Nurafshon shahar hokimligi
1.84K subscribers
32.7K photos
3.17K videos
44 files
9.81K links
Download Telegram
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 14-20 noyabr kunlaridagi qisqa xabarlar solnomasi:

1⃣ Moliya vazirligi huzuridagi "XT-XARID TEXNOLOGIYALARI" MCHJ hamda Nurafshon shahar hokimligi hamkorligida seminar-trening o'tkazildi.

2⃣ Nurafshon shahri markazida namunaviy loyihalar asosida "Nuroniylar maskani" qurilishiga start berildi.

3⃣ Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar boʼlimi tomonidan "Evalak" MFY aholisi hamda 25-maktab oʼqituvchi va oʼquvchilari bilan uchrashuv oʼtkazildi.

4⃣ Nurafshon shahar 1-IDUM o‘g‘il bolalar jamoasi sport yo‘nalishining stritbol sport turida respublikada 1-o‘rinni va qizlar jamoasi sportning shu yoʼnalishida respublikada 2-o‘rinni egallab, qimmatbaho sovgʼalarni qo‘lga kiritishdi.

5⃣ Nurafshon shahar "Yoshlik" MFYda O'zbekistonda ilk bor tajriba-sinov tariqasida qurilgan, energiya sarfi deyarli nolga teng bo'lgan uy bilan tanishuv bo'lib o'tdi.

6⃣ BMT Bosh kotibi yordamchisi, BMT Taraqqiyot Dasturi Administratorining yordamchisi Xaolyan Shu boshchiligidagi delegatsiya vakillari Nurafshon shahrida bo‘lishdi.

7⃣ Nurafshon shahar hokimining birinchi o'rinbosari Q.Alkarov tomonidan shahar hokimligida "Korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi kurashish hamda korrupsiya holatlarining oldini olish immunitetini shakllantirish" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

8⃣ Nurafshon shahar 3-sektor rahbari polkovnik O.G.Ganibekov sektor hududidagi ijtimoiy soha obektlari hamda ko'p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini o'rgandi.

9⃣ Nurafshon shahridagi "Solixa" nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchi qizlariga 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasinining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔟 Nurafshon shahar 3-sektor rahbari polkovnik O.G.Ganibekov, Xalq qabulxonasi mudiri T.Doniyorov hamda Nurafshon shahar Mahalla va nuroniylarni qo'llab quvvatlash bo'limi boshlig'i A.Utapovlar tomonidan "Yuksalish" MFYda sayyor qabul o‘tkazildi.

1⃣1⃣ "O‘zbekiston 24" telekanalining "Fakt 24" dasturida kuni kecha taqdimoti bo‘lib o‘tgan Nurafshon shahar "Yoshlik"MFY hududidagi energiya tejamkor uy to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

1⃣2⃣ Nurafshon shahar hokimi, shahar 1-sektor rahbari Muzaffar Saliyev tomonidan 57-maktabda sayyor qabul o‘tkazildi.

1⃣3⃣ Shahar hokimining o‘rinbosari K.Pardabayeva boshchiligidagi faol xotin-qizlar Nurafshon MFYda istiqomat qilayotgan, yolg'iz, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksa onaxonimiz xonadonida bo‘lishdi.

1⃣4⃣ Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturida Nurafshon shahar, "Yoshlik" MFY hududidagi energiya tejamkor uy to‘g‘risida lavha efirga uzatildi.

1⃣5⃣ Shuningdek, Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati,
Daryo.uz, Spot.uz, Uzreport news, Yangi O‘zbekiston kabi internet saytlarida Nurafshon shahridagi energiya tejamkor uy to‘g‘risida maqolalar e'lon qilindi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 21-27 noyabr kunlaridagi qisqa xabarlar solnomasi:

1⃣ Nurafshon shahar "Tong madaniyat markazi"da  "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondining Toshkent viloyati hududiy filiali va Shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hodimlari bilan hamkorlikda aholi orasida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

2⃣ Nurafshon shahar "Uchqun"MFYda DSI boshlig‘i, 4-sektor rahbari mahalladagi muammoli oilalar bilan navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi.

3⃣ Nurafshon shahridagi "Do‘stlik" uyida "25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni" munosabati bilan davra suhbati o‘tkazildi.

4⃣ Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Muzaffar Saliyev "Ma'rifat" MFYda mahalla fuqarolari uchun qabul o‘tkazdi.

5⃣ Shahar hokimi tomonidan "Oppoq" MFYda mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etildi.

6⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan "Ma'rifat" va "Oppoq" MYF fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

7⃣ Nurafshon shahrida besh tashabbus olimpiadasida Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan yoshlarga sport formalari topshirildi.

8⃣ Nurafshon shahridagi MFYlarda "COVID-19 infeksiyasiga qarshi aholini emlashga jalb etish" mavzusida davra suhbatlari olib borildi.

9⃣ Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashi deputati, "Yoshlar siyosati va xotin- qizlar gender tengligi bo'yicha" doimiy komissiya raisi Suleymanova Saodat Usmanovna tomonidan K. Pardabayeva boshchiligidagi  Nurafshon shahar Oila va xotin- qizlar bo'limi faoliyati uch kun davomida tizimli o'rganib chiqildi.

🔟 Nurafshon shahar IIB Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi bo'limi boshlig'i mayor I.Umarov tashabbusi bilan 3-sektor hududidagi "Oppoq" MFY Toshkent yo'li ko'chasidagi sement betonlar olib tashlandi.

1⃣1⃣ Nurafshon shahrida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha elektr resurslari isteʼmoli holatlari o‘rganildi.

1⃣2⃣ Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i K.Pardabayeva Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan "Mahalla va xotin-qizlar faollari uchun oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni oldini olish metodikasi" mavzusidagi oʻquv seminarida ishtirok etdi.

1⃣3⃣ Nurafshon shahridagi zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot klasteri xorij andozalari asosida tashkil etiladi.

1⃣4⃣ Nurafshon shahar "Dehqonobod" MFYda Shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli koʼp tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari bilan hamkorlikda aholiga xayriya tadbiri va tibbiy koʼrik o'tkazildi.

1⃣5⃣ Nurafshon shahridagi "Tong" madaniyat markazida Shahar hokimi boshchiligida 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida shahardagi maktab va bog'chalardagi ahvol, isitish tizimlari holatlari muhokama qilindi.

1⃣6⃣ Nurafshon shahar "Yangi obod" MFY 48-maktab yoʼlidagi holat yuzasidan murojaatga shahar hokimligi axborot xizmatining munosabati e'lon qilindi

1⃣7⃣ Nurafshon shahar 2-sektorda Xalq qabulxonasi mudiri T.Daniyarov va Shahar prokurori F.Mirzaev boshchiligida Hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

1⃣8⃣ Nurafshon shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, Viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi va Viloyat Reablitatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda ayollar o‘rtasida sport musoboqalari o‘tkazildi.

1⃣9⃣ "Mash'al" ijtimoiy siyosiy gazetasi uchun 2023 yilga obuna mavsumi davom etmoqda.

2⃣0⃣ Nurafshon shahar hokimligi tomonidan shahrimizdagi 57-maktabda sayyor qabul o‘tkazildi. Uni shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Qahramon Alkarov olib bordi.

2⃣1⃣ Tatariston Respublikasining dunyoga mashhur "Уютный дом" kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya shahrimizda mehmon bo‘lishdi. Endilikda ular bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati
#Nurafshon
#hokimlik
#haftalik
#dayjest

📆
28.11.2022
📆 04.12.2022

1⃣ "Dehqonobod" MFYda fuqarolar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

2⃣ 4-umumtaʼlim maktabida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan tadbir tashkil etildi.

3⃣ Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan "Keksalar turizmi oyligi" doirasida Muqimiy teatriga sayohat uyushtirildi.

4⃣ Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillari Nurafshonga ishchi tashrif bilan keldi.

5⃣ "Obod turmush" MFYda tibbiy ko‘rik  tashkil qilindi.

6⃣ Koreya-Oʻzbekiston Biznes uyushmasi raisi Edvard Kim boshchiligidagi delegatsiya vakillari Nurafshon shahridagi prezident maktabida bo'lishdi.

7⃣ 57-maktabda "Biz-yot gʼoyalarga qarshimiz" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.

8⃣ Shahar madaniyat boshqarmasining hisobot konsert dasturi-tizer varianti taqdim etildi.

9⃣ Shahar prezident maktabida o‘quvchilar uchun tibbiy ko'rik tashkil qilindi.

🔟 "Tong" madaniyat markazida "Yoshlarni turli radikal qarashlardan asrash" mavzusida o‘quv tadbiri o‘tkazildi.

1⃣1⃣ K.Pardabayeva hamda "Oybek" MFY xotin-qizlar faoli R.Tadjikulova mazkur mahalladagi M.Mannopova xonadonida bo‘lishdi.

1⃣2⃣ Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bo'limi tomonidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

1⃣3⃣ Shahar hokimining 2022 yil 30 noyabr kunidagi 315-10-213-F/22 sonli farmoyishi ijrosini ta'minlash yuzasidan yigilish bo‘lib o‘tdi.

1⃣4⃣ "Birlik" MFYda yangi qurib bitkazilgan "Davr" milliy taomlari restoranining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1⃣5⃣ A.Kinatbekov tomonidan shahar tibbiyot birlashmasida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

1⃣6⃣ Nurafshon shahar markazida pirotexnika vositalari savdosining oldi olindi.

1⃣7⃣ 48-maktabda "Huquqbuzarlik, jinoyatchilik va pirotexnika vositalari va uning salbiy oqibatlari" mavzusida profilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

1⃣8⃣ Nurafshondan Samarqandga qorabayr otlari karvoni yo‘lga chiqdi.

1⃣9⃣ Shahar "Dehqon bozori" hududida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

2⃣0⃣ Nurafshonda 15-noyabrdan 15-dekabrgacha "Yong'in xavfsizligi oyligi" o'tkazilmoqda.

2⃣1⃣ "Preyss house" MChJ qurilish obektida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.

2⃣2⃣ DSI tashabbusi bilan 25 ta nogironligi mavjud bo‘lgan xonadonlarga yo‘qlov tadbiri uyushtirildi.

2⃣3⃣ Shahar Xalq taʼlimi bo‘limi tomonidan imkoniyati cheklangan 23 nafar o‘quvchilar holidan xabar olindi.

2⃣4⃣ 57-maktabda Shahar hokimi, 1-sektor rahbari Muzaffar Saliyev tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

2⃣5⃣ Shahar FVBda "Yo'l harakati xavfsizligi oyligi va korrupsiyaga qarshi kurash" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

2⃣6⃣ Nurafshon shahridagi "Yoshlar markazi"da xayriya aksiyasi bo'lib o'tdi.

2⃣7⃣ Muzaffar Saliyev tashabbusi bilan shahardagi MFYlarda istiqomat qilib kelayotgan nogironligi bor fuqarolar xonadonlariga yo'qlov uyushtirildi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 5-11 dekabr kunlaridagi qisqacha xabarlar solnomasi:

1⃣ Shahrimizdagi 4, 26 maktablar va 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasalarining isitish tizimlari, qozonxonalar faoliyati o‘rganildi.

2⃣ Nurafshon shahridagi "O'zbegim" toʼyxonasida 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bagʼishlangan bayram tantanalari boʼlib oʼtdi.

3⃣ Nurafshon shahridagi "Yoshlar markazi"da O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag'ishlangan "Konstitutsiya – baxtimiz qomusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

4⃣ “Oʻzbekiston Konstitutsiyaning 30 yilligi” esdalik nishoni va "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko'krak nishonlari o'z egalariga topshirildi.

5⃣ Qoraqalpog‘istonda o‘tkazilgan "Besh tashabbus" olimpiadasi Respublika bosqichida Nurafshon shahrining "Obod turmush" mahallasi yoshlari faxrli 1-o'rinni egalladi.

6⃣ Registon maydonida NurafshonSamarqand yoʻnalishidagi 330 km. masofani Qorabayir zotli otlarda bosib oʻtgan chavandozlarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

7⃣ Nurafshon shahri Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida shahardagi aholi xonadonlarida xonadonbay tarzda profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

8⃣ "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi, 1-sektor rahbari Muzaffar Saliyev tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

9⃣ Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev boshchiligidagi mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari va yoshlar "Besh tashabbus" sport musobaqalari g‘oliblarini tantanali kutib olishdi.

🔟 G'oliblar va murabbiy-ustozlarga "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko‘krak nishoni hamda hokimlikning sovg'alari topshirildi.

1⃣1⃣ Toshkent viloyatining maʼmuriy markazi, Nurafshon shahri bugun ulkan qurilish maydoniga aylanmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 12-18 dekabr kunlaridagi qisqacha xabarlar solnomasi:

1⃣ Nurafshon shahridagi mahallalarga gaz balonlari yetkazib berildi.

2⃣ "Oybek" MFYda tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

3⃣ Yong‘in xavfsizligi oyligi doirasida "Dehqonobod" MFYda profilaktik suhbat o‘tkazildi.

4⃣ "Uchqun" MFY hududida joylashgan 26-maktab faollar zalida mahallalarga biriktirilgan oqila ayollar davra suhbati o‘tkazildi.

5⃣ "Uchqun" MFYda  40 yoshdan oshgan aholi orasida skrining tibbiy ko‘rik va kadrlar bo'limi boshlig'i tomonidan esa "Ish bor-hunar bor" shiori ostida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi tashkil o'tkazildi.

6⃣ 2-sektor hududidagi mahallalarda aholi muammolari o'rganilib xatlovdan o'tkazildi.

7⃣ Nurafshon shahridagi 1,2,3,4- sektorlarda joylashgan mahallalar oʻrtasida "Zakovat" intelektual oʻyini o'tkazildi.

8⃣ "Obod turmush" MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarning isitish tizimlari faoliyati o'rganildi.

9⃣ "Birlik" MFYda yashovchi I-guruh nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi.

🔟 "Degantepa" MFY aholisi uchun tibbiy ko'rik o'tkazildi.

1⃣1⃣ "Taraqqiyot" va "Yuksalish" MFYlarda xonadonbay o'rganish ishlarini olib borildi.

1⃣2⃣ Stritbol bo‘yicha Respublika final bosqichi g‘oliblari "Nurafshon shahrining 5 yilligi" yubiley esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

1⃣3⃣ 48-umumta’lim maktabida "Biz-yot g‘oyalarga qarshimiz" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

1⃣4⃣ "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

1⃣5⃣ Shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan Milliy gvardiya xodimlari va ularning  oila a'zolari uchun sog'lomlashtirish aksiyasi tashkillashtirildi.

1⃣6⃣ 3-sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruhi vakillari "Oppoq" MFY hududida ichimlik suvi muammosi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borishdi.

1⃣7⃣ Nurafshon davlat universiteti tashkil etilishi bo‘yicha Prezident qarori umumxalq muhokamasiga qo‘yildi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 19-25 dekabr kunlaridagi qisqacha xabarlar solnomasi:

1⃣ "Nurafshonshahargaz" gaz ta’minoti tomonidan shahrimizning  barcha hududlarida is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan profilaktik-targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

2⃣ Shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan MFYlarda yashovchi I-guruh nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olindi.

3⃣ Prezident Murojaatnomasi yuzasidan shahrimizning keng jamoatchilik vakillari o‘z munosabatlarini bildirishdi.

4⃣ "Nurafshon Arena sport maydoni"da shahardagi korxona-tashkilotlar o‘rtasida mini futbol, shaxmat, shashka sport turlaridan sport musobaqalari o‘tkazildi.


5⃣ Nurafshonda xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash markazi ochildi.

6⃣ Qozogʼiston Respublikasida boʼlib oʼtgan Oʼzbek jang sanʼati boʼyicha Osiyo chempionatida Nurafshon shahar 57-maktabning oʼquvchilari Qoʼchqorova Madina 1-oʼrin, Izzatova Xadicha 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.

7⃣ Nurafshon shahridagi 9-sonli maktabning yuqori sinf oʼquvchilari o'rtasida "Bojxona bilimdoni" koʼrik tanlovi oʼtkazildi.

8⃣ Nurafshon shahrida “Yangi O'zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari” tadbiri bo'lib o'tdi.

9⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha davra suhbati olib borildi.

🔟 Xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

1⃣1⃣ Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar MFY aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

1⃣2⃣ Bir guruh nuroniy-keksalarimizga hamda ularning oila a'zolariga esdalik kitoblari topshirildi.

1⃣3⃣ "Nurafshon siti" markazidagi amfiteatr maydonida bayramona bezatilgan 30 metr balandlikdagi ulkan archaning ochilishi bo'lib o'tdi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 1-8 yanvar kunlaridagi qisqacha xabarlar solnomasi:

1⃣ Taqiqlangan dori vositalari va ularni qabul qilmaslik bo‘yicha Nurafshon shahar hokimligi, shahar tibbiyot birlashmasi va qator hamkor tashkilotlar bilan ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, shahrimiz bo‘ylab tekshiruv, surishtiruv, xatlov ishlari olib borilmoqda.

2⃣ Nurafshon shahar 1-sektor hududidagi mahallalarda oilaviy sharoitda foydalanish kerak bo‘lmagan dori vositalari hamda ularni ishlatmaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

3⃣ Shahrimiz aholisiga qulaylik yaratish maqsadida shahar hokimligi tomonidan Nurafshon dehqon bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat savdo yarmarkasi davom etmoqda.

4⃣ Nurafshon shahar 3- sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan "Taraqqiyot" MFY aholisi muammolari o‘rganildi.

5⃣ "Tong" madaniyat markazida Nurafshon shahrida istiqomat qilayotgan ayollar ishtirokida "Ayollar daftari" to‘rtinchi bosqichi yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

6⃣ Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi xodimlari va mahalla patronaj hamshiralari tomonidan MFYlarda ta'qiqlangan dori-vositalarini qabul qilmaslik, har bir dorilarni albatta shifokorlar tavsiyasi bilan iste'mol qilish yuzasidan targ'ibot ishlari amalga oshirilmqda.

7⃣ Nurafshon shahrida joylashgan 4 ta sektorning barchasida "Ayollar daftari" 4-bosqich shtablari tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mas'ullar tomonidan u yerda samarali ish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

8⃣ "Yangi yilda-Toshkent viloyati boʼylab sayohat" tadbirlar rejasiga muvofiq Nurafshonlik bir guruh o‘quvchi-yoshlar shahar hokimligi tashabbusi bilan
sayohatga olib chiqildi.


9⃣ Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimligining fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.

🔟 Nurafshon shahar 1-sektor hududida joylashgan mahalla fuqarolari bilan suhbatlar olib borilmoqda. Muloqotda yaqinlashib kelayotgan anomal sovuq jarayonlariga tayyorgarlik, fuqarolar ehtiyojlaridan kelib chiqib ularni suyultirilgan gaz va ko'mir bilan taminlash borasida tushuntirishlar berilmoqda.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon
#haftalik
#dayjest

👨‍💻 Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmatining 9-15 yanvar kunlaridagi qisqacha xabarlar solnomasi:

1⃣ Shahar tibbiyot birlashmasi mas'ullari tomonidan tizimli ravishda "Quramax medical" preparatlaridan foydalanmaslik va uning salbiy oqibatlari  to'g'risida  targ'ibot ishlari olib borilmoqda.

2⃣ Nurafshon shahar 2-sektor ishchi guruhi a'zolari tomonidan shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli bo‘limlarda o‘rganish ishlari olib borildi.

3⃣ “Nurafshonshahargaz” ta’minoti bo‘limi tomonidan profilaktik-targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.

4⃣ Nurafshon shahar markazida joylashgan  kutubxonada ma'naviy-ma'rifiy uchrashuv tashkil etildi.

5⃣ Ayni kunlarda Nurafshon shahrida “Ayollar daftari” to‘rtinchi bosqichi uchun xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

6⃣ Nurafshon shahrida joylashgan ko'p qavatli uylarda yashovchi fuqarolarga qulayliklar  yaratish maqsadida uylar oldidagi qor-muzlamalar tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqildi.

7⃣ Nurafshon shahar hokimining shahar aholisiga murojaati e'lon qilindi.

8⃣ Muzaffar Saliyev shahrimizdagi ijtimoiy obyektlar, tibbiyot muassasalari va ko‘p qavatli uylardagi holatlar bilan tanishib, o‘rganib chiqdi.

9⃣ Nurafshon shahar hokimligi, Shahar IIB, shahar prokuraturasi va shahar "O'zsanoatqurilishbank" tomonidan bugungi anomal sovuq kunlarida shahrimizda mehnat qilayotgan fidoyi obodonlashtirish sohasi vakillariga issiq kofe va ovqatlar ulashildi.

🔟 Shahar hokimligi tomonidan har kuni 2 mahaldan bepul ovqat tashkil etilib, obodonlashtirish xodimlari va xalq bilan hamnafaslikda, birdamlikda xizmat qilayotgan soha mehnatkashlariga tarqatilib borilmoqda.

1⃣1⃣ Nurafshon shahar hokimligi faollar zalida Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining 71-sessiyasi bo'lib o'tdi.

1⃣2⃣ Nurafshon shahrida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan  shahar markazidagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

1⃣3⃣ "Tong" madaniyat markazida sana munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Muzaffar Saliyev harbiylarni bayram bilan qutladi.

1⃣4⃣ Shahar hokimi Muzaffar Saliyev Nurafshon shahrida umrguzaronlik qilayotgan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 98 yoshli Rahim ota Ilyosov xonadonida bo'ldi.

1⃣5⃣ Shahrimizdagi "Tong" madaniyat markazida shahar hokimi Muzaffar Saliyevning fuqarolar uchun navbatdagi sayyor qabuli o'tkazildi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

📲 Bizni kuzatib boring:👇

Sayt I Telegram I Facebook I Youtube
#Nurafshon_shahri
#Haftalik_ish_reja_ijrosi

Joriy yilning 25-mart kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar hokimning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorligida tuzilgan jadval asosida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Nurafshon shahar Barkamol avlod bolalar maktabida ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy muhit, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida zarur ko‘rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi haftalik ish rejaga ko‘ra Nurafshon shahar O‘zbekiston Mudofaaga ko‘maklashuvchi Vatanparvar tashkiloti Nurafshon shahar bo‘limi, shahar Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida yoshlar ishtirokda 9-aprel – Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan “Buyuk sarkardalarimizning jasorati va harbiy me’rosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O'tkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi bosh mutahassisi Sh. Radjapov yoshlarga Amir Temurning tarixdagi o'rni haqida nafaqat Buyuk davlat asoschisi va Uyg'onish davri yaratuvchisi sifatida gapirib berdi.

Tadbir ishtirokchilari o'zlani qiziqtirgan savollarga javob olishdi va o'zaro fikr almashildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 5 aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan, “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” ko'rik-tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.

Ko'rik-tanlov Nizom bo‘yicha o‘tkazildi, unda tanlov hakamlar hay'ati ishtirokchilar faoliyati to'g'risidagi taqdim etilgan hujjatlarni ko'rib chiqdi va to'plangan ballarni hisoblash bo'yicha natijalarni e'lon qildi.

To'plangan ballar bo'yicha 1-o'rinni 4-sonli maktab targ'ibotchisi G. Egamberdiyeva, 2-o'rinni 9-sonli maktab targ'ibotchisi M. Shukurova, 3-o'rinni 57-sonli maktab targ'ibotchisi I. Maxmudov egalladilar.

G’oliblarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nurafshon shahar bo’linmasi tomonida Diplom va tuplama kitoblar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 7 aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamkorligida 19-sonli umumtaʼlim maktabida, "Farzandimga kitob sovg'a qilaman" deb nomlangan aksiya o'tkazildi.

O'tkazilgan aksiyaga shahar markazidan ko'chma kitob do'koni taklif etildi. Ota onalar, o'qituvchilar va o'quvchilar faol qatnashdilar.

O'tkazilgan aksiyada 100 ga yakin ishtirokchilar kamrab olingan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 13-aprel kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi hamda shahar hokimning Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi bilan hamkorligida tuzilgan jadval asosida Nurafshon shahar “Dehqon bozori” MCHJda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida shahar “Dehqon bozori” MCHJda ijtimoiy va maʼnaviy-maʼrifiy muhit, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini taʼminlash, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish masalalari tanqidiy o‘rganildi.

Shuningdek, o‘rganish davomida zarur ko‘rsatma, taklif va tavsiyalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 19-aprel kuni shahardagi 25-sonli umumta‘lim maktabida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasi tomonidan maktabning kutubxonachisi N. Isayeva hamkorligida Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Kitobxonlik oiladan boshlanadi”, “Kitobxon ona-kitobxon bola” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

O'tkazilgan tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar bo‘linmasi bosh mutaxassisi Sh. Radjapov ishtirokchilarga oiladagi urf-odatlarimiz va kattalar va bolalar o‘rtasidagi maʼnaviy aloqaning ajralmas sharti oila davrasida kitob o‘qish yekanligini aytdi. Mashhur olimlarning turli asarlarida oilaviy o‘qish anʼanasining maʼnaviy shakllanishdagi o‘rni qanchalik katta yekanligini isbotlashimiz mumkin. Oila shaxsni shakllantirishning asosi, Markaziy bo‘g‘inidir.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#haftalik_reja_ijrosi

Joriy yilning 5-may kuni Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan “Ajdodlar jasorati-mangu barhayot” mavzusida ikkinchi jahon urush ishtirokchisi Ilyasov Raxim ota xonadoniga Nurafshon shahar maktab o‘quvchilari tashrif buyurishdi.

Bugun Raximota 98 yoshga kirdilar. Yoshlarimiz otaxonga sovgʻa salomlar taqdim etishdi. Yoshlarmiz otaxoni tavallud kuniga bagʻishlab sheʼrlar, sahna chiqarishlari bilan otaxoning duosini olishdi.

Raximota yoshlarga bosib oʻtgan umrlari,oʻsha urush xotiralarni yoshlarga aytib berdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Toshkent_viloyati
#Nurafshon_shahar
#haftalik_reja_ijrosi

🔰 Joriy yilning 18-may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Nurafshon shahar bo‘linmasining haftalik ish rejasiga asosan shahardagi 25-sonli umumta'lim maktabida “Sharq ayoli ma’rifati” tadbirlari doirasida “Qadriyatlarimiz bebaho boyligimiz” mavzusida maktabi o‘quvchilari bilan davra suhbat tashkil etildi.

♻️ Davra suhbat davomida Тошкент viloyati nuroniylar kengashi aʼzosi, Nurafshon shahar Maʼrifat targ‘ibotchilari aʼzosi Valijon Madmarov o‘quvchilarga milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, madaniyatimiz, xalqimizning urf-odatlari haqida so‘zlab berdi.

Suhbat davomida qatnashuvchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni oldilar.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
#Nurafshon shahar
#Haftalik ish reja ijrosi


☝️O'quvchi-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktabdan tashqari ta'limni yuqori bosqichga olib chiqish "Barkamol avlod" bolalar maktablarining eng ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

🇺🇿 T
obora yaqinlashib kelayotgan 1-sentabr - O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Nurafshon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

🖼Tadbir davomida to'garak a'zolarining mahoratlari bilan shahmat, shashka, rassomchilik bo'yicha tanlov o'tkazildi

Tadbirda Ma'naviyat va ma'rifat bo'linmasi bosh mutaxassisi N. Shaumarova qatnashdi.

Mazkur ko'rgazmadan maqsad iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi

@Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik _ish_reja _ijrosi
#Ma'rifat soati


✍️
Joriy yilning 8-sentabr kuni Nurafshon shahar mudofaa bo'limida "Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga yoshlarimiz ongini buzg'unchi yod g'oyalar bilan zaharlanishiga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma'rifat o'rnini jaholat egallashiga yo'l qo'ymaymiz" mavzusida "Ma'rifat soati" o'tkazildi.

Unda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva va din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov so'zga chiqib, ayrim ota-onalar bola tarbiyasi xususida beparvolik qilib, farzandining axloqiy va ma'rifiy tarbiyalari bilan shug'ullanish ikkinchi darajali bo'lib qolganligi, yoshlar ilmli, ma'rifatli bo'lishlariga jiddiy e'tibor qaratishlari borasida o'z fikrlarini bildirishdi.

✍️Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi

https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
Dunyoviy davlat — davlatning konstitutsiyaviy huquqiy tavsifi boʻlib, Dunyoviy davlat deganda, davlat bilan din oʻrtasidagi nisbat, yaʼni davlatning dinga munosabati, dindan xoli mavjud boʻlishi va rivojlanishini tushunish mumkin. Aniqroq aytganda, Dunyoviy davlat hech bir dinga davlat dini, rasmiy din maqomini bermaydi, dinning siyosiylashuviga yoʻl quymaydi, Shu maʼnoda Dunyoviy davlat uchun istiqbolli munosabat shakli-davlatni dindan ajratilganligi hisoblanadi.
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Nurafshon shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillaeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulov hamkorligida shahardagi 13-umumta'lim maktabida bo'lib, "O'zbekiston-dunyoviy davlat" mavzusida umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida yoshlar o'rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati.


https://t.me/Nurafshonpressa
#Nurafshon shahar
#Haftalik_ish_reja_ijrosi
O‘zbekistonda barpo etilayotgan demokratik huquqiy va adolatli dunyoviy davlat qurish konsepsiyasida din – madaniy-ma’naviy omillar umumiy silsilasiga kiruvchi barcha qadriyatlar qatorida teng huquqli qadriyat sifatida so‘zsiz tan olinadi. Mamlakatda turli din vakillarining bag‘rikenglik va tinch-totuvlikda yashashlari ta’minlanadi. Tabiiyki, jamiyatda turli tuman din va madaniyatlar vakillari mavjud bo‘lgan holda, davlat boshqaruvi va siyosati albatta bir mafkuraga yoki diniy qarashga asoslana olmaydi.
RMMM shahar bo'linmasi rahbari D. Nurillayeva hamda Nurafshon shahar din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Q. Rasulovlar tomonidan shaharning 26-umumta'lim maktabida yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida "O'zbekiston-dunyoviy davlat"  tamoili asosida jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ma'naviy-mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.

https://t.me/Nurafshonpressa