NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#InnoWeek_2023

⚡️Xabar berganimizdek, bugun “Kreativ taʼlim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” hududiy innovatsion gʻoyalar haftaligining uchinchi kuni Karmana tumanidagi Madaniyat markazida bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi tadbirda ham NavDPI professor-o‘qituvchilari hamda talabalar o‘zlarining ixtirolari, innovatsion g‘oyalari, ishlanmalari va mahsulotlari bilan ishtriok etib, bir qator taklif va tavsiyalarni ilgari surdilar.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Xushxabar

VOLEYBOL BO‘YICHA BESH TASHABBUS OLIMPIADASI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN HUDUDIY MUSOBAQADA NAVDPI TERMA JAMOASI G’OLIB BO‘LDI

🏐Bugun,19-oktyabr kuni Oliy ta’lim muassasalari talabalari (oʻgʻil va qiz bolalar) o‘rtasida “Besh tashabbus olimpiada”si doirasida “Voleybol” sport turidan viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murosasiz kechgan musobaqada jamoalar quyidagicha o‘rinlarni egalladi:

O‘g’il bolalar:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU;
3-o‘rin NavIU

Qiz bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin NavDPI;
2-o‘rin NavDKTU.

Jamoa a’zolariga diplom va esdalik sovg’alari topshirildi

👏Ushbu g’alaba bilan talabalarimizni tabriklaymiz!
Keyingi, Respublika bosqichida ham omad yor bo‘lsin!

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
👍1
Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay

⚡️Bugun “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining keng imkoniyatlari, ifoda-uslublari va badiiy koʻlami qoraqalpoq va oʻzbek tillarida mohirona ijrolar orqali namoyish etildi.

Tadbirning yuqori saviyada oʻtkazilishida faollik koʻrsatgan fakultet talaba-yoshlari hamda ularga yaqindan koʻmak bergan katta oʻqituvchi X.Narbayeva, fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlariga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy