NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE

⚡️Xalqaro anjumanni dastlab Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Ilxom Nasriddinov kirish soʻzi bilan ochib, anjuman ishida muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek, "Abu Rayxon Beruniyning dunyo sivilizatsiyasidagi oʻrni", "Методика обучения будущих учителей физики проектированию учебных занятий по решению задач с использованием компьютерных технологий", "Zamonaviy eksperimental fizikaning asboblari va ularni qo’llash usullari", "Abu Rayhon Beruniyning fizik qarashlari", "Navoiy shahri va unga tutash hududlar tuproqlarining radioekologik tahlili" mavzularida ma'ruzalar qilindi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xayr_maktabim

🔔Bugun, 25-may - Soʻnggi qoʻngʻiroq!

🎶Ravshan Sobirov va Setora guruhi ijrosidagi ushbu qoʻshiqni eshitgan har bir insonning hayolidan maktab davrlari oʻtadi.

Barchamiz sogʻingan maktab davri faqatgina shirin xotiralar bilan eslanadi!

https://t.me/NavDPI_edu_uz
Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

⚡️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, meritokratiya tamoyili asosida davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarlik xizmatiga jalb etish kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

🔹 Shuningdek, muloqot davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mumkinligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

❓Tadbirda yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar yuzasidan qiziqtirgan savollariga filial inspektorlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Konstitutsiya

🇺🇿Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Oʻzbekistonning 65 foizga yangilangan bosh Qomusi 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Yangilanish natijasida bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiy manbalarga tayanadigan boʻlsak, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Oʻzbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Konstitutsiyaning 1-moddasidagi "Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika" jumlasi quyidagicha oʻzgartirildi:

"Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat".

Ushbu👉 havola orqali Siz Konstitutsiyaga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan tanishishingiz mumkin.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
🇺🇿 Navoiy viloyatidagi 3 ta Oliy ta'lim muassasalar talabalari ishtirokida "Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz — Vatan uchun!" shiori ostida "Talabalar shousi" konsert dasturi bo'lib o'tdi.

📋Tadbir davomida "Munozara" intellektual o'yinida Navoiy viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi hamda murabbiyi Nodirbek Umarovlar 1-darajali DIPLOM hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o'tab harbiy qism qo'mondonining tavsiyanomasi bilan to'lov kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga to'lov konrakt so'mmasining 35 % qismi O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to'lab berilganligi to'g'risida 47 mln 893 ming 871 so'mlik SERTIFIKAT topshirildi.

💥 Tadbir yuqori atmosfera ostida tashkil etildi. Unda San'atshunoslik fakulteti talabalari barcha shou qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.


@NavDPI_YI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Navoiy davlat pedagogika institutida “Birinchi renessans: Abu Rayxon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy