NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
“Yangi loyiha koordinatori” bo'yicha yetakchi-qizlar saylandi

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutining Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova va Kengash aʼzolari, institut psixologi, fakultet tyutorlari hamda tashabbuskor talaba-qizlar ishtirokida “Yangi loyiha koordinatori” mavzuida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbatda yetakchi-qizlar loyiha taqdimotlarini targʻib qildilar. Rus va qozoq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Surayyo Usmonova “Yetakchi talaba-qizlar” sardori etib saylandi.

Tadbir davomida takliflar va mulohazalar tinglandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohi

🎞Maxsus reportaj | Oliy taʼlimda xalqaro hamkorlik: Navoiy davlat pedagogika institutiga Qozon federal universiteti vakillari tashrif buyurib, hamkorlik memorandumi imzolandi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Весёлые филологи

🔰Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari Oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 1-bosqich talabaridan tashkil topgan 4ta jamoa ishtirokida “Amaliy rus tili” fanidan “Весёлые филологи” nomli viktorina tashkil qildilar.

✔️Ushbu tadbirda rus xalqining tili, madaniyati va boy adabiyoti to'laqonli ravishda sahnaviy ko'rinishlar, jozibali raqslar va xalq qo'shiqlari ijrosi orqali ifoda etildi. Tadbir institut birinchi prorektori X.Qurbonovning kirish so'zi bilan boshlandi.

Tadbirni tayyorlashda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti o'qituvchilari: Nigina Hakimova, Guzalya Fefelova va kafedraning xizmatlari alohida e'tirof etildi.

Tadbir so'nggida faol talabalar munosib taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
O'zbekiston va jahon hamjamiyati mavzuida ochiq dars

⚡️NavDPI Tarix kafedrasi o'qituvchisi Mirsaid Jalilov San'atshunoslik fakulteti 1-V guruh talabalari bilan O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan "O'zbekiston va jahon hamjamiyati" mavzuida na'munaviy ochiq dars tashkil etdi.

Ochiq darsda faol ishtirok etgan talabalar institut ma'muriyati tomonidan diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

👉https://t.me/NavDPI_edu_uz
“Ilhom” mukofoti: institut gʻoliblari aniqlandi

🔰“Ilhom” mukofoti shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini oʻrganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar oʻtkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.

Kuni kecha Navoiy davlat pedagogika institutida "Ilhom" mukofoti institut bosqichi boʻlib oʻtdi.

🥇1-o‘rinni O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Umida Rahmonova, 🥈2- oʻrinni Rus va qozoq filologiyasi fakulteti talabasi Surayyo Usmonova va 🥉3-oʻrinni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Goʻzal Sharipova
egallab, keyingi Respublika bosqichiga yoʻl olishdi.

Respublika bosqichida talabalarimizga omad tilaymiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy