NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Talabalar_haftaligi
#teatr

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining institut bosqichi yakunlandi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qobiliyatlarini toʻla namoyon ettirish, ularni madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyasi”ning 2-tur institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tarix fakulteti jamoasining “Padarkush”, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti jamoasining “Ona va kechikkan farzand”, San’atshunoslik fakulteti jamoasining “Kelinlar qo‘zg’oloni”, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasining “Endi dadam bo‘ydoq” nomli spektakllari namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#Foto_kolleksiya

📸“Yilning eng yaxshi tyutori - 2023” tanlovidan #fotoreportaj

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
NDU - Navoiy davlat universiteti
#Foto_kolleksiya 📸“Yilning eng yaxshi tyutori - 2023” tanlovidan #fotoreportaj 📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling 👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_haftaligi

“Eng namunali tyutor” koʼrik tanlovining institut bosqichi boʼlib oʼtdi

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti tyutorlari (guruh murabbiylari) oʼrtasida “Yilning eng namunali tyutori - 2023” tanlovining institut bosqichi yakunlandi.

Tanlov ishtirokchilari 3 ta shart boʻyicha oʻzaro bellashdilar. 1-shart tanishtiruv boʻlib, bunda tyutorlar oʻz faoliyatlarini taqdimot yoki videorolik koʻrinishida yoritib berishdi. “Bilimlar sinovi” deb nomlangan 2-shartda muhrlangan konvertda har bir ishtirokchiga 5 tadan savol berildi. 3-shart esa “Mening tashabbusim” nomli ijtimoiy loyiha sharti boʻlib, bu shartda tyutorlar talaba-yoshlar bilan ishlash va ularni qoʻllab-quvvatlashning mutlaqo yangicha yondashuv asosidagi loyihalarini namoyish etishdi.

Komissiya aʼzolari tomonidan ishtirokchilar xolis baholandi hamda eng yaxshi tyutor nominatsiyalari boʻyicha saralandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Sport

KUCHLI SHAXMATCHILAR NOMI MA’LUM BO‘LDI

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari orasida shaxmat musobaqasi tashkil etildi.

Qizlar o‘rtasida
🥇-o‘rinni O‘g’iloy Norqulova (Ingliz tili va adabiyoti fakulteti),
🥈-o‘rinni Aziza Ergashova (Tarix fakulteti),
🥉-o‘rinni Yorqinoy Irgashova (Rus va qozoq filologiyasi fakulteti) qo‘lga kiritdi.

Yigitlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Umid Pardayev (Fizika-texnologik ta’lim fakulteti);
🥈2-o‘rin — Quvonch Toshmurodov (Matematika-informatika fakulteti);
🥉3-o‘rin — Fahriddin Aslonov (Jismoniy madaniyat fakulteti).

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy