NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muqobil_energiya

Shu oyning ohiriga qadar Navoiy davlat pedagogika instituti to‘liq muqobil energiya tizimiga o‘tadi

🖇Xabaringiz bor, institutning 6 ta oʻquv binolari hamda 3 ta talabalar turar joylariga jami boʻlib 350 kvtlik quyosh panellari oʻrnatilgan.

☀️Bugungi kunda Fizika va matematika fakultetlarining o‘quv bino tom qismiga 60 kvtlik panellar o‘rnatildi. Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti o‘quv binosiga 100 kvtlik quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Ushbu o‘rnatilgan quyosh panellari 100 foiz institutni elektr-energiyaga boʻlgan ehtiyojini toʻla ta'minlab beradi hamda viloyat Hududiy elektr tarmoqlari aksiyadorlik jamiyatiga sotish imkoniyatini ham yaratadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
https://uza.uz/oz/posts/navoiy-viloyati-xabarlari-qisqa-satrlarda_492754

.... Navoiy davlat pedagogika institutida ham “Kitoblar yarmarkasi“ va “Zukko kitobxon” tanlovlari bo‘lib o‘tdi. Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti kengashi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda 1-o‘rinni Ingliz tili va adabiyoti fakultetining “O‘zbek qizlari”, 2-o‘rinni Tibbiyot fakultetining “Gippokrat” va 3-o‘rinni O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Sarafroz” jamoalari qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ishchi guruhi vakillari yoshlar yetakchilari faoliyatini o‘rganish uchun NavDPIda bo‘lishdi

Ishchi guruh a’zolari dastlab 2-sonli TTJda bo‘lib, talabalarga yaratib berilayotgan qulayliklar va imkoniyatlar bilan tanishishdi va talabalar bilan suhbatda bo‘ldilar.

Shundan so‘ng institut BT Kengashi hamda fakultet koordinatorlari bilan suhbatda bo‘lib, ularning taklif va fikrlarini tinglab, olib borayotgan faoliyatlari bilan qiziqishdi.

Tashrif chog’ida institut rektori B.Sobirov bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida institutda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan loyihalar hamda talabalarning qo‘lga kiritgan yutuqlari va ularni rag’batlantirish ishlari to‘g’risida ma’lumotlar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
“Talant shou“ yosh iqtidorlarni kashf qildi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash, iqtidorli talaba-yoshlarni kashf etish, ularni rag’batlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini to‘g’ri taqsimlash maqsadida, shuningdek, “Yoshlar oyligi“ doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Talant shou“ ko‘ngilochar tanlovi o‘tkazildi.

🏛Institut rahbariyati ko‘magida yoshlar ittifoqi BT tashabbusi bilan tashkil etilgan va talabalarning iqtidorini kashf etishga bag’ishlangan tanlov pozitiv kayfiyat va raqslarga boy tarzda olib borildi. Iste’dodli gitarachi talabalar o‘zlarining milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlari bilan davraga fayz kiritdi.

💰Konkurs natijalariga ko‘ra g’oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandi:
🥇o‘rin — Sanjar NURULLAYEV (5 mln so‘m);
🥈o‘rin — Shaxboz TULAYEV (4 mln so‘m);
🥉o‘rin — Sanjar NARZULLAYEV (3 mln so‘m).

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy