Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda zovurlar tozalanib, o‘rdakchilikni rivojlantirishga zamin yaratilmoqda

Shahar hokimining topshirig‘iga asosan, Nurafshon shahri "Degantepa" MFY hududidagi zovur bo‘ylari tozalanmoqda. Ushbu ishlar o‘rdakchilikni rivojlantirish hamda hudud ekologik holatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, zovur yoqalarida kichik hududlar tashkil etilib, aholiga tender asosida bo‘lib berish rejalashtirilgan. Bu esa o‘rdak parvarishlash texnologiyalarini joriy qilish va aholining bandligini oshirishga xizmat qiladi.

Mazkur tashabbus natijasida zovur atrofidagi hududlar obodonlashtirilib, zamonaviy va samarali parrandachilik yo‘nalishlaridan biri yo‘lga qo‘yiladi.

#Nurafshon_shahri #Obodonlashtirish #Ekologiya
#O‘rdakchilik #Qishloq_xo‘jaligi #Tabiatni_asraylik

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
#Yashil_makon 🌿
#Nurafshon_shahri
#Obod_shahar
#Ko‘chat_ekish
#Tabiatni_asraylik

🌱 Nurafshonda "Yashil makon" loyihasi davom etmoqda 🌱

Nurafshon shahrining Business City hududida shahar hokimi boshchiligida hokim o‘rinbosarlari, shahar hokimligi xodimlari, korxona va tashkilot rahbarlari, ishchi xodimlar hamda Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari ishtirokida "Yashil makon" loyihasi doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borildi.

🌿 Ko‘chat ekish uchun yerlar yumshatilib, tayyorlandi. Ushbu tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik muvozanatni saqlashga qaratilgan.

🌍 Tabiatni asrash – kelajak avlodga toza va yashil muhit qoldirish demakdir! 💚

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt