NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
🔰Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

✔️Jamoalar 3 ta shart: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha o'zaro bellashdilar.

➡️Yakuniy natijalarga ko'ra NavDKTU jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🔰O’zbekiston “Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi tomonidan Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari bilan “Saylov shtabi” davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston “Adolat” SDP Navoiy viloyat Kengashi raisi R.Xayitov, “Yoshlar qanoti” a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda partiyaning viloyat Kengashi raisi R.Xayitov saylovning o’tkazilish bosqichlari bo’yicha tushuncha berib o’tdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zilzila vaqtida nima qilish kerak?

Video yo‘riqnomani ko‘ring va yaqinlarga ulashing!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishda berilgan vazifalar Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasiga yetkazildi.

🔰NavDPI rektori Bahodir Sobirov, rektor maslahatchisi, prorektorlar, profilaktika inspektorlari, boʻlim boshliqlari, fakultetlar dekanlari, dekan oʻrinbosarlari va tyutorlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda oldimizda turgan maqsad va vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilishda fakultet dekanlarining takliflari eshitildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞Mir Alisher Navoiy tavalludining 582-yilligi munosabati bilan o'tkazilgan konferensiya "O'zbekiston 24" axborot dasturlarida efirga uzatildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy