NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
🇺🇿🇫🇮 Navoiy davlat pedagogika instituti O'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i Finlandiyada malaka oshirmoqda

📋Ayni kunlarda pedagog kadrlar tayyorlovchi 10 ta oliy ta’lim muassasasining 25 nafar rahbar xodimlari va professor-o'qituvchilari "Finlandiya ta'lim tizimini o'rganishning o'ziga xos jihatlari" mavzusidagi malaka oshirish kursida qatnashmoqda.

Quvonarlisi, ular orasida Navoiy davlat pedagogika institutining o'quv-uslubiy boshqarma boshlig'i Hamza Shodiyev ham bor.

Dasturga muvofiq, ishtirokchilar kurs davomida Finlandiya universitetlari va maktablari, kutubxonalarga tashrif buyurib, ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini tashkil etish, o'quv me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish kabi yo'nalishlarda tajribalarini orttirishi rejalashtirilgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar olis hududlardagi yoshlarga yetkazildi

🔰Yoshlarning siyosiy, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni siyosiy jarayonlarga faol jalb qilish, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti 3-bosqich talabasi, yosh tadbirkor Fariza Amonboyeva Nurota tumanining olis Chuqurquduq qishlog‘ida bitiruvchi sinf oʻquvchilari bilan uchrashdi. Maktab bitiruvchilarini kasbga yoʻnaltirish boʻyicha oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashdi.

30-aprelda boʻlib oʻtadigan referendum va qabul qilinadigan Konstitutsiyaning asosiy norma va prinsiplari boʻyicha batafsil toʻxtalib, tushuntirishlar berildi.

🔥Gulxan atrofida badiiy kecha ham tashkillashtirildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#referendum #o'zmaqsadlaringnibil

⚡️"Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki — Konstitutsiya o‘zimizniki" shiori ostidagi targ‘ibot tadbirlari Fizika-texnologiya hamda Matematika-informatika fakultetlarida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Asosiy qonunimiz mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuq va marralarimizning huquqiy poydevori ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda ishtirok etgan talaba-yoshlar umumxalq Referendumida faol ishtirok etishlarini bildirishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#dayjest

🔰O'zbekiston Хalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazildi:

🔹O'zbek tili va adabiyoti fakultetida "Yurakka ko'milar asl shoirlar" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Unda fakultet professor-o'qituvchilari shoirning hayoti va ijodi haqida ilmiy mulohazalari bilan qatnashdilar. Ushbu tadbir talaba-yoshlarning shoir she'rlari asosidagi mushoira kechasiga ulanib ketdi.

🔸3-sonli TTJda “Qoʻshiq boʻlib qaytaman” nomli maʼnaviy- maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Talabalar tomonidan badiiy va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.

🔹Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakultetida "Shoirni xotirlab..." nomli adabiy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Iqtidorli talabalar tomonidan shoir qalamiga mansub she'rlar ifodali ijro etilib, shoir hayoti va ijodi haqida videolavha namoyish etildi.

🔸Matematika-informatika fakultetida shoir tavalludi munosabati bilan davra suhbati o’tkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy