liqqa zarar!
- Propaganda va PR jurnalistikaga kerakmi?
- Ijodda moliyaviy erkinlik bormi?
- "Lolazor" loyihasidagi ishtiroki haqida
- O'zbekistonga protestlar kerakmi?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bundan 100 yil avval Bo‘zsuvda O‘zbekistondagi birinchi gidroelektr stansiya (GES) ishga tushgan. 1939-yili Quvasoyda mamlakatdagi birinchi yirik issiqlik elektr stansiya (IES)lari qurilgan. 2021-yili Navoiyda O‘zbekistonning sanoat miqyosida energiya beruvchi birinchi quyosh (QES), 2023-yil oxirida esa shamol elektr stansiya (ShES)lari foydalanishga topshirilgan. Hali u kunlarni ko‘ramizmi-yo‘qmi, bilmadimu, ikkita atom elektr stansiyasi (AES) ham qurmoqchimiz.
Agar okeanga chiqish joyimiz bo‘lganida, allaqachon ko‘tarilish elektr stansiyalari (KES)ni ham qurgan bo‘lardik. Chunki biz endi elektr quvvatiga aylantirish mumkin bo‘lgan har qanaqa kuch va vositani uvol qilmaslik yo‘liga o‘tyapmiz. Mana, yaqqol misol: Surxondaryo, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda 395 mln dollarga yiliga 454 mln kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan chiqindi yoqish zavodlari (shartli qilib aytganda, ChES) qurilarkan. Chiqindi bizning “yangi neft”imiz bo‘lsa, ne ajab?! Bu boradagi “ishlab chiqarishimiz”da ham muammo yo‘q hisobi — “mahalliy ishlab chiqaruvchini, ichki bozorni himoya qilish” niqobi ostida umumiy importni cheklamasak bas.
Hali ham bo‘lsa elektr energiyasini ishlab chiqarishda foydalanilmayotgan resurslar tiqilib yotibdi. Pekin ko‘chalarida bir vaqtning o‘zida ham shamoldan, ham quyoshdan quvvat oladigan simyog‘ochlarni ko‘rib (quyidagi videoda), “shunday qilsa ham bo‘lar ekan-ku”, deb hayron bo‘luvdik — bizda ham shunday qilsa, yuzlab, minglab qorong‘u ko‘chalarimizni shu tariqa yorug‘ qilsa bo‘ladi. Tunda yorug‘ ko‘cha — ham jinoyatdan deyarli xoli, ham kichik biznes uchun bozor. Ishqilib, nimaiki bo‘lsa, hammasini elektr quvvatiga aylantirish kerak.
Shu bilan birga, endi boshqa bir masalani ham yo‘l-yo‘lakay yechishimiz kerak, zotan energetika xavfsizligimiz endi ko‘proq shunga bog‘liq, shekilli: shuncha GES, IES, QES, ShES, ChES (va hali AES)dan chiqadigan quvvatlarni saqlab turadigan vositalar ko‘proq zarur. Bu borada allaqachon harakat boshlangan, lekin sur’atni tezlatish foydadan xoli bo‘lmas.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentning qadimiy Kallaxona mahallasi haqida ma’lumotlar izlab o‘tirgandim, pochtamga FIFAdan xat kelib qoldi. Ekranning yon tomonida ko‘ringan bildirishnomada ko‘zim ilg‘agani “Mamelodi Sandauns”, “Aziya” degan yozuvlar bo‘ldi. “Mamelodi” Janubiy Afrikaning klubi edi, shekilli, Osiyoda nima qilibdi”, deb xatni ochsam, FIFAdagi soqqakash kaldan (albatta, men uchun) yangilik — Qit’alararo kubokni yangi formatdagi musobaqaga aylantirib yuboribdi-ku.
Biz kichkinaligimizda Qit’alararo kubok har yilning oxirrog‘ida Yaponiyada bo‘ladigan va g‘olib jamoaning eng yaxshi futbolchisiga “Toyota” moshinasi topshiriladigan bir o‘yinli musobaqa edi. Keyinroq soqqakash tepakal bu musobaqani kengaytirib, olti qit’aning g‘oliblari o‘rtasidagi musobaqaga aylantirgandi va unda olti jamoa bir joyga yig‘ilib, bir haftada musobaqani o‘tkazib, uyiga qaytardi.
Soqqakash kal yanada qiziqroq qilibdi: musobaqaning har bir bosqichi endi alohida kubok ekan. Masalan, avvaliga Afrika-Osiyo-Tinch okeani havzasi kubogi o‘tkazilibdi. Unda Saudiyaning “Al-Ahli”si o‘z maydonida Yangi Zelandiyaning “Oklend”ini yutibdi, ammo kuni kecha JARda “Mamelodi Sandauns”ga yutqazibdi (egamlab qolgan “Paxtakor” bilan durang o‘ynaganidan ma’lum edi o‘zi bu puldor jamoada nimadir muammo borligi).
Endi janubiy afrikaliklar yarim finalda Amerika derbisi degan musobaqada g‘olib chiqqan jamoa bilan o‘ynarkan. Agar yutsa, finalda — ana o‘sha final endi Qit’alararo kubok deyilarkan — Yevropaning “Pari Sen-Jermen”i bilan o‘ynarkan (yevropaliklar to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga chiqarkan, Yangi Zelandiyu Janubiy Afrika qilib yurishmasakan).
Ishqilib, bunisi mayli. Bu ma’lumotlar bilan tanishgach, men, tabiiyki, “Vikipediya”ga kirib ketdim. Buning oqibati yaxshilik bilan tugamasligini siz, albatta, yaxshi bilasiz. Misr, Tunis, Marokashning kuchli klublari bor joyda “Mamelodi” qanday qilib Afrika chempioni bo‘libdi, dedim. Afrika Chempionlar ligasi haqidagi sahifani ochdim, oxirgi mavsumi bilan tanishdim. Qarasam, Sudandan “Al-Hilol” degan klub qatnasharkan.
“Al-Hilol” desa biz Saudiyaning bir gigant klubini tushunamiz-ku. Qiziq bo‘ldi-da, qani, bu qanday “Hilol” ekan deb o‘qidim shu klub haqida. Va, bilasizmi, Sudanning “Hilol”i haqidagi ma’lumotlarni o‘qib, xuddi FIFA 2005 simulyatoriga tushib qolgandek bo‘ldim (baxtga qarshi, FIFA 2005 da Afrika ligalari yo‘q).
Xullas, 2023-yili Sudanda birodarkushlik urushi boshlanib ketganidan keyin, Afrika futbol konfederatsiyasi “Al-Hilol” boshqa mamlakat ligasida qatnashishga ruxsat beribdi. Shundan keyin “Al-Hilol” avvaliga Mavritaniya ligasida qatnashib, Mavritaniya chempioni bo‘libdi. Keyingi mavsum esa Ruanda chempionatiga qo‘shilib, u yerda ham chempion bo‘libdi 🙂
Men FIFA 2005 da — kompyuter o‘yinida karyera rejimini shunday o‘tkazardim: bu mavsum Belgiyada, keyingisida Niderlandiyada, so‘ng Shveysariyada chempion bo‘lardim. Lekin unda faqat murabbiy o‘zgaradi, jamoa o‘sha chempionatning o‘zida qoladi, Sudan “Al-Hilol”i bo‘lsa kompyuterda ham qilib bo‘lmaydigan ishni qilibdi. Ochig‘i, hayratdaman.
Bu ma’lumotni ko‘rgach, ochig‘i, kichkinaligimdagi yana bir xabar esimga tushib ketdi: qaysidir bir yili “Bavariya” Germaniya Bundesligasidan chiqib, Italiya “A” Seriyasiga qo‘shilmoqchi, degan gaplar chiqqandi. “Paxtakor” gegemon bo‘lib ketgan yillari, haligi, Osiyo Chempionlar ligasida ketma-ket ikki yil yarim finallarda o‘ynab yurganida “Paxtakor” Rossiya Premer-ligasida qatnashishi kerak”, deguvchilar ham bo‘lardi.
Yangi futbol simulyatorlarining karyera rejimida endi nafaqat murabbiyni, balki klubni ham bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chirish funksiyasini qo‘shish kerak ekan 🙂

1
O‘zbekistonda 2012-yil 17-iyulida bo‘lgan voqeani eslasam, hayron qolaman: davlat bir kunda 10 millionmikin abonenti bor, mamlakatdagi eng katta mobil aloqa operatorning faoliyatini to‘xtatib qo‘ygandi. Millionlab odamlar mobil aloqasiz qolib ketgan (hisoblardagi pullar haqida-ku gapirmay qo‘ya qolay), odamlar bir-birini yo‘qotib qo‘ygan, tavba, lekin davlat hammasiga tupurgan — o‘lib ketmaysanlarmi, degandek. Na kompensatsiya, na ogohlantirish, na boshqa — operatorni tarmoqdan shartta uzgan-qo‘ygan, tamom-vassalom.
Xudoga shukr, hozir zamon boshqa, qadriyatlar ham boshqacharoq, bitta odamning aybi uchun millionlab iste’molchini bunchalik ommaviy jazolash amaliyoti ham yo‘q. Masalan, shu kunlarda bir xususiy bankning bir aksiyadori qidiruvga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ayrimlar darhol bankning ham janozasini “o‘qib yubordi”. Lekin, ne baxtki, hozir 2012-yil emas. Bankning o‘zi ham binoyidek bayonot beribdi: tarqalayotgan xabarlar bir odamning xususiy muammolari haqida, bu muammolarning bankka aloqasi yo‘q, bank esa kecha qanday bo‘lsa, bugun ham shunday ishlab yotibdi.
Shu bayonotga ham ishonmagan taqdirda odam bankning mobil ilovasiga kirib ko‘rsa, bank operatsiyalarini amalga oshirib ko‘rsa ham bo‘ladi. Hammasi ishlayotgan bo‘lsa, u holda “janozani o‘qish”ga shoshilmagan ma’qul. Va yana o‘sha gap — hozir, ne baxtki, 2012-yil emas; hozir 14 yil avvalgidek minglab, millionlab mijozi bor tuzilmalarni bir kunda “ko‘mib bo‘lmaydi”. Mabodo “o‘limi” yaqin bo‘lsa, buni oldindan bildiradigan tuzilmalar bor: deylik, avval Markaziy bank biror litsenziyani bekor qiladi, keyin boshqasini va hokazo, va hokazo.
Hozir esa bankka nimadir bo‘lgani haqida hech gap yo‘q, bankda hammasi joyida, u ishlab yotibdi. Tirikka janoza o‘qilmaydi-ku, to‘g‘rimi?

Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh archa o‘rnatilayotgan, har bahorda Gullar bayrami o‘tkazilayotgan, boshqa paytda aholi sayr qilishi, dam olishi, vaqtini chog‘ o‘tkazishi mumkin bo‘lgan maydon.
Har faslda minglab, yuz minglab aholiga xizmat qilayotgan qarichi tilloga teng shu yerni davlatimiz (shahar hokimligi ham shu davlatning bir qismi-ku axir) bir necha yuzlab avtomobil ertalabdan kechgacha chang bosib yotishi uchun berib yubormoqchi. Endi, bilmasam, bu qaysi shishirilgan tashkilot xodimlari uchun xizmat qilarkin: yonidagi G‘aznachilikkami, ortidagi Zarbxonagami, yo yo‘lning narigi tarafidagi hukumatgami, yo “Gazeta korpusi” yonidagi “yerosti avtoturargohlari ham bo‘ladi” deb hisobsiz qurib tashlangan osmono‘par binolarga keladiganlargami, bilmadim.
Hech qanaqasiga mantiq yo‘q-da lekin: birinchidan, shu atrofdagi davlat tashkilotlarining bari, hatto Milliy kutubxonaning o‘zi ham yaqin yillarda Yangi Toshkentga ko‘chiriladi, u yerdagi amaldorlar mashinasini bu yerga qo‘yib, Yangi Toshkentga ketmaydi-ku. Ikkinchidan, o‘sha atrofda allaqachon pullik avtoturargoh (parkinglar) tashkil qilingan. Ular ham o‘sha yerdagi “mashina qo‘yishga joy topish” muammosini hal qila olmayotgan bo‘lsa, yangi 1,3 gektarlik avtoturargoh ham bu muammoni hal qila olmaydi, chunki muammo butunlay boshqa joyda.
Uchinchidan, hokimlik mashina egalariga yaxshilik qilmoqchi bo‘lsa, o‘sha atrofdagi ishlayotgan davlat xizmatchilarining mashinalariga joy topib bermoqchi bo‘lsa, ana, Qichqiriqda qilgan nau-xausini shu tashkilotlarning hovlilarida tatbiq etsin: har birining hovlisiga qavat-qavat avtomatik avtoturargohlar qurib bersin. Ana o‘sha g‘oyani auksionga chiqarib, xususiy sherik topib, muammoni shunday hal qilaversin. Lekin qishin-yozin xalqqa xizmat qilib turgan bir bo‘sh maydonga tegmasin. So‘ramasdan tegishga haqi ham yo‘q.
Bu hokimlikdagi qaror qabul qiluvchilarni hokimni xalq saylab qo‘yganida ham bir navi edi, “ha, endi, xalqning irodasi shu ekan”, deb qo‘ya qolsak. Lekin bunday ham emas. Qolaversa, Toshkent faqat haydovchilardan iborat emas. Shahar markazi ham mashinalarniki emas.

2
Saida Mirziyoyeva 2023-yili BMTning Suv resurslari bo‘yicha konferensiyasida nutq o‘qigan edi. 2026-yil iyunida esa Venada BMT komissiyasi sessiyasida odil sudlov, ayollar va bolalar himoyasi, jinoyatchilik profilaktikasi va yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha milliy hisobot taqdim etgan edi.
U endi, Gazeta’ning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasining 81-sessiyasi umumiy munozaralarida O‘zbekiston nomidan so‘zga chiqadi. Bungacha BMT Bosh assambleyasining Yuqori darajadagi haftaligida O‘zbekiston nomidan faqat yo prezident, yo tashqi ishlar vazirlarimiz chiqish qilgan edi.
Saida Mirziyoyeva ayni damda Nyu-Yorkda, kuni kecha BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish bilan ham uchrashgan. Ular uchrashuv vaqtida O‘zbekiston va tashkilot o‘rtasidagi birgalikda rivojlantirib kelinayotgan barcha muhim hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilingan.
“Xalqaro munosabatlar tizimi uchun murakkab bo‘lgan hozirgi davrda global miqyosda yetakchilik salohiyatini namoyon etayotgani hamda xavfsizlikning barcha asosiy jabhalarida mamlakatimizni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun janob Guterrishga samimiy minnatdorlik bildiraman”, — deya qo‘shimcha qilgan Saida Mirziyoyeva.

O‘zbekistonda oxirgi yillarda YouTube-loyihalar juda ko‘paydi, ayniqsa, biror podkast boshlayman, deb o‘sha podkastga nom o‘ylashni boshlashing bilan, qarasang, sen o‘ylagan nom bilan allaqachon bir emas, bir necha podkast yo‘lga qo‘yib bo‘lingan.
Ishqilib, loyihalar juda ko‘p. Yaxshi tomoni, faqat sonda emas, sifatda ham bo‘lyapti. Ko‘rmaysizmi, hatto besh kishi bir bo‘lib, binoyidek podkastlar, sayohatnomalar olishyapti — milliy yutubchiligimiz shu darajaga yetib keldi, ko‘z tegmasin (kamtarligim uchun uzr).
Qizig‘i, YouTube'ning O‘zbekiston segmentidagi bu o‘sish bir to‘siqqa qarshi o‘laroq yuz beryapti: O‘zbekiston uchun YouTube monetizatsiyani yo‘lga qo‘ymagan. Bir necha yil ilgari chet eldagi ko‘rishlar hisobidan pul ishlash mumkin edi, hozir shu ham yo‘q. Bo‘lsa edi, yutubchiligimiz yanada o‘sardi.
Saida Mirziyoyeva hozir Amerikada-ku. Shu safari davomida u YouTube'ning egasi hisoblangan Google kompaniyasi vakillari bilan, aniqrog‘i, uning vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashibdi. Xabar berishlaricha, uchrashuvning asosiy mavzusi O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish bo‘lgan.
Zora shu uchrashuvdan keyin YouTube O‘zbekiston bozoriga rostmana kirib kelsa, bizda foydalanilmayotgan, biz foydalana olmayotgan xilma-xil xizmatlarini ishga tushirsa — nafaqat yutubchiligimiz, balki bizda rivojlantirishni juda istashayotgan kreativ iqtisodiyot rivojiga ham ko‘p yaxshi ish bo‘lardi.

Telegram
Saida Mirziyoyeva
Google vitse-prezidenti Karan Bhatiya bilan uchrashuvda O‘zbekistonda YouTube monetizatsiyasini ishga tushirish masalasini muhokama qildik.
Biz so‘nggi yillarda shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash va raqamli to‘lovlar sohasidagi qonunchilikni takomillashtirdik.…

Bobur shoh va shoir bo‘lsa ham, lekin Andijonda Boburshoh degan ko‘cha yo‘q, Bobur degan shoh ko‘cha (ruschasiga – prospekt) bor. Ishonmasangiz, Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestriga qarang.
Xuddi shunday, o‘rni kelib qolganda aytib ketish kerak — Samarqandda ham Spitamenshoh ko‘chasi yo‘q (boz ustiga, Boburdan farqli o‘laroq, Spitamen shoh ham bo‘lmagan), Spitamen nomiga qo‘yilgan shoh ko‘cha bor (lekin davlat reyestrida u ham shoh emas, shunchaki oddiy ko‘cha ekan).
O‘zi shu “shoh ko‘cha” birikmasini qo‘shib, bitta so‘zga aylantirib, “shohko‘cha” deb yozishga o‘tish kerak. Ehtimol, shunda mamlakatning eng asosiy matbuot xizmati ham chalg‘imagan, qolganlarni ham chalg‘itmagan bo‘lardi.

Saida Mirziyoyeva BMT bosh minbarida o‘zbek tilida chiqish qilibdi (avvalgi safar shu minbarda ingliz tilida chiqish qilgandi). “O‘zbekiston qaysi tarafda, kim tomonda?”, degan savolga shunday javob beribdi: “Biz insoniyat tomonidamiz”.
Xalqaro huquq ustuvorligi masalasida ham yaxshi, qaysidir ma’noda, O‘zbekiston insoniyat tomonida ekanini tasdiqlovchi gap bo‘libdi. “Biz [O‘zbekiston] uchun xalqaro huquq manfaatga qarab o‘zgaradigan vosita emas, u barcha davlatlar uchun umumiy qoida. Qoida umumiy bo‘lmasa, adolat ham umumiy bo‘lmaydi”, – debdi Saida Mirziyoyeva.
So‘nggi besh-olti yilda aynan mana shunday umumiy, hamma tan olgan qoidalar asosan qudrat egalari tomonidan tinimsiz oyoqosti qilinavergani uchun dunyomiz ziddiyatlar tobora ortayotgan, o‘zaro ishonch esa yo‘qolib borayotgan makonga aylanib qoldi, insoniyatga qarshi jinoyatlar esa odatiy holga aylanib qoldi.
Saida Mirziyoyevaning BMT bosh minbaridagi chiqishi — O‘zbekistonning bugungi kundagi nuqtayi nazari — bilan to‘liq bu yerda tanishishingiz mumkin: https://youtu.be/GZzYK26pogk (audioyo‘lakdan o‘zbek tilini tanlab olish esdan chiqmasin).

YouTube
🇺🇿 Uzbekistan - Head of Administration Addresses United Nations General Debate, 81st Session | #UNGA
Saida Mirziyoyeva, Head of Administration of the President of the Republic of Uzbekistan, addresses the General Debate of the 81st Session of the General Assembly of the United Nations (New York, 22 - 26 and 28 September 2026).
World leaders will gather…
World leaders will gather…
Muhrim / Муҳрим
Toshkent shahar hokimligi Navoiy kutubxonasining orqa tarafidagi 1,3 gektarlik yer maydonida avtoturargoh qurish uchun o‘sha yerni 514 mln so‘m narx bilan auksionga chiqarayotgan ekan. Agar to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu so‘nggi yillarda eski Toshkentdagi bosh…
Milliy kutubxonaning orqasidagi sayilgohni avtoturargohga aylantirish bo‘yicha Toshkent hokimligining taklifi haqidagi xabarga berilgan xalq izohlarida, taxminan: “Avval bu joy avtoturargohga aylantiriladi, bir necha yil o‘tgach, yo biznes markazi, yo turar joy majmuasi qurishga berib yuboriladi”, degandek fikrga ko‘zim tushdi.
Davlatning xuddi shu tuzilmalari, hay, boshqa shaxslarning qo‘llari bilan bo‘lsa-da, xuddi shu tuzilmalari avval shunday ish qilgan, xalq buni ko‘rgan. Shuning uchun ham xalq bu davlat tuzilmalariga ishonmaydi, shuning uchun ham bu davlat tuzilmalarining xalq oldidagi hurmati ostonadan ham pastroqda. Shuning uchun ham davlat tuzilmalarining har qanday tashabbusiga yuqoridagi kabi shubha bilan, ishonchsizlik bilan qaraladi. Keyin o‘tiradi bular: “Bizning bu tashabbusimizni odamlar bunchalik salbiy kutib oladi, deb o‘ylamagandik”, deb.
Xalqning yillar davomida tinimsiz oyoqosti qilingan ishonchini qanday qilib sal bo‘lsa-da tiklash mumkin? Poytaxt hokimi oxirgi vaqtlarda juda ko‘p intervyu beryapti va shu intervyularining birida u: “Avtoturargohlar uchun ajratilgan yerlarga biznes markazlari qurib yuborilgan”, deb tan olgandi. Tan olingani yaxshi, endi o‘sha — davlatni ham, jamoatchilikni ham aldagan o‘sha quruvchilardan bu biznes obyektlari qaytarib olinib, boshida aytilganidek, avtoturargoh qilinsin. Hokimlik (umuman davlat) bitta bo‘lsa ham shunday ish qilsin axir.
Xalq ko‘rsin — davlatning kuchi faqat avtobus bekatida do‘kon qurgan yoki do‘konining peshlavhasini belgilangan talabdan jindek kattaroq yo boshqacharoq rangda qilib qo‘ygan kichik tadbirkorga emas, qonunni buzgan hammaga birdek yetishini; davlat shunday qudrati borligini, uni aldaganlarni mana shunday qimmat jazolay olishini ko‘rsatsin. Ko‘raylik.
Ana shunday xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi haminqadar tiklanar, ehtimol. Lekin yuqorida aytilgan ish hozir davlat (hokimlik)ning qo‘lidan kelmaydimi, u holda jamoat makonlariga va umuman shahardagi bo‘sh turgan biror joyga tegmagani ma’qul. Toshkentni tinch qo‘ysin hammasi. Nima yangilik qilmoqchi bo‘lsa, ana, Yangi Toshkentida qilaversin.

Men ANORBANK’ni kichikroq bir bank deb yurardim, lekin u yerdagi sur’at juda katta ekan-ku: odamlar uch kunda bu bankda 9 mingdan ortiq plastik karta ochibdi. Sur’atni tasavvur qilishingiz uchun — agar bank 24 soat davomida to‘xtovsiz ishlasa, bu uch sutka davomida har 28 soniyada bittadan plastik karta chiqarilgan, degani.
Surxondaryodagi “elektrichkalar” — 2026-yilda jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratgan mavzulardan biri. Surxondaryoning xalq tomonidan “bloger-hokim” deya ta’riflangan hokimi sharofati bilan. Yaxshi ma’noda uning sharofati bilan. Chunki bu vaziyatda u ham bir iste’molchi bo‘lsa kerak, axir temiryo‘l ham, uning vagonlari ham viloyat hokimliginiki emas, hammasi “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga tegishli. Hokim bor-yo‘g‘i xalqning bir dardini retranslyatsiya qilib berdi.
Shundan keyin ozmi-ko‘pmi biroz o‘zgarish bo‘lgan. Biroz. Ko‘p emas. Gazeta muxbiri Otabek Turdiyev shu haqda reportaj tayyorlabdi: https://www.gazeta.uz/oz/2026/09/24/termiz-sariosiyo/

Газета.uz
Termiz-Sariosiyo yo‘nalishidagi poyezdda harakatlanish nega qiyin? Gazeta reportaji
Yoz oxirlarida Termiz-Sariosiyo poyezdida odamlar o‘tirib ketishga joy topolmay, yo‘laklarda tik turib ketgani aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston temir yo‘llari bu poyezd 'jamoat transporti tamoyili asosida ishlashi'ni ta’kidladi. Gazeta muxbiri real vaziyatni…
Bu tomoshani boshqalar uyushtirgan bo‘lsa-da, negadir men g‘alati bo‘lyapman, hatto uyalyapman, shekilli.
Hay, bu odamning aybi yo‘qdir, lekin uni kim yomonotliq qildi, kim uning jinoyatchilikda gumon qilinayotgani haqida prezidentgacha gapirtirdi? Prezident O‘zbekistondagi har bir gumonlanuvchi haqida har kuni omma oldida gapiravermaydi-ku axir.
Bu odam beayb bo‘lsa, unda u kimning xatosi bilan bunday sazoyi qilindi, ishidan ayrildi, shuncha yil yiqqan obro‘si to‘kildi? Shuncha gap-so‘zdan keyin hech bir izohsiz bu odamni (yashirincha?) oqlab, yana hech bir izohsiz poytaxtdagi bir katta tumanning melisasiga boshliq qilib qo‘yaveradimi?
Hatto Eski O‘zbekistonda ham bunaqasi bo‘lmagan shekilli? “Bundan battari ham bo‘lgan”, desangiz — bunaqa bo‘lishining asli noto‘g‘ri-ku! Konstitutsiyasi yangilangan, o‘rni bo‘lsa-bo‘lmasa har jabhada o‘zini “Yangi” deb ta‘riflayveradigan O‘zbekistonga yarashadigan ishmi shu?
Tavba, tavba!