NDU_NSU_NGU
380 subscribers
19.3K photos
2.32K videos
387 files
5.01K links
Download Telegram
Халқаро анжуманда тил ва адабиётнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди

Навоий давлат университетида Рус тили ва адабиёти кафедраси томонидан “Ўзбекистоннинг кўп маданиятли муҳитида тил ва адабиётни ўқитишда инновацион ва рақамли технологиялар” мавзусига бағишланган халқаро илмий-амалий анжуман бўлиб ўтди.

Ушбу нуфузли тадбирда мамлакатимиз профессор-ўқитувчилари, Россия, Туркия, Ҳиндистон ва бошқа давлатлардан таниқли тилшунослар, адабиётшунослар, педагоглар ҳамда ёш олимлар иштирок этди.

Анжуман замонавий таълимда рақамли воситалардан фойдаланиш, инновацион педагогик ёндашувлар ва интерактив методларни амалиётга татбиқ этиш борасидаги илғор тажрибаларни муҳокама қилишга қаратилди.


Тадбир давомида илмий маърузалар, фикр алмашувлар ва тематик муҳокамалар ташкил этилди. Анжуман якуни бўйича тайёрланадиган илмий тўпламда 100 дан ортиқ маҳаллий, шунингдек 20 га яқин хорижий тадқиқотчиларнинг илмий мақолалари чоп этилиши режалаштирилган.

🇺🇿Навоийликларга қўшилинг👇
➥https://t.me/joinchat/RWeqIuBQ9V0K63_4
💎💎💎💎💎💎💎

Navoiy davlat universitetida “Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi: muammo, tadqiqot va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda NDU maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti hamkorligida tashkil etildi.

Anjumanda boshlang‘ich ta’limdagi dolzarb muammolar, ilmiy tadqiqotlar natijalari va amaliy yechimlar muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘quv jarayonini takomillashtirish, innovatsion metodikalar va tajriba almashish bo‘yicha fikr almashdilar.

Tadbir sohada yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish va samarali yechimlar ishlab chiqish uchun muhim dasturilamal bo‘ldi.

👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#oav

Ko‘p madaniyatli muhitda til o‘qitishga raqamli yondashuv

Batafsil: https://uza.uz/uz/

@navdu_navsu
👍1
💎💎💎💎💎💎💎

Boshlang‘ich ta’lim sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi

Navoiy davlat universiteti Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi tomonidan “Boshlang‘ich ta’limning global masalalari: muammo, tadqiqot, nazariya, amaliyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Tadbirni universitet rektori, professor M. Kalonov ochib berib, mavzu doirasidagi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Anjumanda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’lim jarayonida raqamli yondashuvlar, boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashinuvi kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Janubiy Afrika Respublikasi (JAR), Filippin va boshqa davlatlardan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar hamda ilmiy mutaxassislar ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari orqali ilmiy yangilik va innovatsion yondashuvlarini taqdim etdilar.

👌Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати


🧠Veb Sayt |✈️ Telegram | 🌐Facebook | 📸Instagram | ▶️ Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1