NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
TEXNIKUMLАRNI MUVАFFАQIYATLI TАMOMLАGАN BITIRUVCHILАR SUHBАT АSOSIDА OLIY TА’LIMGА QАBUL QILINADI

🔰Bugun, 18-avgust sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga suhbat asosida oʼqishga qabul qilish jarayoni bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida imtihon jarayonida turli xil korrupsiyon holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida komissiya a’zolari bilan institut prorektori G’.Yodgorov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov yig’ilish o‘tkazdilar.

Institutda pediatriya va davolash ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha jami 19 nafar nomzod hujjat topshirgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#natijalar

⚡️Texnikumlаrni muvаffаqiyatli tаmomlаgаn bitiruvchilаrni suhbаt аsosidа oliy tа’limgа oʼqishgа qаbul qilish bo‘yicha imtihon natijalari e’lon qilindi.

IZOH: Komissiya tomonidan tasdiqlangan “yakuniy natijalarni qayd etish“ varag‘iga asosan Suhbat komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha 67 ball va undan yuqori bo‘lganda abituriyent suhbatdan o‘tgan hisoblanadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVDPIDA TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI FAOLIYAT BOSHLADI

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talabalarni 2023/2024-o‘quv yilida talabalar turar joyi va ijara xonadonlariga joylashlashtirishga ko‘maklashuvchi “ma’lumotlar markazi“ o‘z faoliyatini boshladi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👏1
#Qabul_2023

⚡️IKKINCHI VA UNDAN KEYINGI OLIY TA’LIM UCHUN KIRISH SINOVLARI KUNI MA'LUM BO‘LDI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari 22-23 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Imtihonlar 22-avgust soat 9:00da boshlangʻich taʼlim; 15:00da biologiya, jismoniy madaniyat, maktabgacha ta’lim, milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi, tarix hamda texnologik taʼlim yo‘nalishlarida bo‘lib o‘tadi.

23-avgust sanasi soat 9:00 va 15:00da matematika va informatika ta’lim yo‘nalishlarida davom etadi.

🖇Ma’lumot uchun, NavDPIda ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha jami 459 ta ariza kelib tushgan.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#so‘ragan_edingiz

SAVOL: Ikkinchi mutaxassislikka topshirganlar o‘zlari bilan qanday hujjat olib borishlari kerak? Imtihon qayerda bo‘ladi❓

✅ JAVOB: Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan talabgorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, ID) bilan, ma’lum qilingan imtihon kuni Navoiy shahri Ibn Sino ko‘chasi 45-uy (institut bosh binosi)ga kelishlari so‘raladi.

📍Imtihon o‘tkaziladigan joy lokatsiyasi

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Imtiyoz

⚡Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

👉@eduuz
👍1
Forwarded from Edu.uz
#Apellatsiya

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar onlayn qabul qilinadi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

📌 Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍2