NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
E’LON

DOKTORANTURA VA TAYANCH DOKTORANTURAGA HUJJAT QABUL QILISH BOSHLANDI

🎓Navoiy davlat pedagogika instituti 2024-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul kvotasini e’lon qiladi:

Tayanch doktorantura (PhD) – 48 ta;
Doktorantura (DSc) – 3 ta;
Maqsadli tayanch doktorantura (PhD) – 3 ta;
Stajyor-tadqiqotchi – 3 ta.

📥Talabgorlardan Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga muvofiq belgilangan hujjatlarni phd.mininnovation.uz tizimiga kiritish talab etiladi.

⏳Hujjatlar qabuli 15-SENTARdan 15-OKTABRga qadar davom etadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Forwarded from Edu.uz
#e’lon

⚡️2023/2024-o‘quv yili uchun stipendiyalar dasturi e’lon qilinadi

Tanlovda texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining 3-, 4-bosqich bakalavr va 1-, 2-bosqich magistr ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

👉Batafsil
____

Объявляется стипендиальная программа на 2023-2024 учебный год

В конкурсе могут принять участие студенты 3-4 курсов бакалавриата и 1-2 курсов магистратуры, обучающиеся в высших образовательных учреждениях технического направления.

👉Подробно

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
👍1
Profilaktik va targ’ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

⚡️NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Xalikov tomonidan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

✅Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirilib, amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, bo‘lim tomonidan anonim murojaatlar uchun telegram-bot (@NavDPI_anticor_bot) hamda bo‘limning “Talaba-yoshlar“ klubi faoliyati to‘g’risida to‘xtalib o‘tildi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rektor va yoshlar uchrashuvi: yangi orzular, yangi umidlar bilan

✔️Ushbu tadbirda 2 ming nafar talaba, shundan aksar qismi birinchi bosqish talabalari ishtirok etib, katta formatdagi unutilmas tadbirni guvohi bo‘ldilar.

📹“Kimyogar“ o‘yingohida o‘tkazilgan “Rektor va yoshlar“ uchrashuvidan videoreportaj.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Dekanlar va kafedra mudirlari bilan navbatdagi yigʻilish

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov rahbarligida prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Asosiy masala — Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan berilgan topshiriqlar yigʻilish qatnashchilariga yetkazildi.

Shuningdek yigʻilishda taʼlim sifatini oshirish, oʻquv-meʼyoriy hujjatlar holati, talabalar davomati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari, yotoqxona masalalari, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlar, “yashil makon“ loyihasi va boshqa bir qator masalalar muhokama qilinib, tegishliligi boʻyicha masʼullarga vazifalar yuklatildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
#live

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutining faollar zalida dekan oʻrinbosarlari hamda tyutorlar uchun oʻquv seminari boʻlib oʻtmoqda.

Seminarni rektor maslahatchisi B.Abdullayev, birinchi prorektor X. Qurbonovlar olib borayapti.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Tabriklaymiz

Aziza Aminova O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qildi

O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tgan himoyada Aminova Aziza Marksovna “1991–2021 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar tarixi (Quyi Zarafshon viloyatlari misolida)” mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qildi.

Ushbu natija bilan Aziza Marksovnani samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ham omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
🔔Talabalari diqqatiga!

✨ Navoiy davlat pedagogika instituti "Mening startap loyiham" tanlovini eʼlon qiladi.

❗️Ushbu tanlovda
• ilmiy-innovatsion
• ijtimoiy
• iqtisodiy
• huquqiy yoʻnalishlar doirasidagi startap loyihalar qabul qilinadi.

💥 Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar joriy yilning 18-sentyabrdan 10-oktabrga qadar ariza qoldirishlari mumkin.

💬 Batafsil maʼlumot va qoʻshimcha savollar yuzasidan “Inkubatsiya va akseleratsiya“ markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Navoiy davlat pedagogika instituti - talabalar uchun imkoniyat eshigi!

Savol va murojaatlar uchun:
@oybek_abduraimov

Ro'yxatdan o'tish uchun:
https://forms.yandex.com/u/6507e64990fa7bf232419c16/

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy