NDU_NSU_NGU
386 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.02K links
Download Telegram
“Talabalar bahori – 2025” yakuniy gala-konserti — unutilmas oqshom!


🏆 Navoiy shahridagi madaniyat va istirohat bog‘ida Navoiy davlat universiteti talabalari uchun katta tantana – “Talabalar bahori – 2025” loyihasining yakuniy gala-konserti bo‘lib o‘tdi.

🔹 Tadbirda 5000 nafardan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi. Konsert dasturida talabalarning ijodiy chiqishlari, turli ko‘ngilochar sahna ko‘rinishlari, musiqali perfomanslar, jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar va raqslar namoyish etildi.

🔸 Shuningdek, mazkur loyiha doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalari, fan olimpiadalari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol qatnashgan talabalarga universitet rektori, professor Muxiddin Kalonov tomonidan esdalik sovg’alari va pul mukofotlari topshirildi.

🔥Tadbirda ishtirok etgan san’atkorlar va iqtidorli talabalari ijrosidagi kuy va qo‘shiqlar esa bayramona muhitni yanada boyitdi.
“Талабалар баҳори – 2025” якуний гала-концерти — унутилмас оқшом!

Навоий шаҳридаги маданият ва истироҳат боғида Навоий давлат университети талабалари учун катта тантана – “Талабалар баҳори – 2025” лойиҳасининг якуний гала-концерти бўлиб ўтди.

Тадбирда 5000 нафардан ортиқ талаба-ёшлар иштирок этди. Концерт дастурида талабаларнинг ижодий чиқишлари, турли кўнгилочар саҳна кўринишлари, мусиқали перфоманслар, жонли ижродаги куй-қўшиқлар ва рақслар намойиш этилди.

Шунингдек, мазкур лойиҳа доирасида ўтказилган спорт мусобақалари, фан олимпиадалари ва маънавий-маърифий тадбирларда фаол қатнашган талабаларга университет ректори, профессор Мухиддин Калонов томонидан эсдалик совғалари ва пул мукофотлари топширилди.

Telegram I Facebook I YouTube I Live