NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#live

TYUTORLAR FAOLIYATINI TASHKIL ETISHGA DOIR DOLZARB MASALALARGA BAGʻISHLANGAN SEMINAR BOʻLIB OʻTMOQDA

Shu yilning 26-oktyabr sanasida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida OTMlari tyutorlari uchun namunaviy seminar-trening oʻtkazilgan edi.

Respublikamizdagi barcha oliygohlarning 2 nafardan tajribali tyutorlari ishtirok etgan seminarda NavDPI Tarix hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari tyutorlari A.Xolova, D.Mansurovalar ham faol qatnashib, tyutorlik institutini rivojlantirish, ular faoliyatini takomillashtirish, talaba-qizlar bilan profilaktik ishlarni jadallashtirish, axborot-murabbiylik soatlari, talabalarni qoʻllab-quvvatlashning huquqiy asoslari, talabalar bilan individual va jamoaviy ishlashning psixologik jihatlari kabi bir qator dolzarb mavzularda, yangicha yondashuvlar asosida tajriba orttirishdi.

Oʻzlashtirilgan bilim va koʻnikmalarni bugun fakultet tyutorlariga trening tarzida yetkazildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
MILLIY QADRIYATLAR — MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI

⚡️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrugʻi hamda Navoiy davlat pedagogika institutining 2023/2024-oʻquv yili davomida oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasiga muvofiq, shuningdek, 31-oktabr — Milliy qadriyatlar kuni munosabati bilan NavDPI O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

Unda respublikamizning turli viloyatlaridan kelib, tahsil olayotgan talabalar palovning buxorocha, samarqandcha, andijoncha, xorazmcha va boshqa turlarini tayyorlab, hakamlar hay’atiga taqdim etdilar. Shu bilan birga, fakultet “Qizlarjon” klubi a’zolari tomonidan namoyish etilgan milliy hunarmandchilik, milliy liboslar va milliy zargarlik buyumlari barcha ishtirokchilarni o‘ziga jalb qildi. Shuningdek, yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiq va raqslar ijro etilib, faol talabalar taqdirlandilar.

Bizni kuzating:
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#TABRIKLAYMIZ

Bugun tugʻilgan kun — Qurbonov Xurshid Raupovich.

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor, tarix fanlari nomzodi, dotsent Xurshid Qurbonov 1982-yil 2-noyabrda Navoiy viloyati, Karmana tumanida tugʻilgan.

X.Qurbonov 2004-yil Navoiy davlat pedagogika instituti bakalavr, 2006-yil magistratura, 2010-yil Andijon davlat universiteti aspiranturasini tamomlagan.

2006-2019-yillarda Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi siyosiy tashkilotchisi, “Yoshlar qanoti” raisi, Umumiy tarix kafedrasi oʻqituvchisi, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Xurshid Qurbonov 2019-yildan buyon Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

Tavallud kunlari bilan Xurshid Raupovichni institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz va sihat-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt-saodat hamda kasbiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍3👏2