NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim

Oʻzbek xalqining azaliy va ezgu qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish va yangilanishni toʻla namoyon qilib kelgan Navroʻzi olam xalq bayramiga aylanmoqda.

Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Magistratura boʻlimi tomonidan “Har kuning Navroʻz boʻlsin, jonajon Oʻzbekistonim” degan bosh gʻoya asosida “Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” nomli bayram sayli tashkil etildi.

Unda professor-oʻqituvchilar, magistrant va talabalar tomonidan qoʻl mehnati mahsuli boʻlmish ajoyib sanʼat namunalari koʻrgazmasi, bayram dasturxonlari bahoriy taomlar, pazandalar tortiq qilgan pishiriq va shirinliklar, sport oʻyinlari, kitob savdosi, zakovat oʻyinlari namoyish etildi. San'atshunoslik fakultetining badiiy jamoasi tomonidan ulanu-laparlar, milliy kuy-qoʻshiqlar va raqslar ijro etildi. Doshqozonlarda osh damlanib, sumalak solindi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Fotoreportaj

📸“Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” bayram tadbiri jarayonlardan #fotolavha

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Fotoreportaj

📸“Asriy qadriyatlar beshigisan, Navroʻz” bayram tadbiri jarayonlardan #fotolavha

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy