NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Таълим_кредитлари

Бу йил талаба бўлдингиз-у, лекин тўплаган балингиз тўлов-шартнома асосида ўқишга етди. Энди контракт тўловини қандай тўлайман, деб ўйланяпсизми?

Сизга давлат таълим кредитлари ёрдамга келади. Таълим кредитини кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклларида ўқийдиган бакалавр ва магистр талабалари олишлари мумкин.

Бу ҳақда батафсил 👉 видеода

YUKSALISH HARAKATI
👍1
IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM BO‘YICHA SUHBAT SINOVLARI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha 8 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar bilan suhbat bo‘lib o‘tmoqda.

🔰NavDPI oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat“ tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov hamda qabul komissiyasi masʼul kotibi A.Norbekovlar tomonidan hujjatlarni Yagona ta’lim xizmatlari portali my.edu.uz platformasi orqali rasmiylashtirish jarayoni, to’lov-shartnomalarni o‘z muddatida to‘lash tartibi hamda institut faoliyati xususida batafsil tushuntirishlar berildi.

🖇NavDPIga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha jami 459 ta ariza kelib tushgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha taqdimot bo‘lib o‘tdi

2023/2024-o‘quv yilida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimotda NavDPI birinchi prorektori X.Qurbonov talabalar turar joyining tayyorgarligi, yaratilgan sharoitlar, turar joylarni taqsimlash mexanizmi, ijara xonadonlari va ularning manzillari, onlayn band qilish tartiblari to‘g‘risida axborot berdi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlash masalasi institut rahbariyatining muntazam nazoratida va bu ishlar yana jadallik bilan davom ettiriladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Channel photo updated
TALABALAR TURAR JOYIGA KIMLAR JOYLASHTIRILADI❓

Talabalarni turar joylari (yotoqxona)ga joylashtirishda mavjud o‘rinlardan ehtiyoj va talab yuqori bo‘lgan holatlarda quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘ladi:

👉Chin yetim talaba-o‘quvchilar (kursidan qatʼiy nazar);
👉Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
👉Nogironligi mavjud talabalar (kursidan qatʼiy nazar);
👉Ijtimoiy himoyaga muhtoj, moddiy ahvoli og’ir talabalar (“temir daftar“, “yoshlar daftari“, “аyollar daftarida“ ro‘yxatda turuvchi oila farzandlari);
👉Bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi taʼlim shaklida ikki yoki undan ortiq to’lov-shartnoma asosida o’qiyotgan oilalar farzandlari;
👉Fan olimpiadalarida g’oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
👉“Yil talabasi“ va “Talabalar teatr studiyalari“ ko‘rik-tanlovlarining Respublika bosqichi g’olibi bo‘lgan talabalar;
👉“Zakovat“ intellektual o‘yinining Respublika bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritganlar;
👉Xorijdan kelib tahsil olayotgan talabalar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
NDU - Navoiy davlat universiteti
TALABALAR TURAR JOYIGA KIMLAR JOYLASHTIRILADI❓ Talabalarni turar joylari (yotoqxona)ga joylashtirishda mavjud o‘rinlardan ehtiyoj va talab yuqori bo‘lgan holatlarda quyidagi mezonlar ketma-ketligi asosida ustunlikka ega bo‘ladi: 👉Chin yetim talaba-o‘quvchilar…
#davomi

✅2-3-bosqich talabalari uchun kerak bo‘ladi: fakultet dekani nomiga ariza, pasport nusxasi (1 dona) va yuqoridagi ro’yxat (shulardan bittasi) bo‘yicha mahalla yoki Davlat xizmatlari markazlaridan maʼlumotnoma.

✅1-kurs talabalari esa Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
NAVDPI YANGI O‘QUV YILIGA TAYYOR

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni kutib olishga tayyor. 2023/2024-o‘quv yilini yuqori kayfiyatda, munosib kutib olish maqsadida barcha o‘quv binolari, o‘quv xonalari, laboratoriyalar, axborot-resurs markazi, sport maydonlari, talabalar turar joylari va boshqalar shay holatga keltirildi.

✅Institutda 11 ta (o‘zbek tili va adabiyoti, tarix, maktabgacha va boshlang’ich, san’atshunoslik, fizika-texnologiyalar, matematika-informatika, rus va qozoq filologiyasi, ingliz tili va adabiyoti, jismoniy madaniyat, tibbiyot, tabiiy fanlar) fakultetda 600 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib, o‘tgan 2022/2023-o‘quv yilida 21 ming 272 talabaga saboq berishdi.

2022/2023-o‘quv yilida institutni 4 ming 308 nafar talaba tamomladi. Shundan 3 ming 890 nafari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari bo‘lsa, 418 nafarini magistrlar tashkil qiladi.

🖇Ma’lumot uchun, NavDPIda birinchi kursga 2 ming 937 nafar talaba qabul qilindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2❤1