NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay

⚡️Bugun “21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni” munosabati bilan NavDPI Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olayotgan Qoraqalpoq tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Ona tilim ovozi olam boʻylab taralgay!” nomli adabiy-badiiy tadbir oʻtkazildi.

Ushbu boʻlib oʻtgan tadbirda oʻzbek tilining keng imkoniyatlari, ifoda-uslublari va badiiy koʻlami qoraqalpoq va oʻzbek tillarida mohirona ijrolar orqali namoyish etildi.

Tadbirning yuqori saviyada oʻtkazilishida faollik koʻrsatgan fakultet talaba-yoshlari hamda ularga yaqindan koʻmak bergan katta oʻqituvchi X.Narbayeva, fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlariga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
2023-yilning 18-20-oktabr kunlari Toshkent shahrida AQSh universitetlari hamda Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlaridagi “Education USA” dasturining mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli forumda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti o‘qituvchisi (PhD) Yugay Yevgeniya ham ishtirok etmoqda. Shuningdek, “Ijtimoiy gumanitar yo‘nalishdagi publikatsion faollikni nazorat qilish” mavzusidagi “InnoWeek - 2023” forumida ham qatnashdi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
21-OKTYABR — OʻZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN

🎥Ushbu sana munosabati bilan Matematika-informatika fakulteti 4-kurs talabasi Gulchehra Boboxolovaning tayyorlagan #videoroligini tomosha qiling.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#LIVE
#INNO_WEEK2023

⏳Ayni paytda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar — yangi O’zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida Kreativ ta’lim kuni bo’lib o’tmoqda.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, NavDPI hamda NavDKTU rahbariyatlari, olimlar, yosh ixtirochilar ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OAV BIZ HAQIMIZDA

⚡️Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakultetida o‘tkazilgan “Ota-onalar kongressi” viloyat TRKning ”Diyor 24” axborot dasturida namoyish etildi.
@navoiy_MTRK

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#InnoWeek_2023

“KREATIV TA’LIM” KUNI DOIRASIDA 100 GA YAQIN LOYIHALAR NAMOYISH ETILDI

⚡️Navoiy viloyatida to‘rt kun davom etgan “Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek.uz – 2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi bugun NavDKTUda yakunlandi. Bu yilgi haftalik “Yoshlar”, “Startaplar”, “Ilm-fan va tijoratlashtirish” va “Kreativ ta’lim” yo‘nalishlarida tashkil qilindi.

Unda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Navoiy viloyat bo‘limi, NavDPI, NavDKTU hamda Navoiy innovatsiyalar universiteti vakillari qatnashib, olimlar, talabalar va tadqiqotchilarning kreativ g‘oyalari, startaplari va innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Bizni kuzating:
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube