Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
#Nurafshon
#g‘alaba
#muborak

Chirchiq davlat pedogogika universitetida Xalq taʼlimi vazirligining "5 ta muhim tashabbus festivali"da gʼoliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh o‘quvchilar taqdirlanishdi.

E'tirof etilgan yoshlar safida nurafshonlik o‘quvchilar ham bor.

Jumladan, Nurafshon shahar 1-IDUM o‘
g‘il bolalar jamoasi sport yo‘nalishining stritbol sport turida respublikada 1-o‘rinni va qizlar jamoasi sportning shu yoʼnalishida respublikada 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovgʼalarni qo‘lga kiritishdi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
#g'alaba

Piskent tumani sport maktabi sun’iy mini-futbol maydonlarida bo'lib o'tayotgan “DXX kubogi – 2024” musobaqasining Toshkent viloyati bosqichlari qizg'in pallasiga yetib keldi.

Kuni kecha bo'lib o'tgan sportning mini – futbol turi bo‘yicha qiz bolalar va o‘gil bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan "DXX kubogi - 2024 " Toshkent viloyati yarim final bosqichi o'yinlarida Nurafshon shahrining "Qumariq" MFY o'gil bolalar jamoasi Bo'ka tumanining "Madaniyat" MFY jamoasiga qarshi maydonga tushishdi.

Qizg'in va murosalarga boy bo'lgan uchrashuvda kuchlar teng kelib, 3:3 hisobi qayd qilindi. O'yin taqdirini penaltilar seriyasi hal qilib, Nurafshon shahrining "Qumariq" MFY jamoasi final bosqichiga chiqdi.

Final bosqichida  yigitlarimiz Yuqori chirchiq tumanining "Navbahor" MFY jamoasiga qarshi top surishadi.

Final o'yinlarida shahrimiz yoshlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati

Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Turon” Maktab Teatri Nurafshon shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi 🎭🏆

Nurafshon shahrida maktab o‘quvchi jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Turon” maktab teatri Respublika ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.

🥇 1-maktabning "Nihol" jamoasi ijodiy mahorati va sahna ko‘nikmalari bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!

“Turon” Maktab Teatri Maqsadi:

O‘quvchilarda milliy va umuminsanaviy qadriyatlar bo‘yicha hurmatni shakllantirish;
Teatr san’ati orqali ma’naviy-ma’rifiy tarbiya berish;
Yosh ijodkorlarni qidirib topish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
Sahna mahoratini rivojlantirish va nutq madaniyatini oshirish;
Maktab teatr jamoalari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni kuchaytirish.
Bu ulkan yutuq yosh ijodkorlarimizga yanada ilhom va rag‘bat bag‘ishlaydi. "Nihol" jamoasiga viloyat bosqichida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

San’at, ijod va mahorat – g‘alabaga yo‘l! 🎭

#Nurafshon #TuronMaktabTeatri #YoshIjodkorlar #Ijod #Sanat #NiholJamoasi #G‘alaba
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Milliylikni Saqlash – Bizning Vazifamiz! 🇺🇿

Bugungi kunda milliylikni saqlash va qadriyatlarimizni yosh avlodga yetkazish juda muhim. O‘zbek madaniyatini rivojlantirish va tilimizni hurmat qilish bizning g‘ururimizdir.

Bu chellenjda o‘z milliyligimizni saqlashga bo‘lgan mas'uliyatni his qilaylik!

#Milliylik #O‘zbekMilliyligi #MilliyQadriyatlar #O‘zbekMadaniyati #MilliyMeros #Chellenj #Yoshlar #G‘urur #BizningMerosimiz

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
“Yilning eng yaxshi hamshirasi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat saroyida Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi hamshirasi" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z malakalarini namoyish etib, sog‘liqni saqlash tizimiga qo‘shgan hissalarini taqdim etdilar.

Tadbir davomida shahar Madaniyat bo‘limi xodimlari o‘z chiqishlari bilan ko‘rik-tanlovga ko‘ngilochar va jozibador tus berdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni terapiya bo‘limi hamshirasi Z. Qo'ziboyeva, 2-o‘rinni KTM bo‘limi hamshirasi M. To'xtayeva, 3-o‘rinni esa ginekologiya bo‘limi katta hamshirasi X. Boyeva egalladi.

G‘oliblar va ishtirokchilar Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi va kasaba uyushmasi tomonidan faxriy yorliq, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

#Ko'rikTanlov #YilningEngYaxshiHamshirasi #SogliqniSaqlash #Nurafshon #Tibbiyot #Hamshira #Tanlov #G‘oliblar

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Nurafshonda para-badminton musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar Sport maktabida Olimpiya va Paralimpiya sport haftaligi doirasida para-badminton musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalar Sport maktabi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, sport orqali kuch, chidamlilik va irodani namoyon qilishdi. Ushbu musobaqalar nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sportning har kim uchun ochiq va qulay ekanligini yana bir bor isbotladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar kelgusida ham davom etishi rejalashtirilgan.

#SportHaftaligi #ParaBadminton #Nurafshon #SportBarchaga #G‘alabagaIntilish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt
Nurafshon shahar hokimligi
Photo
📢 "Tashabbusli budjet – 2025" 1-mavsum g‘oliblari aniqlandi!

Nurafshon shahrida "Tashabbusli budjet – 2025" dasturining 1-mavsumi yakunlandi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 19 loyiha g‘olib deb topildi.

🏆 G‘olib bo‘lgan loyihalar:

📌 48-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydoni va yugurish yo‘lakchasi qurish, maktab hududini to‘liq o‘rash, basketbol, voleybol va vorkout maydonchalari barpo etish.

📌 26-sonli umumta’lim maktabi: maktabning fasad qismini va sport zalini ta’mirlash, kimyo xonasiga suv o‘tkazish.

📌 4-sonli umumta’lim maktabi: 7 dona elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 57-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 25-sonli umumta’lim maktabi: elektron doska (kompyuter texnikasi va o‘rnatish moslamasi bilan) xarid qilish.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): tez yordam bo‘limi va tug‘ruq bo‘limlari uchun yagona qabulxona qurish, ushbu qabulxonadan bo‘limlarga o‘tish yo‘laklarini tashkil etish, reanimatsiya va qabul bo‘limining o‘rnini almashtirib ta’mirlash.

📌 Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi (KTSHP): barcha davolash bo‘limlari va yo‘laklarining isitish batareyalari va tizimlarini almashtirish.

📌 Birlik mahallasi: yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va sportga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish maqsadida mini futbol maydonchasi qurish.

📌 10-sonli umumta’lim maktabi: 1-qavatning ichki qismini (sinfxonalar, yo‘laklar, eshik va romlarni almashtirish, yordamchi xonalarni ta’mirlash), sport zali va oshxonani ta’mirlash.

📌 7-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 62-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy futbol maydonchasi qurish.

📌 12-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: ta’mirlash ishlari olib borish.

📌 Muqumiy mahallasi: Bahor ko‘chasini (800m), Ziyolilar ko‘chasini (80m), Shodlik ko‘chasini (1200m) va Ravon ko‘chasini (300m) asfaltlash.

📌 2-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: omborxona qurish, yozgi ayvoncha qurish, sport maydonchasi barpo etish.

📌 16-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi: oshxonaning tom qismini yangilash, tashqi va ichki qismini to‘liq ta’mirlash (elektr, sanitariya-texnika, ventilatsiya, kanalizatsiya, devorlar), qorovulxona qurish, basseynni qaytadan qurish, asosiy bino fasadini ta’mirlash, 8 dona ko‘rkam soyabon o‘rnatish.

📌 Degantepa mahallasi: qabriston binosini yangidan ta’mirlash, ichki yo‘laklarini betonlashtirish.

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: zamonaviy sport maydonchasi qurish, boshlang‘ich sinf binosini ta’mirlash (eshik va derazalarni almashtirish, pol, shift va devor qismlarini yangilash, elektr simlarini almashtirish), ichki hojatxonani ta’mirlash (unitaz va rakovina o‘rnatish).

📌 9-sonli umumta’lim maktabi: moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, jihozlash.

📌 Obod Turmush mahallasi: mahalla idorasi qurish.

🚀 Ushbu loyihalar shahardagi infratuzilmani yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi!

#Nurafshon_shahar #Tashabbusli_budjet #G‘olib_loyihala

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt