NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasi bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov rektor maslahatchisi B.Abdullayev, birinchi prorektor X.Qurbonov, komplayens nazorat tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov, profilaktika inspektorlari N.Hayitov va S.Xusanovalar ishtirokida Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari, tyutorlari bilan yigʻilish oʻtkazdi.

Unda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, yangi oʻquv yilida qilinajak sport tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish masalalari koʻrildi, tegishli vazifalar taqsimlandi.

Shuningdek, fakultetda maʼnaviy-maʼrifiy muhit barqarorligini mustahkamlash, odob-axloq qoidalariga amal qilish, korrupsion holatlarga yoʻl qo‘ymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#imkoniyat

Axborot 24|Magistratura bosqichida taʼlim olayotgan xotin-qizlarning toʻlov-kontraktlari byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi.

Berilgan imkoniyat uchun NavDPI magistrantlari Nafosat Karimova hamda Gulshoda Islomovalar barcha xotin-qizlar nomidan Prezidentimizga minnatdorlik bildirishdi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
#E’tirof

🇺🇿Mustaqilligimizning 32 yillik bayrami munosabati bilan tizimdagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar hamda talabalar bilan ishlash sohasidagi faolligi uchun Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Raimova Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Audio
📻Navoiy - FM 101.6

⚡️Navoiy viloyati radiosining “Tashabbus bizda“ eshittirishida NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi Umeda Rahmonovaning fikr-mulohazalari tinglandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
To‘lov-shartnoma berish boshlandi

⚡️Bugundan kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov-shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan oʻtib, onlayn ariza qoldirishingiz mumkin.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
🎓Navoiy davlat pedagogika institutining magistratura bosqichiga oʻqishga tavsiya etilganlar quyidagi hujjatlarni magistratura boʻlimiga taqdim etishlari soʻraladi

📥Hujjatlar:

1) Rektor nomiga ariza;
2) Pasport nusxasi (5 dona);
3) Diplom va uning ilovasi (asl va 3ta nusxasi bilan);
4) Sertifikat aslisi (3 ta nusxasi bilan);
5) 3,5×4,5 hajmdagi 4 dona fotosurat;
6) Ish joyidan maʼlumotnoma (stavkasi koʻrsatilgan holda).

Magistratura bo‘limining joylashuv manzili: Navoiy shahri Ibn Sino ko‘chasi, 45-uy (institut bosh binosi).

📍Geolokatsiya

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Ilhom Sattorov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Таълимдаги_технологиялар

Дунёнинг кўплаб мамлакатларида сунъий интеллект аллақачон таълимнинг турли соҳаларида фаол қўлланилмоқда. Баъзи давлатлар сунъий интеллектдан таълим сифати ва ундан фойдаланиш имкониятини яхшилаш учун, баъзилари мавжуд жараёнларни соддалаштириш ва оптималлаштириш учун фойдаланишади.

Видеода сунъий интеллектдан фойдаланишни Хитой, АҚШ, Ҳиндистон, Австралия ва Корея Республикаси мисолларида кўриб чиқамиз.

Ўзбекистонда сунъий интеллект имкониятларидан айнан таълим соҳасида қандай фойдаланиш мумкин? Фикрларингизни изоҳларда ёзиб қолдиринг👇👇
_____

👉На русском языке

YUKSALISH HARAKATI
Forwarded from Ilhom Sattorov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Хусусий тиббиёт муассасаларида кимларга бепул хизмат кўрсатилади?

Аҳолининг ижтимоий ҳимояга муҳтож қатламларига бепул тиббий хизмат кўрсатилиши белгиланган. Бунда ижтимоий ҳимояга муҳтожлиги тўғрисида асословчи ҳужжатлар талаб этилади.

Ижтимоий ҳимояга муҳтож шахслар қаторига
▫️ёлғиз ва ёлғиз яшовчи кексалар;
▫️I ва II гуруҳ ногиронлиги мавжуд шахслар, шу жумладан болалар;
▫️ижтимоий аҳамиятга молик касалликларга чалинган шахслар;
▫️етим болалар ва ота-она қарамоғидан маҳрум бўлган болалар;
▫️1941–1945 йиллардаги уруш ногиронлари ва қатнашчилари, меҳнат фронти қатнашчилари киради.

Қандай тиббий хизматлар уларга бепул кўрсатилади?

Батафсил 👉 видеода

📌 Эслатма: хусусий тиббиёт муассасаларида бепул тиббий хизматдан фойдаланиш асоссиз рад етилганда Соғлиқни сақлаш вазирлигининг 1003 рақамига мурожаат қилишингиз мумкин.

YUKSALISH HARAKATI
#Jarayon

BIRINCHI BOSQICH TALABALARIGA “TANISHTIRUV HAFTALIGI” DOIRASIDA MUSTAQILLIK DARSLARI OLIB BORILMOQDA

🔰NavDPI yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti yetakchisi A.Zokirov va fakultetlar yetakchilari tomonidan 1-kursga qabul qilingan talabalarga “Tanishtiruv haftaligi” doirasida targ’ibot tadbirlari hamda Mustaqillik darslari o‘tkazilmoqda.

Ular yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari, institut ichki tartib qoidalari, odob-axloq normalari kabi turli masalalarda ma’lumotlar berib, “Yoshlar markazi“ bo‘ylab sayohat uyushtirishayapti.

✅“Tanishtiruv haftaligi“da professor-o‘qituvchilar va tyutorlar tomonidan “Vatan ozodligi yoʻlida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayot“ mavzuida darslar o‘tilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
⚡️Talabalar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga masʼul boʻlgan rektor maslahatchisi Bahodir Abdullayevning tyutorlar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Unda talabalar bilan ishlash tizimini yanada mustahkamlash, talabalar orasida institut ichki tartib-qoidalari, odob-axloq normalarini targʻib qilish, talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun yetarlicha sharoitlar yaratish boʻyicha kerakli maslahatlar berilmoqda.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube