NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari bilan ochiq muloqot tashkil etildi

⚡️Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda davlat fuqarolik xizmatida ishlashning ahamiyati, meritokratiya tamoyili asosida davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilish tizimi, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni davlat fuqarlik xizmatiga jalb etish kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi.

🔹 Shuningdek, muloqot davomida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar xususida taqdimot qilinib, stipendiya tanlovlarining talablari va qanday qilib Jamgʻarma stipendiyasini qoʻlga kiritish mumkinligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

❓Tadbirda yoshlarning davlat fuqarolik xizmatiga kirish, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan ajratilayotgan grantlar yuzasidan qiziqtirgan savollariga filial inspektorlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Konstitutsiya

🇺🇿Barchamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

Oʻzbekistonning 65 foizga yangilangan bosh Qomusi 1-maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Yangilanish natijasida bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiy manbalarga tayanadigan boʻlsak, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.

Oʻzbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.

Konstitutsiyaning 1-moddasidagi "Oʻzbekiston – suveren demokratik respublika" jumlasi quyidagicha oʻzgartirildi:

"Oʻzbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat".

Ushbu👉 havola orqali Siz Konstitutsiyaga kiritilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar bilan tanishishingiz mumkin.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
🇺🇿 Navoiy viloyatidagi 3 ta Oliy ta'lim muassasalar talabalari ishtirokida "Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz — Vatan uchun!" shiori ostida "Talabalar shousi" konsert dasturi bo'lib o'tdi.

📋Tadbir davomida "Munozara" intellektual o'yinida Navoiy viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab, Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi hamda murabbiyi Nodirbek Umarovlar 1-darajali DIPLOM hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o'tab harbiy qism qo'mondonining tavsiyanomasi bilan to'lov kontrakt asosida o'qishga qabul qilingan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga to'lov konrakt so'mmasining 35 % qismi O'zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to'lab berilganligi to'g'risida 47 mln 893 ming 871 so'mlik SERTIFIKAT topshirildi.

💥 Tadbir yuqori atmosfera ostida tashkil etildi. Unda San'atshunoslik fakulteti talabalari barcha shou qatnashchilariga bayramona kayfiyat ulashdi.


@NavDPI_YI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬Navoiy davlat pedagogika institutida “Birinchi renessans: Abu Rayxon Beruniy va tabiiy fanlar evolyutsiyasi“ mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
“Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovining kasting jarayonlari bo’lib o’tdi !!!

🎸Navoiy davlat pedagogika institutida Yosh gitara ijrochilari to’garagi faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, juda ko’plab yosh iste’dod egalari ustozlaridan san’at sirlarini puxta o’zlashtirgan holda o’z mahoratlarini oshirib borishmoqda.

Gitara chalish san’ati sohasida professional o‘sishni qo‘llab-quvvatlash orqali talaba-yoshlar o‘rtasida sahna madaniyatini shakllantirish va ularni xalqaro tanlovlarga tayyorlash maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Havaskor gitara ishqibozlari" tanlovi o'tkazilmoqda. Shu munosabat bilan 22-may sanasida Navoiy davlat pedagogika institutida ushbu tanlovning 1-bosqichidan o'rin olgan Kasting jarayonlari bo'lib o'tdi.

Kasting jarayonlari adolatli va shaffof tarzda o'tkazilib, hakamlar hay'ati tomonidan eng yaxshi deb topilgan ijrochilar final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

👉Batafsil

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🔔NAVOIY VILOYATIDA “SO‘NGGI QOʻNG‘IROQ” TADBIRLARI

Viloyatdagi barcha umumtaʼlim maktablarida “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari boʻlib oʻtdi.

🎶Tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining tantanali yangrashi bilan boshlandi.

🏛Navoiy davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Konimex tumanidagi 1-, 6-umumta’lim maktablarida, Karmana tumanidagi 30-maktabda, Xatirchi tumanidagi 48-maktab va viloyatimizning boshqa umumtaʼlim muassasalarida institut rahbariyati va fakultet dekanlari oʻquvchilarni tabriklab, Prezidentimizning bitiruvchilarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib eshittirishdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy