NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#NavDPI
#Yoshlar_ittifoqi

⚡️O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti koordinatori D.Qurbonov fakultet yoshlar Kengashi bilan uchrashuv oʻtkazdi

✅Uchrashuvda fakultet yoshlar Kengashi koordinatorlariga bugungi kunda Yoshlar ittifoqi tizimiga berilayotgan imtiyozlar, shart-sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Koordinatorlik vazifasi bo‘yicha tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

➡️Shuningdek, 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbiri hamda shu mavzudagi turli tanlovlar bo‘yicha takliflar va mulohazalar tinglandi. “Ziyokorlar“ kitobxonlik klubi hamda ilmiy klublarning faoliyatini kuchaytirish va takomillashtirish to‘g’risida ko‘rsatmalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Sport

BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA MINI-FUTBOL BOʻYICHA GʻOLIBLAR ANIQLANDI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlar oʻrtasida sportning mini-futbol turidan “Besh tashabbus olimpiadasi“ institut bosqichi yakunlandi.

⚽️Unda 11 ta fakultet gʻoliblik uchun oʻzaro toʻp surdi.

Murosasiz kechgan oʻyinda Tabiiy fanlar fakulteti 2:0 hisobida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, 🥉3-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

🥈2-oʻrinni Matematika-informatika fakulteti egallagan boʻlsa, mavsum chempionligi Jismoniy madaniyat fakulteti jamoasiga nasib etdi.

Gʻolib boʻlgan jamoa keyingi, viloyat OTMlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan bosqichga yoʻl oldi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
YANA BIR GʻALABA

🏅NAVDPI TALABASI JAHON CHEMPIONATIDA BRONZA MEDAL SOHIBI BO‘LDI

🤼‍♀️Joriy yilning 6-8-oktabr kunlari Qirg’iziston poytaxti Bishkek shahrida yoshlar va kattalar oʻrtasida Sambo bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

✔️Dunyoning 30 ga yaqin davlatlari ishtirok etgan musobaqada yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Amirxon Qudratullayev faxrli 3-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobiga🥉bronza medalini taqdim qildi.

Bundan oldin mazkur musobaqada shu fakultet talabasi Gulina Obloqulova kumush medaliga sazovor bo‘lgan edi.

👏Sportchi talabalarimizni ushbu gʻalaba bilan tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida yana-da kattaroq natijalarga erishish nasib qilsin!

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
AKADEMIK LITSEY O‘QUVCHILARI UCHUN TARIXIY MASKANLARGA SAYOHAT TASHKIL QILINDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6165-son farmoni ijrosini ta’minlash hamda yoshlarni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida NavDPI akademik litseyi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishi 1-22 guruh o‘quvchilari guruh rahbari, o‘qituvchisi N.R.Ravshanov boshchiligida ko‘hna va navqiron Buxoro shahriga sayohat qildilar.

Bunda shaharning tarixiy va diqqatga sazovor joylari, yangi barpo etilgan inshootlari bilan tanishib, bir olam taassurotlar oldilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🎞“Assalom yangi kun”| NаvDPI katta oʻqituvchisi Fazliddin Boʻronov va talaba-yoshlar maqom haqida suhbat.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling
MUALLIFLIK MONOGRAFIYASI KUTUBXONA FONDIGA TOPSHIRILDI

📘NavDPI o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig’i H.Shodiyevning umumiy o‘rta ta’lim maktablari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, doktorantlar va tadqiqotchilari foydalanishlari mumkin bo‘lgan “Uzluksiz tа’lim tizimidа gеоgrаfiyаni о‘qitishdа аxbоrоt tа‘lim muhitlаridаn fоydаlаnish nazariyasi va amaliyoti“ hamda “Kredit-modul tizimida mustaqil ta’lim jarayonini tashkil etish“ nomli monografiyalari institut ARM fondiga topshirildi.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
👍2
#BUGUN

13-OKTYABR — XALQARO TABIIY OFATLAR XAVFINI KAMAYTIRISH KUNI

Sana munosabati bilan NavDPI Tabiiy fanlar fakultetida FVV Navoiy viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘quv va amaliy seminar tashkil etildi.

Bu tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari polkovnik B.Quvondiqov, Fuqaro va mehnat muhofazasi bo’limi boshlig’i X.Tursunov, fakultet professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.

Seminarda so’zga chiqqan mas’ullar viloyatimizda ushbu kun munosabati bilan o‘tkazilayotgan qator profilaktik tadbirlar, davra suhbatlarining ahamiyatiga to‘xtalishdi.

Tabiiy ofatlarni bartaraf etishda muhim omillardan sanalgan fuqaro muhofazasini ta’minlash, aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish kabi masalalar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir soʻngida maxsus qutqaruv otryadi xodimlari oʻzlarining texnikalari va asbob-uskunаlari koʻrgazmasini namoyish etishdi.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy