NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Tanlov doirasida taqdirlash marosimi ham bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida turli tanlov va sport musobaqalarida g’olib bo‘lgan bir guruh professor-o‘qituvchilar va talabalar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍2
Akademik litsey o‘quvchisi 367 ming dollarlik grant sohibi bo‘ldi

#NavDPI akademik litseyining iqtisod yo‘nalishi o‘quvchisi Oysarabonu Murodova IELTS dan 7,5 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Quvonarli tomoni shundaki, u 8 ta xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Xususan, jami 367 ming AQSh dollarlik grantni tashkil etgan Miami, Clarkson, Arizona, Michigan, UMass Boston, Minnesota, Colorado, Clemson universitetlaridan birida o‘qishi mumkin.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Oysarabonu Murodovani va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
“Slytherin“ yana chempion!

Joriy yilning 15-iyun sanasida Navoiy shahrida “Yoshlar kubogi“ sport musobaqalari doirasida bo‘lib o‘tgan Zakovat intellektual o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Qizg’in kurashlarga boy bo‘lgan o‘yinda NavDPI talabalaridan iborat quyidagi jamoalar sovrindor bo‘lishdi:
🥇1-o‘rin “Slytherin“';
🥈2-o‘rin “Spark“;
🥉3-o‘rin “Monopoliya“.

G’olib jamoalar “Zakovat intellektual klubi“ NNT tomonidan maxsus kubok, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan diplom va sovg’alar bilan taqdirlanishdi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#Saylov_2023

🔰Mamlakatimizda 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan salovlarda Navoiy davlat pedagogika institutining volontyorlar jamoasi bilan seminar tashkil qilindi.

Birinchi prorektor Xurshid Qurbonov raislik qilgan seminarda Respublika Shtab a’zolari hamda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Rishtonda bo‘lib o‘tgan hunarmandlar tanlovida talabamiz 15 mln soʻm mukofot oldi

Joriy yilning 15-iyun sanasida Fargʻona viloyati Rishton tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Hunarmandchilik” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda respublikamizning turli goʻshalaridan kelgan kasb ustalari qatnashdi.

E’tiborlisi, mazkur tanlovda NavDPI San’atshunoslik fakulteti talabasi Mahliyo Rahmonova ham o‘zining hunarmandchilikka oid qoʻl ishlari bilan faol ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi va Fargʻona viloyati hokimligining 15 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍3👏1
Навоий_давлат_педагогика_институти_29_майдан_–_17_июнга_қадар_ОАВга.docx
23.6 KB
1. Еdu.uz/ OTFIV ǀ RASMIY: 4 ta;
2. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi | АРГОС: 1ta;
3. Yangi O‘zbekiston: 2 ta;
4. Navoiy MTRK (Diyor 24): 8 ta;
5. O‘zbekiston 24: 4 ta;
6. Ma’naviyat markazi: 1 ta;
7. Navoiy uz: 13 ta;
8. Uza: 8 ta;
9. “Do‘stlik bayrog’i“: 1 ta;
10. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi: 1ta;
11. “Xalq so‘zi“: 1 ta;
12. Navoiyliklar/Расмий канал:2 ta.

29-maydan 17-iyunga qadar jami 46 marotaba OAVga chiqishlar amalga oshirildi.
👍2
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#kvota

Qabul kvotalari tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan 2023/2023-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra:

🔹 bakalavr kunduzgi ta’lim shakliga – 34 860 nafar;
🔸 magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 8 923 nafar grant o‘rinlari ajratildi.

Shunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan:

🔹 umumiy davlat granti asosidagi qabul parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari tuman (shahar) kesimida;
🔸 hamda ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti 20-iyunga qadar tasdiqlanib, e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat OTMlariga to‘lov-kontrakt asosidagi kvotalar esa:

✔️tizimida OTMlar bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishgan holda;

✔️moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlari Kuzatuv kengashlari tomonidan 20-iyunga qadar tasdiqlanadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
#Tugʻilgan_kun

Bugun — NavDPI Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti dekani Shamsidinova Gulchehra Do‘stmuradovna tavallud topgan kun.

Gulchehra Shamsidinova 1959-yil 17-iyunda Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida tug‘ilgan. 1983-yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Biologiya fanlari nomzodi, dotsent ilmiy unvoniga ega.

O‘tgan yillar davomida G.Shamsidinova mamlakat ilm, fan-taʼlim rivoji uchun oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan malakali pedagog-ustozdir.

Mehnat faoliyatini Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi lavozimidan boshlagan. 1983-yildan 2022-yilga qadar NavDPI o‘quv bo‘limi kotibasi, kafedra o‘qituvchisi, kafedra mudiri, Tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimlarida samarali mehnat qilgan. 2022-yildan buyon Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti dekani lavozimida faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

💐G.Do‘stmurodovnani institut rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz! Ilmiy-ijodiy ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥“Talant shou“ — yosh iqtidorlarni kashf qilgan tanlov

Tafsilotlar “Diyor 24“ lavhasida

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
🔥1
👩‍🏫 Объявляем ваканцию на учителя русского языка!

Требования:
✅ Возраст от 20-30 лет (будут съёмки для видеоуроков)
✅ Должен знать русский язык так же, как и свой родной язык
✅ Должен иметь собственную методику преподавания русского языка (методическое пособие) и базу данных
✅ Обязательное хорошее знание компьютера и телефона (занятия будут проходится онлайн)

💰Зарплата в месяц: Договорная (в зависимости от проекта)

📩 Для связи: @Shahzod_Sheraliyevich
➖➖➖
👩‍🏫 Рус тили ўқитувчисига вакансия эълон қиламиз!

Талаблар:
✅ 20-30 ёш атрофида бўлиши керак(видео дарслик съёмка қилинади)
✅ Рус тилини ўз она тилидек мукаммал билиши керак
✅ Ўзининг рус тилини ўргатадиган методикаси(услубий қўлланмаси) ва маълумот базаси бўлиши керак
✅ Компьютер ва телефонни яхши тушуниши шарт (Дарслар онлайн ўтилади)

💰Ойлик маош: Келишилади (Лойиҳага қараб берилади)

📩 Мурожаат учун: @Shahzod_Sheraliyevich
👍1
#Qabul_2023

📞Murojaatlar uchun “Call-center“ shay

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, savollariga tezkor javob berish maqsadida Call-center xizmati hamda qabul jarayonlari bilan tanishish, maʼlumot olish uchun Maslahat markazi tayyor holatda.

☎️Quyidagi telefon raqamlar orqali Siz qabul jarayoni bilan bogʻliq oʻzingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob olishingiz mumkin:
(79) 225-19-68;
(79) 225-19-23;
(79) 225-08-14;
(79) 225-19-27;
(79) 225-19-37
.

🌐Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumotlar rasmiy platformalarimiz orqali ham berib boriladi:

Telegram | Web| Facebook | Instagram | You tube

📨Eslatma: Qabul jarayonlari 20-iyundan boshlanib, 20-iyulga qadar davom etadi.

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👌1