Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#o'rganish

Bugun sektor rahbarlari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088-sonli qaroriga asosan “Degantepa” MFY hududidagi "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” faoliyati bilan tanishdi.

"Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi”dagi mavjud muammolar yuzasidan shahar hokimi I.Klichxanov tomonidan tegishli tashkilotlarga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
#o'rganish

📌Nurafshon shahar 3-sektor rahbari podpolkovnik M.R.Sottiyev sektor hududidagi Taraqqiyot MFYga bo'lib, u yerda mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat olib borayotgan beshlik bilan uchrashib ularning shart-sharoitlari, mavjud muammolari hamda ijtimoyi profilaktika yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarini o‘rgandi.

🖇Shundan song, Taraqqiyot  MFYda faoliyat olib borayotgan beshlik xodimlari bilan birgalikda  ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va ijtimoiy mumammolar o‘rganlidi.

⚡️Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
#o'rganish

"Dehqonobod" mahallasida "Obod xonadon", "Obod koʼcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

📌Bugun Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov "Dehqonobod" mahallasida ushbu olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, mahalladagi beshlik hududdagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik choralarini ko’rish, kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha sektor hamkorligini kuchaytirish hamda mahallada olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.

📍Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

🖊Shuningdek, shahar rahbari fuqarolarning muammolari joyiga chiqqan holda o'rganilib, ushbu muammolar yuzasidan shu joyning o‘zida tegishli masʼullarni jalb qilib, mavjud muammolarni o‘rganish, ijobiy hal etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berib, ijrosini nazoratga oldi.

✏️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.

https://t.me/Nurafshonpressa
#o'rganish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 10-noyabrda qabul qilingan 596-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari uyma-uy yurib mazkur qaror mazmun mohiyatini fuqarolarga yetkazishmoqda. Shuningdek, ijtimoiy nafaqa olish uchun “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga ro‘yxatga kirish uchun ariza bergan fuqarolarning uyiga borib, haqiqiy holat o‘rganilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👇
https://t.me/Nurafshonpressa
#FVB
#o'quv_mashqlari

Nurafshon shahrida joriy yilning 5-7-noyabr kunlari
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkaziladi

👉Batafsil o'qish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O‘zlik

Milliylik qonimizda | Toshkent viloyati hokimligi jamoasi

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliylikni Saqlash – Bizning Vazifamiz! 🇺🇿

Bugungi kunda milliylikni saqlash va qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazish juda muhim. O‘zbek madaniyatini rivojlantirish va tilimizni hurmat qilish bizning g‘ururimizdir.

Bu chellenjda o‘z milliyligimizni saqlashga bo‘lgan mas'uliyatni his qilaylik!

#Milliylik #O‘zbekMilliyligi #MilliyQadriyatlar #O‘zbekMadaniyati #MilliyMeros #Chellenj #Yoshlar #G‘urur #BizningMerosimiz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahrida uch avlod uchrashuvi bo'lib o'tdi

2025-yil 1-mart kuni Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta'lim maktabida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu uchrashuv Koreys Milliy Markazi tomonidan o‘tkazildi va unda uch avlod vakillari – nuroniylar, koreys millati jamoasi va yoshlar ishtirok etdi.

👉Batafsil o'qish

#Nurafshon #KoreysMilliyMarkazi #UchAvlodUchrashuvi #MilliyMeros #KoreysMillatiJamoasi #PQ92Qarori #YoshlarVaAvlodlar #MehnatQahramonlari #Tadbir #O'rtaChirchiq #MadaniyMeros #AvlodlararoAloka #Do'stlik #KoreysMeros

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo‘yicha loyihalar menejeri G.Eruvbayeva va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A.Ergashovlar tomonidan shahar umumta'lim maktablarida elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida o‘qituvchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, OneID tizimi orqali kirish va pullik xizmatlar uchun chegirmalar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, my.gov.uz portalidagi "Axborot va aloqa" va "Fuqarolik" sohalariga oid xizmatlar amaliy namoyish etildi.

Tadbir o‘qituvchilar va maktab xodimlariga raqamli xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur bilimlar berdi.

#Nurafshon #RaqamliIqtisodiyot #ElektronXizmatlar #YagonaPortal #OneID #mygovuz #OquvSeminari #RaqamliHukumat #O'qituvchilar #Ta'lim #FuqarolikXizmatlari #AxborotAloqa #RaqamliXizmatlar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt