NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Fakultet_xabarlari

🔹Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Yangi O‘zbekistonda — yangicha bahor” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda milliy an’ana va milliy qadriyatlar namoyish etildi.

➖➖➖➖➖

🔹Fizika-texnologiya fakulteti hamda “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi hamkorligida bayram tadbiri o‘tkazildi. Talaba-yoshlar turli sahna ko‘rinishlari orqali Navro‘zning kelib chiqishi, tarixi, an’ana, urf-odat va marosimlari hamon elimiz ardog‘ida ekanini ko‘rsatib berishdi.

➖➖➖➖➖

🔹Rus va qozoq filologiyasi fakultetinig 1-bosqich talabalari ishtirokida “Xush kelding, Navro‘z!” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari F.Aliyev, fakultet tyutorlari hamda talabalar faol ishtirok etdi.

#Jarayon #Navro’z

@NavDPI_Rasmiy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jarayon #Navro’z #NavDPI

INSTITUTDA NAVRO‘Z SHUKUHI


Navoiy davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida, talabalar turar joylarida 21-mart Navro‘z bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, konsert dasturlari bo‘lib o‘tmoqda.

🎬NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube
🔥1
#LIVE #NavDPI_pressa

NAVOIY SHAHRIDAGI “YOSHLIK” KO‘LI BO‘YIDA NAVRO‘Z BAYRAMI SAYLI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bayram saylida Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, fakultet dekanlari, tyutorlar, dekan o‘rinbosarlari hamda talabalar ishtirok etmoqda. Turli badiiy va ko‘rgazmali chiqishlar, folklor-etnografik jamoalari hamda san’atkorlar o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan viloyatimiz ahliga zavq ulashmoqda.

Navro‘z sayli jarayonlari aks etgan fotolavhalardan bahramand bo‘ling.

Suratlar mualliflari: Kamol Xolov, Ziyonur Shuhratov, Farhod Abdusalomov


@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Bayram_shukuhi

NAVOIY SHAHRIDAGI “YOSHLIK” KO‘LI BO‘YIDA NAVRO‘Z SAYLI QIZGʻIN DAVOM ETMOQDA


Bayram saylida Navoiy viloyati hokimi, senator Normat Tursunov ishtirok etib, Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan pavilyonga tashrif buyurdi. Talabalar, professor-o‘qituvchilar bilan muloqot qildi, esdalik uchun fotosuratlar olindi. Sportchi yoshlarga esdalik sovg’alari ulashildi.

#NavDPI_pressa
👍1
#Fotoreportaj

NAVRO‘Z SHUKUHI

⚡️Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan bayram saylida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov institut xodimlari va professor-oʻqituvchilari hamda talabalari bilan uchrashib, dildan suhbat qurdi, ularni muborak Ramazon oyi va Navroʻz ayyomi bilan muborakbot etdi. Institut jamoasi bilan olingan fotosuratlar tarixga muhrlandi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube
👍1