NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Oliygohda “Jaholatga qarshi ma’rifat“ shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, Navoiy viloyati hokimligining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalari bo‘limi hamkorligida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish — davr talabi“ mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda xalqaro ilmiy tadqiqot markazi mas’ul xodimlari — Shukrullo Umarov, Sirojiddin Abduvoitovlar yurtimizda turkiy sivilizatsiya va diniy, dunyoviy ilmlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ajdodlarimizning boy ilmiy merosi haqida maʼruza qilishdi. “jaholatga qarshi maʼrifat” bilan kurashish gʻoyasining ahamiyati kabi bugungi kunning bir qator dolzarb masalalari dalillar asosida keng bayon qilindi hamda batafsil maʼlumotlar berildi.

📖Shuningdek, nashr etilgan “Musnadi Keshiy”, “Musnadi Dorimiy”, “Shamoili Buxoriy” nomli yangi kitoblar taqdimoti oʻtkazildi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul2023
#videoqo‘llanma

📹 Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
❤1
#Test

NAVOIY VILOYATIDA TEST SINOVLARI YAKUNLANDI

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 215-sonli buyrugʻiga binoan Respublika ishchi guruhi tomonidan 12-13 iyun kunlari #NavDPI va #NavDKTU professor-o‘qituvchilarining faoliyati samaradorligini baholash va milliy reytingini aniqlash bo‘yicha chet tillari hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, shuningdek, tanlangan yo‘nalishlar bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalarining mutaxassislik fanlaridan test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

🏛Test jarayonlari Axborot kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limida o‘tkazilib, belgilangan tartibda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etishdi. Jarayonlar onlayn translyatsiya qilindi.

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
“Zukko kitobxon“ tanlovida Kitobxon talabalarimiz munosib ishtirok etib, g’olib bo‘lishdi

Mamlakatimiz bo‘ylab 30-iyun— Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!“ shiori ostida yoshlar festivali o‘tkazib kelinmoqda. Ayniqsa, Navoiy shahrida o‘tkazilgan festivalning “Zukko kitobxon“ tanlovi bayramga o‘zgacha fayz kiritdi.

Unda NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakultetidan qatnashgan “Ko‘hinur“ jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, institut sharafini munosib himoya qildilar.

⌚️Tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg’alar berildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Magistrlik_dissirtatsiyasi

KUTILGAN ONLAR YETIB KELDI

⚡️Ayni kunlarda Navoiy davlat pedagogika institutida bitiruvchi magistrlarning magistrlik dissertatsiya himoyalari boʻlib oʻtmoqda.

📨Maʼlumot uchun: Ona tili va adabiyoti (Rus tili va adabiyoti), Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi, Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika), Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo) mutaxassisliklarida dissertatsiya himoyalari yakunlandi.

Qolgan mutaxassisliklar boʻyicha jarayonlar hali davom etmoqda.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1