NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Ассалом, янги кун!».НДПИ доценти Назокат Муҳаммедова дастур меҳмони.
@Navoiy_trk
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha Toshkentda O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida tajriba almashish bo‘yicha forum bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlatni rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotning ko‘plab yo‘nalishlari yuzasidan qiziqarli muhokamalarga boy bo‘ldi.

Forum O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashiga ishonaman.

-

Вчера в Ташкенте состоялся форум по обмену опытом между Узбекистаном и Объединёнными Арабскими Эмиратами. Были интересные дискуссии по многим направлениям государственного и социального развития.

Уверена, что форум ещё более укрепит взаимовыгодное сотрудничество между Узбекистаном и ОАЭ.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Навоий вилояти телерадиокомпаниясида «Келажак ёшлари» телелойиҳаси:
«Олий таълимда бир кун».

@Navoiy_trk
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Диёр 24". НДПИда маънавий-маърифий тадбир ташкил этилди.
@Navoiy_trk
Ўзбекистон Токиода бўлиб ўтаётган «JATA Tourism Expo Japan 2024» халқаро сайёҳлик кўргазмасида иштирок этмоқда

Жорий йилнинг 26-29 сентябрь кунлари Токио шаҳрида «JATA Tourism Expo Japan» халқаро сайёҳлик кўргазмаси бўлиб ўтмоқда. Унда Ўзбекистон Туризм қўмитаси миллий стенд билан иштирок этмоқда.

Кўргазма доирасидаги тадбирларда Туризм қўмитаси раиси Умид Шадиев қатор В2В ва G2B учрашувларда Япониянинг Туризм агентлиги раиси Хараикава Наоя, Сайёҳлик агентликлари ассоциацияси (JATA) директорлар кенгаши раиси Ҳироюки Такаҳаши,
Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги (JICA) Иқтисодий ривожланиш департаменти бош директори Джун Саотоме ва бошқалар билан музокаралар олиб борди.

Музокаралар давомида икки томонлама ҳамкорликни янада фаоллаштириш, жумладан, Ўзбекистонга туризм бўйича экспертлар ва маслаҳатчиларни жалб қилиш, япон гид ва таржимонларни тайёрлашга кўмаклашиш, кадрларни касбий қайта тайёрлаш, мамлакатимизни чет элда танитиш мақсадида пресс-турлар, семинарлар, тақдимотлар, кўргазмалар ва бошқа тадбирларни ўтказиш режалаштирилди.

Шунингдек, Ўзбекистонда инфратузилма лойиҳаларини амалга оширишда кўмаклашиш ва бошқа масалалар муҳокама қилинди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV

🎞Talabalar turar joylari va ijara xonadonlariga joylashtirish uchun yordam koʻrsatish markazi faoliyati — “Madaniyat va ma’rifat” telekanali nigohida.
Forwarded from Daryo — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ziroat Mirziyoyeva "Mehrli maktab" gospital maktabi filialida bo‘ldi

Maktabga tashrif chog‘ida "Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi pedagoglarni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabriklab, o‘z olijanob vazifasiga ko‘rsatayotgan mehri uchun ularga chuqur ehtirom va minnatdorlik bildirdi.

@daryo_live
"Сиз бўлажак қаҳрамонларни тарбиялайсиз" - Саида Мирзиёева ўқитувчи ва мураббийларни байрам билан табриклади

"Болаларимизга илҳом бахш этиш, уларни тўғри йўлга бошлаб, билим чўққиларига етаклаш маҳорати учун Сиздан миннатдорман. Байрамингиз муборак бўлсин!" - дейди президент ёрдамчиси.

👉 https://kun.uz/kr/03332717

Kun.uz расмий канали
Forwarded from Daryo — LIVE
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlab, bilim choʻqqilariga yetaklash mahorati uchun Sizdan minnatdorman” – Saida Mirziyoyeva

“Bugun oʻzgacha kun. Men har safar shu kuni hayajon va samimiyat bilan Sizga minnatdorligimni izhor etaman.

Siz boʻlajak qahramonlarni tarbiyalaysiz. Aynan Siz sababli ijodkor, orzulari katta, har qanday toʻsiqlarni yengishga qodir jamiyat shakllanadi. Mamlakat kelajagining asosi boʻlmish bilimli, aqlli, isteʼdodli oʻgʻil-qizlar, Vatanni sevadigan, jahonni zabt etishga tayyor yoshlar – Sizning zahmatli faoliyatingiz samarasi.

Ishontirib aytamanki, mehnatingizni yengillatish, turmushingizni yanada farovon qilish hamda oʻqituvchi obroʻ-nufuzini eng yuksak maqomga olib chiqish yoʻlida qoʻlimizdan kelgan hamma ishni qilmoqdamiz. Siz shunga munosibsiz!

Teran zakovatingiz, cheksiz mehringiz dunyoni yaxshi tarafga oʻzgartirishda davom etsin. Bolalarimizga ilhom baxsh etish, ularni toʻgʻri yoʻlga boshlab, bilim choʻqqilariga yetaklash mahorati uchun Sizdan minnatdorman.

Bayramingiz muborak boʻlsin!”, – deb yozadi Prezident yordamchisi.


@daryo_live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videolavha

📌 Navoiy shahridagi “Tinchlik” bazmgohida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

P/S: NavDPI matbuot xizmatining xabar berishicha, oliygoh rektori Muxiddin Kalonov tomonidan professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlarga bayram munosabati bilan 1 (bir) million so‘mdan bayram pullari to‘lab berilibdi.

Respect sizga Muxiddin Baxritdinovich!

👉 Batafsil saytda

Kanalga obuna bo’ling⤵️
https://t.me/OTM_Minbari
👍2
🪶#USTOZLARGA_EHTIROM

💸“1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Navoiy shahridagi “Tinchlik” to‘ylar maskanida Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari uchun tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

💎Bayram tadbirida oliygohning 600 dan ziyod professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari, shu bilan birga faxriy mehmonlar, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

💎Tadbirni institut rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berdi va bayram bilan soha vakillarini muborakbod etdi. Shuningdek, “NKMK” boshqaruv  raisi, “O‘zbekiston qahramoni”, senator Quvondiq Sanaqulov  barcha o‘qituvchilarni bayram bilan tabriklab, institutning kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladi.

💎Tadbir dasturi doirasida oliygohda taʼlim samaradorligini oshirish, yoshlarga taʼlim-tarbiya va zamonaviy fan sohalarini egallashda oʻz xizmatini ayamagan, institut ravnaqi yo‘lida oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan professor-oʻqituvchilar e’tirof etildi.

🎼Bayram xalqimiz e’zozidagi san’atkorlarning kuy-qo‘shiq va navolari hamda so‘z ustalarining chiqishlari hamohangligida olib borildi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


📝📝📝

🪶#УСТОЗЛАРГА_ЭҲТИРОМ

💸“1 октябрь — Ўқитувчи ва мураббийлар куни” байрами муносабати билан Навоий шаҳридаги “Тинчлик” тўйлар масканида Навоий давлат педагогика институти профессор-ўқитувчилари учун тантанали байрам тадбири ташкил этилди.

💎Байрам тадбирида олийгоҳнинг 600 дан зиёд профессор-ўқитувчилари, ишчи ходимлари, шу билан бирга фахрий меҳмонлар, ташкилот ва муассасалар раҳбарлари иштирок этди.

💎Тадбирни институт ректори, профессор Мухиддин Калонов очиб берди ва байрам билан соҳа вакилларини муборакбод этди. Шунингдек, “НКМК” бошқарув  раиси, “Ўзбекистон қаҳрамони”, сенатор Қувондиқ Санақулов  барча ўқитувчиларни байрам билан табриклаб, институтнинг келгуси фаолиятига зафарлар тилади.

💎Тадбир дастури доирасида олийгоҳда таълим самарадорлигини ошириш, ёшларга таълим-тарбия ва замонавий фан соҳаларини эгаллашда ўз хизматини аямаган, институт равнақи йўлида ўз ҳиссасини қўшиб келаётган профессор-ўқитувчилар эътироф этилди.

🎼Байрам халқимиз эъзозидаги санъаткорларнинг куй-қўшиқ ва наволари ҳамда сўз усталарининг чиқишлари ҳамоҳанглигида олиб борилди.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM