NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
⚡️Yoshlar muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda

🔰Joriy yilning 11-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovga Navoiy shahri, Xatirchi va Qiziltepa tumanlarida istiqomat qiluvchi jami 37 nafar vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan.

Mazkur yoshlar bilan rektor uchrashuvlari tashkil etilib, ular tomonidan aytilgan muammolarni ijobiy hal etish bo‘yicha mavjud reja asosida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

©️NavDPI Axborot xizmati
NavDPIda amaliy seminar tashkil etildi

🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-mayda qabul qilingan PQ-5132-son Qaroriga asosan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirishni faqat “edo.ijro.uz” modulida amalga oshirish tavsiya etilgan.

🏧Shu munosabat bilan O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i H.Shodiyev tashabbusi bilan “Unicon soft” MCHJ Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda institutda “edo.ijro.uz” modulidan foydalanuvchilar uchun ijroni nazorat qilish, nazorat kartotekalarini yuritish va hisobotlarni shakllantirish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi. Unda “Unicon soft” MCHJ Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi ofis menejeri S.Naimov “edo.ijro.uz” tizimidan foydalanish bo‘yicha xodimlar tomonidan berilgan savollarga javob berdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
BIZ YOSHLAR YOD G'OYALARGA QARSHIMIZ!

#NavDPI Matematika-informatika fakultetining kechki ta'lim talabalari bilan "Ekstremestik oqimlar, missionerlik bilan bog'liq yot g'oyalardan asrash, shuningdek, ijtimoiy ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish hamda ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish" bo'yicha davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda rektor maslahatchisi B. Abdullayev so'zga chiqib, talabalar o'rtasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish, go'yaviy bo'shliqni oldini olish, kiberjinoyatchilik, korrupsiyaga qarshi kurashish va giyohvandlikni oldini olish kabi jinoyatlar haqida batafsil tushunchalar berdi.

Tadbirda xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N. Tursunova, institut ma'naviyat-ma'rifat bo'limi boshlig'i B.Toshmamatov, psixolog D.Abduraimova, profilaktika inspektori N.Hayitov, Jismoniy madaniyat fakulteti dekan o'rinbosari N.Umarov, Matematika-informatika fakulteti dekani A.Norbekov va yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari G'.Yusupovlar ishtirok etdi.
Mirzo Ulug‘bek vorislari tanlovining Respublika bosqichida NavDPI talabalari sovrindorlar qatoridan o‘rin egalladi!

📢Xabar berganimizdek, Isteʼdodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda respublikamizning turli hududlaridan kelgan iqtidorli talaba-yoshlar o‘zaro bellashdi.

👩‍🎓Keskin kurashlarga boy bo‘lgan mazkur tanlovda institutimizning 8 nafar iqtidorli talabalari munosib qatnashib, 3 nafar quyidagi talabalarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi:

◽️Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabasi Eʼzoza Islomova (ilmiy rahbar: dots. A.Allaberdiyev);
◽️Fizika va astronomiya taʼlim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sarvinoz Hamidova (ilmiy rahbar: prof. D.Kamalova);
◽️2-bosqich magistranti Meruyert Omonboyevalar (ilmiy rahbar: prof. I.Kamolov) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

💳Sovrindorlar sertifikat, statuetka, 6 mln so‘m pul mukofoti va 1 oy Prezident akademiyasida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti faollar yigʻingohida Fizika-texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan “Birinchi renessans: Abu Rayxon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi“ mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtmoqda.

👨‍🔬Anjumanda xalqaro va respublika OTM professor-oʻqituvchilari, magistrant va talabalari onlayn va offlayn formatlarda ishtirok etishmoqda.

Tafsilotlar bilan tanishtirib boramiz

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy