NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Sport

⚡️18-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika institutida “Intellektual olimpiada“ doirasida Shaxmat sport turinining 2-bosqich o‘yinlariga start berildi.

Musobaqa natijalari quyidagicha:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 4-kurs talabasi Q.Toshmurodov;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti (kechki) 3-kurs talabasi A.G'aybullayev;
3-o‘rin Tabiiy fanlar fakulteti 3-kurs talabasi E.Eshonqulov.

Qiz bolalar:
1-o‘rin Matematika-informatika fakulteti 1-kurs talabasi M.Choriqulova;
2-o‘rin Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi O‘.Norqulova;
3-o‘rin San'atshunoslik fakulteti 2-kurs talabasi S.Sirojiddinova.

Birinchi oʻrinni olgan talabalar viloyat bosqichiga chiqishdi.

👏Keyingi bosqichda ham sportchilarimizga omad yor boʻlsin.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Magistrantimiz OAV nigohida

🎞Koʻrsatuv qahramoni — 6 yil avval Navoiy davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirgan Davronbek Qurbonov, bakalavr bosqichida Navoiy nomidagi Davlat stipendiyasi sohibiga aylandi. Ilm olishga boʻlgan muhabbati uni magistratura sari yetakladi.

Hozirda Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetining 2-bosqich magistranti boʻlaroq, Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasida oʻz faoliyatini olib bormoqda. Shu bilan birga fakultet koordinatori sifatida ham talabalarning oʻz salohiyatlarini namoyish etishlariga hissa qoʻshib kelyapti.
#Navoiy_MTRK

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

🎞“Assalom, Yangi Kun!”| 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan dasturda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dekan o‘rinbosari Qilich Bozorov Davlat tilini rivojlantirish borasida olib borilayotgan isloholar haqida fikrlarini bildirdi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
📣🗣 “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” koʻkrak nishonining 2023-yilgi gʻoliblari e’lon qilindi

Respublika miqyosida 504 ta loyihalar ko‘rib chiqilgan bo‘lib, yakunda Respublika Komissiyasi aʼzolari tomonidan har bir hududdan eng munosib 14 nafar nomzodlar “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni g’olibi deb topildi.

Quvonarlisi, shu 14 nafar sovrindorlar qatorida NavDPI Fizika-texnologiya fakulteti dotsenti Gulhayo Sayfullayeva ham bo‘lib, “Innovatsion gʻoyalar yetakchisi” koʻkrak nishoni sohibasi bo‘ldi.

Bundan oldin ushbu mukofot bilan Fizika-texnologiya fakulteti professori Dilnavoz Kamalova hamda Tabiiy fanlar fakulteti talabasi Nargiza Shonazarovalar taqdirlangan edi.

Bizni kuzatishda davom eting

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

“InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion g‘oyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanida bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi tadbirlarda ham tashkilot va idoralar vakillari qatorida NavDPI professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda.

Jarayonlar davom etyapti

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#chellenj

21-oktabr — Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

Shu munosabat bilan Navoiy davlat pedogogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari tomonidan “Tariximsan, taqdirimsan, kelajagimsan, Ona tilim” shiori ostida tayyorlangan she’riy chellenj

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#InnoWeek_2023

⚡️Xabar berganimizdek, bugun “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi tadbirda ham NavDPI professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘zlarining ixtirolari, innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari va mahsulotlari bilan ishtriok etib, bir qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Xushxabar

VOLEYBOL BO‘YICHA BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN HUDUDIY MUSOBAQADA NAVDPI TERMA JAMOASI G’OLIB BO‘LDI

🏐Bugun,19-oktyabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari (oʻgʻil va qiz bolalar) o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiada”si doirasida “Voleybol” sport turidan viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqada jamoalar quyidagicha o‘rinlarni egalladi:

O‘g’il bolalar:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU;
3-o‘rin NavIU

Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU.

Jamoa a’zolariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi

👏Ushbu g’alaba bilan talabalarimizni tabriklaymiz!
Keyingi, Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1