Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
“Turon” Maktab Teatri Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🎭🏆

Nurafshon shahrida maktab o‘quvchi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri Respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

🥇 1-maktabning "Nihol" jamoasi ijodiy mahorati va sahna ko‘nikmalari bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

“Turon” Maktab Teatri Maqsadi:

O‘quvchilarda milliy va umuminsanaviy qadriyatlar bo‘yicha hurmatni shakllantirish;
Teatr san’ati orqali ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish;
Yosh ijodkorlarni qidirib topish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
Sahna mahoratini rivojlantirish va nutq madaniyatini oshirish;
Maktab teatr jamoalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni kuchaytirish.
Bu ulkan yutuq yosh ijodkorlarimizga yanada ilhom va rag‘bat bag‘ishlaydi. "Nihol" jamoasiga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

San’at, ijod va mahorat – g‘alabaga yo‘l! 🎭

#Nurafshon #TuronMaktabTeatri #YoshIjodkorlar #Ijod #Sanat #NiholJamoasi #G‘alaba