Nurafshon shahar hokimligi
2.11K subscribers
36.1K photos
3.34K videos
47 files
10.7K links
Download Telegram
Nurafshonda para-badminton musobaqalari bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar Sport maktabida Olimpiya va Paralimpiya sport haftaligi doirasida para-badminton musobaqalari tashkil etildi. Ushbu musobaqalar Sport maktabi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, sport orqali kuch, chidamlilik va irodani namoyon qilishdi. Ushbu musobaqalar nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, sportning har kim uchun ochiq va qulay ekanligini yana bir bor isbotladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu kabi musobaqalar kelgusida ham davom etishi rejalashtirilgan.

#SportHaftaligi #ParaBadminton #Nurafshon #SportBarchaga #G‘alabagaIntilish

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
Telegram |Facebook | Instagram |You tube | Web sayt