Nurafshon shahar hokimligi
1.9K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
#Nurafshon_shahri
#yollarni_tozalash

🌨 Qorning yogʻishi chiroyli manzara hosil qilishi bilan birga piyodalar va haydovchilar harakatida birmuncha noqulayliklar tugʻdirishi ham tabiiy hol.

🔹 Shu sabab shahrimizning jonkuyar obodonlashtirish xodimlari erta tongdan shahrimiz boʻylab yoʻlaklar qordan tozalash ishlarini bir zum ham toʻxtatganlari yoʻq.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar

🤩Yoshlar — kelajak poydevori!

🔥 Yoshlar ishlari agentligi
Nurafshon shahar bo'limi tashabbusi bilan yana bir bora “Gulxan shou” tadbiri bo’lib o’tmoqda

http://t.me/yia_nurafshon_yoshlari
Nurafshon shahar obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

Nurafshon shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari shahar bo'ylab obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda.

#Nurafshon #Obodonlashtirish #ShaharRivoji #Ekologiya #Ko'kalamzorlashtirish #Infratuzilma #YashilHudud #ShaharHayot

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Nurafshon_shahar
#maʼrifat_soati

⚡️
Nurafshon shahar hokimligi xodimlarining ma’naviy, siyosiy bilimlarini oshirish, mamlakatimizda bo‘layotgan islohotlarni birdek daxldorlik ruhini shakllantirish maqsadida xodimlar o‘rtasida "Siyosiy-ma’rifat soati" tashkil etildi.

Ma’naviyat soatida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida xodimlar sohaviy faoliyat va siyosiy jarayonlarga oid o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiylik sohasiga qiziqtirish va qutqaruvchilik kasbining sharafini yoshlarga singdirish maqsadida Prezident maktabida tadbir tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchi va yoshlar Favqulodda vaziyatlar vazirligi xizmat faoliyati, maxsus texnika va asbob-anjomlar bilan tanishtirildi.

Tadbir yoshlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorligini oshirish, ularni qutqaruvchilik kasbi bilan tanishtirishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

#Nurafshon #HarbiyVatanparvarlik #FavquloddaVaziyatlar #Qutqaruvchilik #PrezidentMaktabi #Yoshlar #Vatanparvar #Texnika #AsbobAnjom

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

Nurafshon shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda mahalla raislari o‘z mahallasida amalga oshirgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, savollarga javob berishdi.

Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan eng yaxshi mahalla raislari taqdirlandi. Tanlov mahallalararo tajriba almashish va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

#Nurafshon #ObodXonadon #ObodKocha #ObodMahalla #SoglomTurmush #Ko‘rikTanlov #Obodonlashtirish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Yoshlar o'rtasida sportning shaxmat turidan “DSI rahbari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy tarbiya, sportga qiziqishni oshirish maqsadida 2025-yil 28-fevral kuni “Shaxmat” turi boʻyicha mahallalardagi yoshlar oʻrtasida “Nurafshon shahar DSI rahbari” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Musobaqa Yoshlar markazida o‘tkazildi.

Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stona muhitni mustahkamlashga hissa qo‘shishga xizmat qilmoqda. Tadbir shahar DSI rahbari J.Sayfiyev tashabbusi bilan Yoshlari ishlari agentligi va shahar sport maktabi hamkorligida tashkil etildi. Nurafshon shahri DSI rahbari ishtirokida musobaqada g‘olib bo‘lgan yoshlar taqdirlandi.

#Nurafshon #Shaxmat #Sport #Yoshlar #SoglomTurmush #ShaharDSI #Taqdirlash #Do‘stonaMuhit #JismoniyTarbiya #MahallaYoshlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Turon” Maktab Teatri Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🎭🏆

Nurafshon shahrida maktab o‘quvchi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri Respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

🥇 1-maktabning "Nihol" jamoasi ijodiy mahorati va sahna ko‘nikmalari bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

“Turon” Maktab Teatri Maqsadi:

O‘quvchilarda milliy va umuminsanaviy qadriyatlar bo‘yicha hurmatni shakllantirish;
Teatr san’ati orqali ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish;
Yosh ijodkorlarni qidirib topish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
Sahna mahoratini rivojlantirish va nutq madaniyatini oshirish;
Maktab teatr jamoalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni kuchaytirish.
Bu ulkan yutuq yosh ijodkorlarimizga yanada ilhom va rag‘bat bag‘ishlaydi. "Nihol" jamoasiga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

San’at, ijod va mahorat – g‘alabaga yo‘l! 🎭

#Nurafshon #TuronMaktabTeatri #YoshIjodkorlar #Ijod #Sanat #NiholJamoasi #G‘alaba