NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
BIZ BIR BO‘LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!

Mamlakatimizda ilk bor prezidentimiz tashabbusi bilan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu g’oya asosida 10-noyabr kuni butun respublikamiz bo‘ylab “Ma’naviyat marafoni” bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun erta tongdan Navoiy shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ining san’at maydonida marafonga start berildi.

Bayram tadbirida viloyat hokimi o‘rinbosari J Xodjayev, viloyatdagi korxona va tashkilot rahbarlari, adabiyot va san’at namoyondalari, keng jamoatchilik hamda yoshlar, xususan, Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari ishtirok etdi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Ўзбекистонда 2023-йил  энг намунали фаолият юритган ОТМ Ректори қайси?

Сўровнома 18-Ноябрь соат 23:59 гача давом этади.

Энг кўп овоз тўплаган 2 нафар ОТМ ректори  кейинги боқичга чиқади


👉 ОВОЗ БEРИШ

@navdpi_edu_uz
#tanlov

KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI


Maʼlum qilganimizdek, bugun Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni va “Aksilkorrupsiya oyligi” munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Dastlab, tanlov shartlari, tartib-qoidalari va mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, talabalar mavzu bo‘yicha insho yozishga kirishdilar.

Tanlov natijalari ertaga, 11-noyabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
❤1👍1
Ajdodlar mardona, ruhi senga yor

Talaba-yoshlar o‘rtasida ajdodlarimiz merosi, jasorati haqida nazm va navo she’rxonlik tanlovini o‘tkazish hamda “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida NavDPI tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyida O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining iqtidorli talabalari orasida “Ajdodlar mardona, ruhi senga yor” mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi.

Unda eng sara she’lar mualliflari fakultet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandilar.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NAVDPI JAMOASI MA’NAVIYAT MARAFONIDA FAOL ISHTIROK ETDI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalar “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘ida o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda faol qatnashdilar.

“Milliy qadriyatlar – millat ko‘rki”, “rasmlar tanlovi”, “yurish marafoni”, “milliy kiyim namoyishi” kabi yo‘nalishlarda bayram tadbirlari va loyihalar amalga oshirildi.

Mazkur marafondan ko‘zlangan maqsad — yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni keng targ‘ib qilish sanaladi.

Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
FAKULTETDA OSH CHEMPIONATI O‘TKAZILDI

🔰Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Biz bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida “Milliy taomimiz — Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi.

✔️Unda fakultet rahbariyati, tyutorlari va professor-o‘qituvchilar tashkilotchiligida talabalar 21 ta qozon-o‘choqda osh tayyorladilar. Bir-birovidan mazali palovlarning turli xil ko‘rinishda institut rahbariyati va hakamlar hay’ati baholab bordi.

Oliy o‘rin fakultetning 306-guruh talabalariga nasib etdi. Shuningdek, birinchi o‘rinni 307, 303, 205-guruhlar, ikkinchi o‘rinni 106, 204, 308-guruhlar, uchinchi o‘rinni 302, 101, 203, 305-guruhlar egalladi.

Oliy o‘rin olgan jamoa keyingi, institut bosqichida ishtirok etadi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling


™️:@NavDPI_Rasmiy
❤1