NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Yubiley

PEDAGOGIKA FANLARI NOMZODI, DOTSENT HIKMATULLO BOBOMIRZAYEV 80 YOSHGA TOʻLDI

🔰Qaryib 60 yillik mehnat faoliyatini taʼlimga bagʻishlagan faxriy pedagog, koʻp yillar yoshlarga oʻzining bilim va koʻnikmalarini ulashgan, oʻquvchi va talaba-yoshlarga taʼlim-tarbiya bergan ustoz, NavDPI Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Hikmatullo Bobomirzayev 13-oktyabr sanasida muborak 80 yoshni qarshiladilar.

⚡️Bugun NavDPIda ustoz tavalludiga bagʻishlab maʼnaviy-badiiy kecha oʻtkazildi. Tadbir avvalida institut rektori Bahodir Sobirovning tabrigini birinchi prorektor X.Qurbonov o‘qib eshittirdi. Shu bilan birga domlaning hayoti va faoliyatini hamkasblari samimiy fikrlar bilan yod etib, oʻzlarining sovgʻalarini armug’on etdilar.

Bir guruh mehmonlar ham oʻzlarining iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashib, H.Bobomirzayevni 80 yoshli yubileyi bilan muborakbod etishdi.

Shuningdek, shogirdlari va oila aʼzolarining samimiy tilaklari hamda diltortar kuy-qo‘shiqlar ushbu tadbirga yanada ko‘proq fayz kiritdi.
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “OTA-ONALAR KONGRESSI“ DAVOM ETMOQDA

🔰Bugun Rus va qozoq filologiyasi, Jismoniy madaniyat hamda Matematika-informatika fakultetlarida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi.

Unda talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, kiberxavfsizlik va boshqa shu kabi dolzarb masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Uchrashuv yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
😍1
⚡️Aziz yoshlar, yaqinroq keling!

🫡 “Yoshlar — kelajagimiz” jamg'armasi bilimi, shuningdek, omadini sinab ko'rishni istagan yoshlarni qiziqarli hamda sovg'alarga boy davomli viktorinada ishtirok etishga chorlaydi!

🔝 Viktorina har seshanba kuni 16:00da o‘tkaziladi.

🔝 Shartlar oddiy: birinchi navbatda, barcha ishtirokchilardan @ykfoundation kanaliga a’zo bo'lish, keyin esa tezkor va ayni damda barcha savollarga to'g'ri javob berish talab etiladi.

✅ G'oliblar biznes kitoblar hamda maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVDPI JAMOASI “IJTIMOIY SOHA KUBOGI-2023“ MUSOBAQASIDA G’ALABA QOZONDI

Karmana tumani "Ishonch" oromgohida Navoiy viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida ijtimoiy soha davlat idora, korxona va tashkilot xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha an’anaviy “Ijtimoiy soha kubogi-2023“ musobaqasi o‘tkazildi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar quyidagi oʻrinlarni egalladi.

🥇1-o‘rin NavDPI jamoasi;
🥈2-o‘rin viloyat Ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi jamoasi;
🥉3-o‘rin viloyat Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi jamoasi.

Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon“, “Eng yaxshi himoyachi“ va “Eng yaxshi toʻpurar“ nominatsiyalari boʻyicha ishtirokchilar taqdirlandi.

Jamoalar tashakkurnoma, diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

👏Ushbu g’alaba bilan terma jamoamiz a’zolarini tabriklaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy