Nurafshon shahar hokimligi
1.89K subscribers
34.5K photos
3.26K videos
45 files
10.3K links
Download Telegram
#Nurafshon
#g‘alaba
#muborak

Chirchiq davlat pedogogika universitetida Xalq taʼlimi vazirligining "5 ta muhim tashabbus festivali"da gʼoliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh o‘quvchilar taqdirlanishdi.

E'tirof etilgan yoshlar safida nurafshonlik o‘quvchilar ham bor.

Jumladan, Nurafshon shahar 1-IDUM o‘g‘il bolalar jamoasi sport yo‘nalishining stritbol sport turida respublikada 1-o‘rinni va qizlar jamoasi sportning shu yoʼnalishida respublikada 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovgʼalarni qo‘lga kiritishdi.


✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
#Muborak_ramazon

🌙Bugun Nurafshon shahrining Nurafshon mahalla fuqarolari yig'inida ehtiyojmand oila xonadonida iftorlik dasturxoni yozildi.

Nurafshon shahrimizning barcha mahallalarida – inson qadrini ulugʻlash, mehr va yordamga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov tashabbusi, sahiy homiylar ishtirokida ehtiyojmand oila xonadonlarida iftorlik dasturxoni yozilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
💐#muborak_boʻlsin

⚡️Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan Nurafshon shahar “Mashʼal” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Hakimov Tolib Adilovich “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Hakimov Tolib Adilovichni Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov hamda shahar hokimligi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt