NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#SAYYOR_QABUL

SAYYOR QABUL: MUROJAATLAR YECHIMIGA XIZMAT QILADI

Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’suli, Navoiy viloyat Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i va Navoiy davlat pedagogika instituti rektori ishtirokida Navbahor tuman kasb-hunar maktabida sayyor qabul tashkil qilindi.

Oliy va professional ta’limga oid o‘quvchilar va ularning ota-onalarini murojaatlari hamda ta’lim muassasasidagi o‘qituvchilarning takliflarini tinglandi.

Sayyor qabul jarayonida fuqarolar bir ta’lim muassasasidan ikkinchi ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish va davom ettirish, ishga qabul qilish, hamda boshqa masalalarda muammolar va takliflarini bildirishdi.

Murojaatlarning aksariyati joyida bartaraf etilib, o‘rganish va mudddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha qat’iy choralar belgilandi va nazoratga olindi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
#OAV_NIGOHIDA

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, ta’lim-fan jamoatchilik Kengashi a’zosi Norova Gulsanam Maxsutovnaning “Качественное образование, квалифицированные кадры - важные критерии развития страны” nomida maqolasi “Правда востока“ gazetasining 2023-yil 14-sentabrdagi 187-sonida chop etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

Rektor va yoshlar uchrashuvi “Yangiliklar 24“ va “Diyor 24“ axborot dasturlari orqali namoyish etildi.
#uzbekiston24
#diyor24

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Shuxrat" medali sovrindori, “Pride Workwear” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, tadbirkor Dilrabo Saidova talabalarga “motivatsiya“ berdi.
#diyor_24

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞“Assalom, Yangi kun!”|NavDPI San’atshunoslik fakulteti talabasi Mahliyo Raxmonova bilan suhbat.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
#LIVE

🔰Jurnalistika, televideniye va ommaviy axborot vositalarida ishlashni hohlaydigan, media makonda oʻzini munosib deb bilgan yoshlar uchun ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi rahbari Gʻulom Sultonov ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

“Yoshlar media klubi“ga aʼzo boʻlish istagida boʻlgan talaba-yoshlarga media olamining eng qaynoq yangiliklari, xususan boshlovchilik, teleoperatorlik, montaj ustaligi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha axborotlar berilayapti.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#JARAYON

Doʻstona va koʻtarinki ruhda oʻtgan mazkur uchrashuvda Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi direktori Gʻulom Sultonov, NavDPI birinchi prorektori Xurshid Qurbonovlar ishtirok etishdi.

✅Uchrashuvda Gʻ.Sultonov oʻz hayotiy va kasbiy tajribasini oʻrtoqlashib, yoshlarga tegishli koʻrsatmalar, qimmatli maslahatlarni berdi.

Uchrashuv oddiy va norasmiy koʻrinishda, dildan suhbat tarzida boʻlib oʻtdi hamda ishtirokchilar jurnalistika sohasida oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

🖇Maʼlumot uchun, “Yoshlar media guruhi“ga kasting ertaga, 16-sentyabr kuni soat 10:00da Yoshlar markazida oʻtkaziladi.

Aziz talabalar, mazkur tanlovda qatnashib, oʻz iqtidoringizni namoyon qiling!

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2