NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Rektorat xodimlariga odob-axloq qodeksi tanishtirildi

⚡️Yigʻilishda rektor maslahatchisi B. Abdullayev va birinchi prorektor X.Qurbonov tomonidan ishchi xodimlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy va hamjihatlik muhitini yaxshilash, oʻzaro hurmat va xushmuomilalik bilan ishlarni olib borish boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, kodeksda keltirilgan har bir band boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#foydali

10-DARS:
@eduuz tavsiya etadi

Obunachilarimiz taklifiga binoan, “Ibrat farzandlari” loyihasining Youtube platformasidagi bepul darslarini kichraytirilgan hajmda kanalimizda berib bormoqdamiz.

Chekka hududlarda ham chet tillarini o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun Ingliz, Nemis, Turk va Rus tillari bo‘yicha O‘NINCHI darslar ilova qilinmoqda (video).

Shuningdek, ushbu darslarni Youtube platformasi orqali sifatli formatda ham ko‘rishingiz mumkin:

👉 Ingliz tili; 👉 Nemis tili;

👉 Turk tili; 👉 Rus tili.

Foydali bot:👉@eduuzuniversalbot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
BUYUK MUTAFAKKIRGA EHTIROM

Bugun buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi munosabati bilan viloyat markazidagi madaniyat va istirohat bog‘ida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab viloyat hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullar, ijodkor va ziyolilar, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari va talabalari, keng jamoatchilik vakillari tomonidan Hazrat haykali poyiga gul qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.

Shundan so‘ng olimlar, taniqli ijodkorlar ulug‘ bobokalonimizning boy ma’naviy merosi, umuminsoniy g‘oyalari haqida ma’ruzalar qildilar.

Buyuk shoir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar “Farhod” madaniyat saroyida davom etdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan “Saylov shtabi” davra suhbati tashkil etildi.

🎞Batafsil "Diyor 24" lavhasida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy