NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#InnoWeek_2023

⚡️Joriy yil 16-20-oktabr kunlari Navoiy viloyatida eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” hududiy innovatsion g’oyalar haftaligi start oladi

2023-yil 17-oktyabr kuni soat 9:00 da Navoiy shahar Yoshlar markazida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi‘ shiori ostida InnoWeek.Uz-2023 hududiy innovatsion g‘oyalar haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Haftalik doirasida viloyat hududidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari, professional ta'lim muassasalari, yosh ixtirochilar va tadbirkorlar o‘zlarining innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari hamda mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Ko’rgazmada o’z ixtirolari bilan barcha startaplar asoschilari, ixtirochi va innovatsion g’oyaga ega yoshlar ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirok eting va aynan sizning ixtiroyingiz eng yaxshi bo‘lishga loyiq ekanligini isbotlang
.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

📹“InnoWeek-2023”: Navoiy shahrida ham innovatsion gʻoyalar haftaligining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
———

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#InnoWeek_2023

⚡️“InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligida Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etmoqda.

Xususan, talaba Sanobar Abdisalomovaning loyihasi istiqbolli deb baholanib, Navoiy shahar hokimi tomonidan loyihani amalga oshirish uchun 30 sotix yer ajratildi.

🎞Tafsilotlar “Diyor 24“ axborot dasturida
@Navoiy_MTRK

👀Bizni kuzatishda davom eting

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#InnoWeek_2023
#Navoiy

“Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining ikkinchi kuni Qiziltepa tumanida davom etmoqda.

Viloyatda amalga oshirilayotgan “start-up“ loyihalar, innovatsion va investitsion loyihalar ko‘rgazmasida NavDPI jamoasi ham o‘z ishlanmalari bilan faol qatnashmoqda.

Jarayonlar davom etyapti

———

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#InnoWeek_2023

⚡️Xabar berganimizdek, bugun “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi tadbirda ham NavDPI professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘zlarining ixtirolari, innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari va mahsulotlari bilan ishtriok etib, bir qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#InnoWeek_2023

“KREATIV TA’LIM” KUNI DOIRASIDA 100 GA YAQIN LOYIHALAR NAMOYISH ETILDI

⚡️Navoiy viloyatida to‘rt kun davom etgan “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi bugun NavDKTUda yakunlandi. Bu yilgi haftalik “Yoshlar”, “Startaplar”, “Ilm-fan va tijoratlashtirish” va “Kreativ ta’lim” yo‘nalishlarida tashkil qilindi.

Unda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyat bo‘limi, NavDPI, NavDKTU hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti vakillari qatnashib, olimlar, talabalar va tadqiqotchilarning kreativ g‘oyalari, startaplari va innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
#InnoWeek_2023

HAFTALIK DOIRASIDA ISHTIROKCHILAR TAQDIRLANDI

“InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligining “Kreativ ta’lim” kuni loyihasi doirasida bir guruh Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va faol talaba-yoshlarga sertifikat, tashakkurnoma hamda “Kelajak umidi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Mukofotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, NavDPI va NavDKTU, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyat bo‘limi vakillari tomonidan taqdim qilindi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube